Pedagogika fakulteti


O’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari



Yüklə 45,04 Kb.
səhifə3/15
tarix07.04.2023
ölçüsü45,04 Kb.
#94546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kurs ishi oto\'m

O’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari
Dastur talablarini to’liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.
O’qish ko’nikmalari savod o’rgatishg jarayonida shakllanadi, o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.
O’qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularning asosiysi ongli o’qish hisoblanadi: o’quvchi matnni tez va to’g’ri o’qisa-yu, anglab o’kimasa yoki uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida pauzalarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi; to’g’ri, tez va ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
O’qish malakalarini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o’qish malakalarini o’stirish va takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
O’qish malakasini egallash ancha murakkab bo’lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Yegorov o’zining «Ocherki psixologii obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o’qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi, bunda so’zni bo’g’in-harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish harakterlidir; bunda so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O’quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish avtomatlasha boradi.
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lsin.

Yüklə 45,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin