1. bob. O’quvchilarni monolog nutqqa o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va
vazifalari
1. 1. O’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan
usullar.
Monolog nutq, dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo'lib, bu bitta
odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi
gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata
aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil,
grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi
kerak.
Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni
yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monolog nutq
tafakkurga tayanadi.
Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab
hisoblanadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo'lishi uchun yoyiq
gaplardan, aniq lug'atdan foydalanish kerak.
Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo' lish jarayonida
katta rol o'ynaydi. O’quvchi uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z
bilimlarini, tasawurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
O’quvchilarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantiqiy
tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, o’quvchi nutqi
monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning lug'atini va grammatik tomonini
erkin egallagan bo'lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, o’quvchilarda monolog nutq besh
yoshdan boshlab paydo bo'ladi.
Ruhshunos D. B. Elkonin bu haqda shunday yozadi: „O’quvchi hayot
tarzining o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi
turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini
(xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga
8
keladi, o’quvchi o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini)
kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli — monolog
tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo
bo'ladi", o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol
tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga
yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat
rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo'lib, o'zini tutish,
jamoa oldida so'zga chiqish malakasi hosil bo'ladi".
Shu munosabat bilan o’quvchilar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida
o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh sinflariga ish
vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu sinf o’quvchilarini tanish
hikoya va ertaklarni (o’qituvchining savollari va kitobdagi rasmlar
yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq,
buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3 —4 gapdan iborat)
takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni
sahna-lashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.
O'rta sinflarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning
mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu sinf o’quvchilari birinchi yarim
yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga,
asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va
hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya
qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil
fasllarini tavsiflovchi (awal o’qituvchining savollari, so'ngra namuna va
reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.
Ikkinchi yarim yillikda o’quvchilarga tanish ertak va hikoyalarni
tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos
xususiyatlarini
tushunishni,
asar
mazmunini
hikoya
qilayot -gan
o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya
qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi.
9
Katta va maktabga tayyorlov guaihlari uchun „Nutq o'stirish" bolimida
o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatish yuzasidan olib boriladigan
ishlar, ularning mazmuni quyidagicha belgilangan:
Birinchi yarim yillik. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini
o'stirish. Adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va
tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatish.
O’qituvchi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda o’quvchilar
diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasi, takrorlanib kelayotgan
parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi
kabilarga qaratishi lozim.
O’quvchilar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil
turini (so'roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga
erishish.
O’quvchilarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni
o'rgatayotganda o'yinchoqlarni tariflab berishga, ularning o'ziga xos
xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qanday o'ynalishi va
boshqalar) aniq so'zlar orqali ifodalashga o'rgatish.
Ijodiy hikoya qilish. O’quvchilarni o’qituvchi tomonidan belgi-langan
hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishga,
tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish.
O’quvchilarning shaxsiy tajribalari va o’qituvchi taklif etgan hayotiy
mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish
qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun", „Xafa bo'l-gan kunim",
„Mehmonda", „Bizning oila", „Eng yaqin o'rto-g'im", „Dam olish kuni",
„Dadamga qarashdim", „Qo'g'irchoq teatriga bordim" va boshqalar.
O’quvchilarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi
qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o'rgatish; „Birin-chi qor",
„Yaxmalakda", „Yangi yil bayrami", „Qorbobo", „Men sevgan fasl",
„Tashqarida qor, uyimizda bahor", „Xola-xola o'ynadik", „Kim oladi-yo,
10
shuginani-yo" o'yini, „Men onamga yordamchi", „Ukamga mehribonman" va
boshqalar
2
.
O’quvchilarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda, awalo,
ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o'z
munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak'. Shu bilan birga, rasmda
aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi
kerakligi haqida fiкг yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga
qarab, undagi go'zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish
va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish.
O’quvchilarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar:
ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini
tarbiyalash.
Hikoya
qilayotganda
tevarak-atrof-dagi
buyum,
voqea-
hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini
to'g'ri ifodalashga, voqealarning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish.
Topishmoqlar o'ylab topishga undash.
Ikkinchi yarim yillik. O’quvchilarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga
o'rgatishni davom ettirish.
O’quvchilarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga
o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat-dagi manzarani tevarak-
atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga, o'z hikoyalarida tasviriy so'z va
iboralardan foydalanishga o’rgatishni davom ettirish. O’quvchilar mustaqil
hikoya tuzayotganlarida og’zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
Ijodiy hikoya qilish: o’qituvchi tomonidan taklif etilgan mavzu bo’yicha
voqeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko’nikmalarini
mustahkamlash, voqea sodir bo’lgan joy, vaqt, tabiat manzarasini qisqacha
tasvirlash, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko’rsatishlariga ahamiyat
berish: „Gul bayrami", „Navro’z", „Onamlarning bayrami", „Bahor keldi",
„Меп qushlarga don berdim", „Меп onamga yordamchi", „Tomorqada",
1.
2
Abdullayeva K. va boshqalar “Savod o’rgatish darslari ” T.“O’qituvchi”1996-yil
11
„Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda", „Trolleybusda", „Ko’chada",
„Bozorda", „Do’konda", „Arqon o’ynadik", „Quvlashmachoq", „Bekinmachoq",
„Mehmon-mehmon" mavzularida hikoya o’ylab topishga undash.
3
Mustaqil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga,
ularning xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni qaratish va o’rgatib
borish.
Mustaqil tanlangan mavzu bo’yicha hikoya tuzishda voqealarning
izchilligiga, tugal mantiqqa ega bo’lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o’rinli
foydalanishlariga ahamiyat berish.
Monolog nutqini o’stirishning yuqoridagi dastur vazifalari va mazmuniga
ko’ra bog’chaning o’rta sinfidagi o’quvchilar hikoya qilib berishning quyidagi
turlarini egallashlari lozim:
1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
2. Mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan hikoya va aytib berilgan
qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
3. Ko’rib turgan narsa-buyumlar: o’yinchoqlar, o’simliklar, kiyimlar, idish-
tovoqlar, mebellar va hokazolar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.
4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo’yicha tasviriy hikoya tuzish.
5. O’quvchilar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Katta sinf dasturida hikoya qilishning quyidagi turlari bayon
etilgan:
1. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
2. Narsa-buyumlar:
o'yinchoqlar,
o'simliklar,
kiyim-
kechaklar,
idish-tovoqlar,
mebellar
va
hokazolar
haqida
hikoyalar,
ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.
3. Rasmlar bo'yicha tasviriy va voqeaviy hikoya tuzish.
4. Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan voqea va hodisalarni,
narsalarni, bog'chada va uyda nimalar qilganini, guaihda va uyda
bo'lib o'tgan eng qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berish.
3
. “Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006-yil, 5-son .
12
5. Ta'limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: „Qo’-g'irchoq,
o'yinchoqni top", „Qo'g'irchoq, menda qanaqa gul bor", „Qo'g'irchoq, top-chi,
yonimda kim o'tiribdi?", „Qo'-g'irchoq, qo'limdagi suratlar qaysi ertakdan
olinganini top-chi?" va boshqalar.
6. Ijodiy hikoya qilishga, o’qituvchi tomonidan boshlangan ertak va
hikoyani oxiriga yetkazish, o’qituvchi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak
yoki hikoya to'qish, berilgan 3 — 4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'qishga
o'rgatish.
Maktabgacha tayyorlov dasturida ham hikoya qilib berishning xuddi katta
sinfdagi kabi turlari ko'rsatilgan.
O’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi.
Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:
1. Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni)
yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib,
o’qituvchi o’quvchilarga narsa-buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib
beradi, o’quvchilar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar,
uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul
o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam beruvchi ta'limiy usul
bo'lib hisoblanadi.
Namuna o’quvchilarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya'ni hajmi kichik,
fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri
tuzilishi Iozim. Masalan, o’qituvchi o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi
bitta o'yinchoqni olib, u haqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
— Mana bu ayiqcha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh
qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari,
tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqcha
o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
O’quvchilar namuna hikoyadan yaxshi foydalanishlari uchun uning matni
qisqa gaplardan iborat bo'lishi va izchil bayon qilinishi kerak.
13
Hikoya namunasi boshqa usullarga nisbatan hikoya qilishga o'rgatish
jarayonini yengillashtiradi, o’quvchilar erishishi kerak bo'lgan natija ko'rsatib
beriladi. Bundan tashqari, namuna o’quvchilarning
hikoya qilishlari lozim bo'lgan mavzularning taxminiy mazmunini, ularning
hajmini, ketma-ketligini belgilaydi.
O’qituvchining namuna hikoyasidan o’quvchilarni hikoya qilib berishga
o'rgatishning dastlabki bosqichlaridan, shuningdek, yangi vazifa qo'yilganda
yoki hikoya qilib bera olmaydigan o’quvchilarga yordam be'rishda
foydalaniladi. O’qituvchining namuna hikoyasini yomon hikoya qiladigan J — 2
o’quvchi takrorlashi mumkin.
Namuna hikoya usulidan mashg'ulotning boshida foydalanish kerak. Undan
mashg'ulot oxirida foydalanish esa hech qanday ijobiy natija bermaydi, chunki
o’quvchilar namuna hikoyaga taqlid qila olmaydilar, o'z nutqlarida undan
foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar.
2. Hikoya rejasini berish usuli. Hikoya rejasi 2 — 3 asosiy savoldan iborat
bo'lib, fikrning ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Namuna usulidan
foydalanib hikoya qilib berish bilan bog'liq 2 — 3 mashg'ulotdan keyin hikoyani
reja asosida so'zlab berishga o'rgatish mustaqil, yetakchi usullardan biri bo'lib
qoladi. O’quvchilar hikoyasi xilma-xil bo'lishi uchun o’qituvchi oldindan asosiy
va qo'shimcha reja tayyorlab qo'yishi kerak. Bir mashg'ulot jarayonida savollarni
almashtirish (yangilash) o’quvchilar diqqatini faollashtiradi.
Masalan, maktabga tayyorlov sinfi o’quvchilariga o'z sinf xonalarini
tasvirlash uchun taxminan quyidagi rejani taklif etish mumkin:
1. Xonani kim toza saqlaydi?
2. Sen
xonani
yig'ishtirishda
(tozalashda)
qanday
yordam
berasan?
5 yoshli o’quvchilar sinfi bilan dastlabki mashg'ulotlarda, agar o’quvchi
rejadan chetlashsa, uning nutqini bo'lmasdan, oxirigacha tinglab turish lozim.
Ammo asta-sekin hikoyaning to'liq yoki izchil emasligini aytib, boshqa
o’quvchilarni javobni to'ldirishga jalb qilishi kerak.
14
6 yoshli o’quvchilarning hikoyasiga dastur talablarini (ularning maqsadga
qaratilganligi va izchilligiga) qo'yadi. Shuning uchun o’quvchilarni hikoya
rejasiga amal qilishga o'rgatish kerak. Ayniqsa, bu rasm asosida hikoya qilish va
o'z tajribalaridan hikoya tuzishga taalluqlidir.
O’qituvchi hikoya qiluvchining mavzudan yoki rejadan chetga chiqib
ketganini o'zi ko'rsatibgina qolmay, balki o’quvchilarni o'rtog'ining hikoyasini
nazorat qilib borishga jalb qilishi kerak.
(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushu-narli bo'lishi
uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?)
Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli,
hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay,
o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul
hisoblanadi.
3. Rejani
jamoa
bo'lib
muhokama
qilish
usuli.
Reja
asosida
hikoya
tuzish
va
lining
mazmunini
boyitishni
yengillashtirish
maqsadida,
rejani
jamoa
bo'lib
muhokama
qilish
tavsiya
etiladi.
Bu
usuldan katta
va
maktabga
tayyorlov
sinflarida
reja
asosida
hikoya
qilishga
o'rgatishning
dastlabki
bosqichida
foydalaniladi.
Masalan,
o’qituvchi o’quvchilarga shunday yo'llanma beradi: „Biz
qanday
qilib
jo'ja
boqqanimizni
gapirib
bering.
Jo'jalar
qayerdan
paydo
bo'ladi?
Ularni
qanday
parvarish
qildingiz?
Jo'jalar
katta
bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"
Bu usulning mohiyati nimadan iborat?
Hikoyani tuzishga qadar o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda rejadagi
ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi
imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „O’quvchi qanday
kuchukcha topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda javob berishini
taklif etadi. O’quvchining joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya
etnas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama
15
qilish usuli esa o’quvchilarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi,
o’quvchilarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.
4. Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.
Bu usul o'ziga xos bo'lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga
o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket
muhokama qilish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar ayrim javoblarni
tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar.
O’qituvchi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takroiiaydi.
So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng
yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya o’qituvchi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2 —3 o’quvchi
takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g'ulotda barcha o’quvchilar
faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu
usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati
jumlalarni tuzish,
so’zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish
ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish
chegaralangan.
5. Hikoyani qismlar bo’yicha tuzdirish usuli.
Ayrim mashg’ulotlarda hikoyani qismlar bo’yicha tuzdirish usulidan
foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq
hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg’ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo’lib,
hikoyalar to’liq va chuqur mazmunga ega bo’ladi, ko’p o’quvchilardan so’rash
imko-niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo’yicha
tasvirlash mumkin. Masalan, o’quvchilar ushbu rasmlarni qism bo’yicha
tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk o’quvchilari bilan", „Echki
o’quvchilari bilan", „Sigir buzog’i bilan", „Qishki o’yinlar" va hokazolar.
O’qituvchi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan awal rasmni kichik-
kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy
hikoya tuzishda o’qituvchi o’quvchilarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar
haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo’la emas, balki quyonlar haqida
hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So’ngra
har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, o’quvchilar
quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganligini, uning tumshug’i qanday ekanligini,
u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".
Bu reja asosida 2 — 3 o’quvchi hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga
o’tiladi: ,,Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini,
ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So’ngra quyonning oziqlari, kim
ularga g’amxo’rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin.
Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir o’quvchi
rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.
6. Savollar berish usuli.
Bu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
17
Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to'ldirish
maqsadida beriladi.
7. Aytib turish usuli.
Hikoya qilish jarayonida o’quvchi qandaydir xatoga yo'l qo'yishi yoki ayrim
joyini esdan chiqarganda so'z yoki gapni aytib (Hozir nima haqida hikoya qilib
berish kerak? Hammaga tushu-narli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib
berish yaxshiroq?)
Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli,
hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay,
o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul
hisoblanadi.
3. Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va
uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib
muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov
sinflarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida
foydalaniladi.
Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga shunday yo'llanma beradi: „Biz
qanday
qilib
jo'ja
boqqanimizni
gapirib
bering.
Jo'jalar
qayerdan
paydo
bo'ladi?
Ularni
qanday
parvarish
qildingiz?
Jo'jalar
katta
bo'lganda, ular qanday bo'lishdi?"
Bu usulning mohiyati nimadan iborat?
Hikoyani tuzishga qadar o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda rejadagi
ayrim savollarni muhokama qiladi, ya'ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi
imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „O’quvchi qanday
kuchukcha topib oldi?") bir necha o’quvchi joyida o'tirgan holda jcwob berishini
taklif etadi. O’quvchining joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya
etnas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama
qilish usuli esa o’quvchilarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi,
o’quvchilarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.
4. Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.
18
Bu usul o'ziga xos bo'lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga
o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket
muhokama qilish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar ayrim javoblarni
tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar.
O’qituvchi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi.
So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng
yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya o’qituvchi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2 —3 o’quvchi
takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g'ulotda barcha o’quvchilar
faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu
usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati
jumlalarni tuzish, so'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni
rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish
chegaralangan.
5. Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.
Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan
foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq
hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib,
hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p o’quvchilardan so'rash
imko-niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha
tasvirlash mumkin. Masalan, o’quvchilar ushbu rasmlarni qism bo'yicha
tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk o’quvchilari bilan", „Echki
o’quvchilari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
O’qituvchi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan avval rasmni kichik-
kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy
hikoya tuzishda o’qituvchi o’quvchilarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar
haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida
hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So'ngra
har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, o’quvchilar
19
quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganligini, uning tumshug'i qanday ekanligini,
u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".
Bu reja asosida 2 — 3 o’quvchi hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga
o'tiladi: „Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini,
ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So'ngra quyonning oziqlari, kirn
ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin.
Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir o’quvchi
rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.
6. Savollar berish usuli.
Bu usul hikoya qilishga o'rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to'ldirish
maqsadida beriladi.
7. Aytib turish usuli.
Hikoya qilish jarayonida o’quvchi qandaydir xatoga yo'l qo'yishi yoki ayrim
joyini esdan chiqarganda so'z yoki gapni aytib
turishdan foydalanish o'rinlr. O’quvchining xatosini to'g'rilash yoki hikoyaning
esdan chiqargan joyini aytib turish yetarlicha baland ovozda, samimiy boiishi
kerak. O’quvchi o’qituvchining tuzatishini takrorlashi shart emas, aks holda u
o'z hikoyasining davomini yo'qotib qo'yadi. O’quvchilar hikoya qilib
berayotganlarida ular nutqidagi xatolarni e'tiborsiz qoldirish kerak emas —
xatoni hikoya jarayonida to'g'rilash mumkin, agar ko'pchilik o’quvchilarda xato
uchraydigan bo'lsa, o’qituvchi ular bilan lug'at ustida ishlash yoki grammatik
to'g'ri nutqni, nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun tashkil
etiladigan mashg'ulotlarda shug'ul-lanadi.
8. Baholash usuli.
Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi
baholanayotgan o’quvchigagina ta'sir etib qolmasdan, balki hikoya tuzishi lozim
bo'lgan boshqa o’quvchilarga ham ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan
mashg'ulot davomida foydalaniladi. Mashg'ulot oxirida berilgan baho, o'z
mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoya-larning
20
sifati qanday bo'lganligini o’quvchi esda saqlashda qiynaladi, mashg'ulotning
oxirida ular toqatsizlanadilar va buning natijasida o’qituvchining ko'rsatmalarini
idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim
hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yoki kamchi-
liklarni (lug'ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va hokazo) aytib o'tish
kerak.
Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat-larini aniq aytib,
hikoya qilib berish topshirig'i berilgan.
O’qituvchi hikoya qilib bergan o’quvchining hikoyasini shunday baholaydi:
„Yasha, Salim. Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang-da, o'rdakchalar qanday
harakat qilishlarini aytishni esingdan chiqarmading. Sening hikoyangni qiziqib
tingladik".
Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga o’quvchi-larning o'zini
ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta sinflarda qo'llaniladi. Chunki 6 yoshli
o’quvchilar hikoyaning sifatini (to'liqligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va
boshqalarni) ayta oladilar.
Shunday qilib, o’qituvchi o’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishda
foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga
qarab, mashg'ulot uchun yetakchi usulni tanlashi kerak.
|