Diqqatning ko'chishi ma'lum obyektning bir faoliyatdan ikkinchi bir faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan ikkinchi bir harakatga o'tishida namoyon bo'ladi. Diqqatning ko'chi- shi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga yoki o'zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq tarzda yangi faoliyatga kirishish zaruratiga bog'liq bo'ladi.

Faqat obyektlar va jarayonlar o'zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da- vomida o'zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi- da uning ko'chishi yuz beradi. Bunday ko'chish uzoq davom etadigan ish paytida charchashning oldini oladi va shu bilan diqqatning barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim, aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin

Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir.
Parishonxo- tirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo'linib turishida na- moyon bo'lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko'rinishi ko'pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik- ning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni keltirib chiqa- ruvchi sabablar nimalardan iborat? Parishonxotirlik shaxsning barqa- ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining ko'rsatkichi hisoblanadi va u noto'g'ri tarbiya natijasida bo'lishi mumkin. Bunday pari- shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan- tirish yo'li bilan kurash olib borish kerak.