1
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 101- guruh talabasi
Shamuratova Maftunaning
“Maktabgacha ta’limda mutaxxasislikka kirish” FANIDAN
“Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi”
mavzusidagi
KURS ISHI
Himoya qilishga ruxsat berilgan
Ilmiy rahbar: ___________ X.M. Atajonova
«______ ___» _____________ _________ 2015- y.
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..4-6
I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarni
maktabga tayyorlovchi asosiy muassasa. …….....................................7-8
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish
va unga rahbarlik qilish. …………………………………………………7-11
1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari…………………..12-14
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab
bilan hamkorligining pedagogik asoslari. ……………………………15-17
2.1 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati………………………… 15-17
2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi
usullari va ish shakllari. ………………………………………………..18-20
XULOSA………………………………………………………………21-22
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………23
3
MAVZU: Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi.
REJA:
KIRISH.
I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni maktabga tayyorlashda
asosiy muassasa.
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish.
1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari.
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining
pedagogik asoslari.
2.1 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati.
2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish shakllari.
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yo’lidagi ilk
qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub
islohotlar amalgam oshirila boshlandi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi
pog’onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o’zgarishlar
qilinmoqda.
Mustaqillik
yillarida
mamlakatda
ta’lim
muassasalari
faoliyatini
me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” , shuningdek “O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida
Nizom”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni,
shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor
yo’nalishlari qamrab olinmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va
ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-
onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikirlash ko’nikmasi,
kattalar hamda sinfdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham
talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo’yayotganida nechog’li
bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorgarligi, atrof-
olamga moslashish ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va
harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish,
o’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko’nikmasini
shakllantirish ham muhimdir.
“O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Nizomga
muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim
va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim
5
muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan
bolalar uchun bolalar bog’chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan
maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta
shug’ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi
beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanuvchilar asosiy shart
hisoblanmish bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi
hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko’prik vazifasini o’tashini, oila yoki
bog’chadagi ta’lim va tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o’tkazishni
taminlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti,
ahloqi, qiziqish va munosabatlarida anchayin jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani bog’chada yoki uydayoq
maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha,
ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi: Tadqiqot jarayonida muammoning
nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini o’rganish yoshlarni ma’naviy-axloqiy
ruhda tarbiyalash hamda maktabgacha ta’lim yo’nalishida bolalarni milliy
tarbiyalashning o’ziga xos jihatlari bir guruh pedagog va psixolog olimlarimiz
tomonidan yetarli darajada tadqiq etilganligini ko’rsatdi.
O`zbekistonda ta`lim tizimidagi ulkan yuksalishlar XX asrning 50-yillariga
to`g`ri keladi. Bu yillarga kelib, maktabgacha tarbiya sohasida malakali oliy
ma’lumotga ega bo`lgan kadrlar tayyorlashga kuchli ehtiyoj sezildi.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga binoan 1935-yilda Nizomiy nomli
TDPI tashkil etildi va xuddi shu yildan boshlab, «Maktabgacha pedagogika»
kafedrasi o`z faoliyatini boshlaydi. 70-yillik tarixiy davr mobaynida maktabgacha
pedagogika kafedrasi katta ijodiy yo`lni bosib o`tdi.
O`zbekistonda maktabgacha tarbiya bo`yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni
tayyorlash borasida tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik, o`quv-tarbiyaviy,
6
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda maktabgacha pedagogika kafedrasi
namunali ishlarni tashkil etdi.
1954-yilgacha «Maktabgacha pedagogika» kafedrasining tashkil etilishi
quyidagi bosqichlarda rivojlandi:
1928-29 yillarda Belinskiy nomidagi kechki pedagogika Instituti «Maktabgacha
tarbiya bo`limi»ni 28 ta talaba bitirib chiqdi. Bular: 15 ta o`zbek va 13 rus guruhi
talabalaridan iborat edi.
«Maktabgacha pedagogika» sohasi fani o`qituvchilari yetishmasligi sababli,
bitiruvchilar bu fanni tinglash maqsadida Moskva shahriga yuboriladi.
Toshkent shahriga bu mutaxassisilik yetakchi pedagog-olimlardan Flerina
Ye.A., Chuvashev, Krasnogorskaya, D.V.Mendjeritskaya, A.M.Leushina,
Rudnevlar taklif qilinadi.
Farg`ona shahriga esa Bass, Rudnik, Kvilg’man F.T lar yuboriladi.
1954-yilgacha 493 ta mutaxassis tayyorlandi. O`zbekistonning bir qancha
viloyatlarida ham maktabgacha tarbiya bo`limi va fakultetlari jadallik bilan tashkil
etildi.
1933-yilda Farg`ona pedagogika Institutida maktabgacha ta`lim mutaxassisligi
bo`yicha 21 ta, 1936-yilda 18 ta kadrlar tayyorlandi, 1937-\yilda esa o`qituvchi
kadrlar yetishmasligi tufayli tugatildi.
Qo`qon kechki pedagogika Institutida ham 1928-yilda maktabgacha tarbiya
bo`yicha kadrlar tayyorlandi.
SHu yillardan boshlab, kafedra Z.A.Yagudina, L.Kai’ova, G.G.Korneeva,
K.Saidalieva, S.A.Ishniyozova, A.G.Nazarova, E.M.Rozbaeva kabi o`qituvchilar
bilan to`ldirildi.
Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan
hamkorligini o’rganish.
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan
hamkorligi va ish shakli.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan
hamkorlik jarayoni.
7
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarni maktabga tayyorlashda
asosiy muassasa
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish
Avvalam bor maktabgacha ta’lim haqida ma’lumot beradigan bo’lsak,
“Maktabgacha ta’lim” - Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog‘lom, yetuk,
maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu
ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat‘iy
nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad,
bolaning bilimga qiziqishini ta‘minlashdan, ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashdan,
dastlabki mehnat ko‘nikmalarini, ilmga muhabbat qo‘yishni o‘stirishdan,
salomatligini mustaxkamlashdan iboratdir. Maktabgacha ta‘lim muassasalari
vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari kengashi ko‘rsatmasiga binoan ularga
bo’ysungan korxonalar muassasalar, xalq deputatlari tomonidan xalq xo‘jaligi
rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi. Maktabgacha
ta’lim muassasasi maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy tarbiya qiladigan
Davlat korxonasi ekanligi. Maktabgacha ta‘lim mussasasi o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Maktabgacha
ta‘lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi. Maktabgacha ta‘lim
mussasasi oila va jamiyatning bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, milliy va mintaqa
xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va
rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish uchun mudira tayinlanadi.
Mudira – maktabgacha ta‘lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali
pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar
8
muassasalaridagi ta‘lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq
ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z
jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga
umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta‘limi vazirligi
tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy
ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik,
printsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan
asosiy talablardir.
Tа`lim to`g`risidаgi qоnunning 4-bo`limi «Tа`lim tizimi bоsh`аrish» bo`limidа
uning 25-mоddаsidа shundаy dеyilаdi: Tа`lim sоxаsidа yagоnа dаvlаt sistеmаsini
аmаlgа оshirish Dаvlаt bоshqаruv оrgаnlаrigа rаhbаrlik qilish tа`limni
rivоjlаntiruvchi dаsturlаrni ishlаb chiqish vа аmаlgа оshirish xаr bir rаxbаrning
bоsh vаzifаlаridаn biridir. Mаktаbgаchа tаrbiya to’g`risidаgi Nizоmdа hаm
Mаktаbgаchа tаrbiya muаssаsаlаrini bоshqаrish vа kаdrlаr tаyyorlаsh ishlаrini
аmаlgа оshirish, rаhbаrning huquq dоirаsi kаfоlаtlаri bеlgilаb bеrilgаn.
Hozirda bolalarni maktabgacha ta‘limga jalb etish 20% ni tashkil etmoqda.
Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunning II moddasi maktabgacha ta‘limga bag‘ishlangan.
«Maktabgacha ta‘lim» bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Maktabgacha ta‘lim
mussasasi mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z faoliyatiga taalluqli, agar
ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga moyllik qilmasa har qanday qaror
qabul qilishga haqlidir. Maktabgacha ta‘lim mussasasi ta‘lim-tarbiyaviy ishlar
sifati bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish
uchun ma‘suldir va bog‘liq masalalarni birga hal qiladi.
II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
1. Maktabgacha ta`lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
2. Quyidagilar:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
9
davlat korxonalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha
ta`lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin.
3. Maktabgacha ta`lim muassasalari o`z ishining o`ziga xosligiga muvofiq
quyidagi tiplarga bo`linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar
mavjud bo`lgan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan,
surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun).
4. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z nizomiga, bank muassasalarida
hisob raqamiga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z
nomi ko`rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko`rsatilgan shtam’ga ega bo`ladi.
5. Maktabgacha ta`lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli
organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
6. Maktabgacha ta`lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va
maktabgacha ta`lim muassasasiga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarni
tarbiyalashni, o`qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda
sog`lomlashtirishni ta`minlaydi.
7. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim mazmuni O`zbekiston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan
dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z (mualliflik)
dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
8. Maktabgacha ta`lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda
qancha vaqt bo`lishi maktabgacha ta`lim muassasasi ustavi va muassisning qarori
bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki
vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yiladi.
10
9. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat
tilida va «Davlat tili haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq
boshqa tillarda olib boriladi.
10. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish
maktabgacha ta`lim muassasasiga yuklanadi hamda O`zbekiston Respublikasida
tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari,
ham maktabgacha ta`lim muassasalariga biriktirilgan sog`liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta`minlanadi, ular maktabgacha ta`lim
muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy
rivojlanishi, davolash-’rofilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiena
normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash
organlariga yuklanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi
uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash
organlarida be’pul tibbiy ko`rikdan o`tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar
davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
12. Maktabgacha ta`lim muassasasi nizomda qayd etilgan o`z maqsadlarini
va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda
asosiy ta`lim dasturlaridan tashqari qo`shimcha pulli ta`lim xizmatlari ko`rsatishga
haqlidir. Pulli ta`lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy
ta`lim faoliyati o`rniga va uning doirasida ko`rsatilishi mumkin emas.
11
Maktabgacha ta’lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi
turlarga bo’linadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar
bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim mussasasi (bolalar bog’chasi-
maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport
va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari.
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni
kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbir va protseduralarini
amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish
bog’chasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish
davomiyligi davlatning maktabgacha ta’lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari,
nizom, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma,
hamda ta’sischilar tomonidan belgilandi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim
muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli
ta’limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-
tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
12
1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari
Farzandini maktabga yuborayotgan har bir ota-ona farzandim o’quv jarayoniga
tayyor deb hisoblaydi. Chunki, har bir kishi o’z farzandini qobilyatli va
takrorlanmas deb o’ylaydi. Ammo su o’rinda savol tug’iladi. Bola har jihatdan
maktabga tayyormi? U yangi sharoitga ko’nika oladimi?
Maktabga tayyorgarlik va maktab hayotiga moslashtirishning muvaffaqiyatli
kechishi bu ishni oldinroq boshlab, uni asta sekin bolaning manfaati bilan
uyg’unlashtirgan holda sabr bilan amalga oshirishni talab etadi.
Bolaning 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan muddat maktabgacha yosh
davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda bola o’zi uchun yangi dunyoni kashf etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga
bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha
bo’lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil
shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta’limga
bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari,
shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash
organlarining
tibbiyot
xodimlari
tomonidan
amalga
oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga
bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasi
binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim
muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga
13
bo’lgan talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga
solinadi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta’lim umumta’lim
dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 2 yoshdan 7
yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va
sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalari
Maktabgacha ta’lim, olinish shakli va usullaridan qat’iy nazar, quyidagi
maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan
tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolani har tomonlama rivojlantirish yo’lidagi
muhim ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan bolalarni albatta maktabgacha
ta’lim muassasasida tarbiya olishga topshirish ularning rivojlanishi va bevosita
maktab ta’limiga tayyorlashning muhim jihati hisoblanadi. Bunda albatta, ijodiy
imkoniyatlarga ega bo’lgan bola yangi o’quv materialini mustaqil tushunib
yetishga, izlanish faoliyatiga, pedagoglar va tengdoshlari bilan o’zaro
munosabatlarini o’rnatishga tayyor bo’ladi. U bilishga qiziquvchan, faol,
tashabbuskor bo’ladi.
14
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish,
uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari
samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat
maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga
amal qiladi.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish
muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini
rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
15
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining
pedagogik asoslari
2.3 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Sog’lom bola yili” Davlat dasturiga asosan
maktabgacha ta’lim muassasalari
(МТМ)ga qamrab olinmagan bolalarni
maktabga tayyorlashga mo’ljallab chop etilgan besh nomdagi («Nutq o’stirish,
o’qish va savodga tayyorgarlik», «Matematik tasavvurlarni shakllantirish»,
«She’riy asarlar to’plami», «Nasriy asarlar to’plami», «Sog’ tanda — sog’lom
aql») qo’llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanilishini
ta’minlash tartibi tasdiqlandi. «Mazkur tartib besh nomdagi rangli, suratli
kitoblarni manzilli ro’yxat asosida bosqichma –bosqich joylarga yetkazishni
ko’zda tutadi.
Unga ko’ra, jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
Avvalo, Respublika “Ta’lim-taminot” unitar korxonasi qo’llanmalarni
nashriyotdan qabul qilib olgach, ularning Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalariga yetib borishini ta’minlaydi.
Kitoblar tashkilotlar orqali taqsimotga asosan umumta’lim maktablari
kutubxonasiga yetkaziladi. Ularni tarqatish yuzasidan tuman(shahar) xalq ta’limi
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining
buyrug’i chiqarilib, mas’ullar tayinlangach, qo’llanmalar ota-onalar va
maktabgacha ta’lim muassasalariga beriladi. Kitoblarda to’g’ri foydalanish
bo’yicha ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalariga yo’l yo’riq ko’rsatish
borasida ham muayyan vazifalar belgilanadi.
16
Jumladan, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish bo’limlari metodistlari, maktabgacha ta’lim
muassasalari pedagoglari o’z hududlaridagi 5-6 yoshli farzandlari maktabgacha
ta’lim muassasasiga qamrab olinmagan oilalarga besh nomdagi qo’llanmalardan
foydalanish yuzasidan maslahatlar berishadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014-yil – “Sog’lom bola
yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tuman(shahar)dagi barcha ta’lim
muassasalarida sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning
rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish,
ularda hamkorlik asosidagi ta’lim tarbiyani yanada oshirish, ularni yuqori malakali
va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash borasidagi ishlarning ko’lami yanada
kengaydi. Jumladan, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda
bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, bunda bevosita ta’lim
jarayonidagi hamkorlikka alohida e’tibor berish, ilg’or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, bolalar, ayniqsa,
qizlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo’yicha aniq chora
tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Barkamol avlodni tarbiyalashda «Oila, mahalla, ta’lim muassasasi
hamkorligi» konsepsiyasi asosida o’tkazib kelinayotgan «Sog’lom bolani
tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz», «Bola tarbiyasida oila va mahallaning
roli, ahamiyati va mas’uliyati» kabi mavzulardagi tadbirlar, davra suhbatlari,
uchrashib va kechalar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida reja asosida amalga
oshirilmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarning bilim va ko’nikmalarini
mustahkamlashga puxta zamin yaratadi.
Tarbiyalanayotgan bolalarning nutqini oshirish, ularning fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, kelgusida bolajonlarning yuksak iqtidor egasi bo’lib kamolga
yetishida muhim o’rin tutadi.
17
Bugungi davr talabi sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam hamdamadadni
kuchaytirish, ta’lim muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat. Shu boisdan sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha
ilg’or xalqaro tajribalar keng ko’lamda o’rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Shu jumladan ta’lim tizimidagi hamkorlik ishlari yoshlarni bilimli ilg’or,
qiziquvchanlik fazilatlarini, iqtidorini oshirish yo’lidagi yana bir samaradorli ishlar
sirasiga kiradi.
18
2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish
shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi va tuziladigan
shartnoma ish rejasi muhim jarayon hisoblanadi. Yilning avgust oyida
maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o’zi hamkorlik qilayotgan maktab
direktori bilan hamkorlik ish rejasini tasdiqlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning hamkorlik ish rejasida
quyidagilar bo’ladi.
Avvalo avgust oyi boshida maktabgacha ta’lim muassasining psixologi,
tayyorlov guruhi tarbiyachisi va boshlang’ich sinf o’qituvchilarini maktabgacha
ta’lim muassasasi tayyorlov guruhi bolalari bilan olib boriladiganish rejasini
tuzadilar va uni tasdiqlaydilar.
Bunda albatta tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limi haqida ma’lumotlar
beriladi va ularda maktab haqida tasavvur va ko’nikmalar paydo qilish ishlari olib
boriladi.
Yilning sentabr oylarida mustaqilligimiz yubileylari, bilimlar kuni tadbirlarida
bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish va bu tadbirlarga hamkorlik qilinayotgan
maktab direktori, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ham taklif etish va ularning
ishtirokini ta’minlash rejalashtiriladi.
Yil davomida o’tkaziladigan tadbirlardan yana biri bu – “1-oktabr o’qituvchi
va murabbiylar kuni” ga bag’ishlab o’tkaziladigan bayram ertaligidir. Bu
bayramda ham albatta maktab o’qituvchilari taklif etiladi. Bu tadbir orqali
o’qituvchi va murabbiylarimizga bag’ishlangan she’rlarni yod olishadi. Bu
she’rlarni yod olish orqali bevosita maktabda ularga endi tarbiyachi emas
19
o’qituvchi ustozlarimiz ta’lim berishlarini va ularni hurmat qilish, qanchalik
e’zozlash kerakligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda tayyorlov guruhilarida tayyorlanayotgan
bolalar maktab ta’limiga o’tkazilishdan oldin albatta maktabgacha ta’lim
muassasasi psixologi tekshiruvidan o’tkaziladi. Tayyorlov guruhidagi har bir bola
uchun alohida daftarcha bo’lishi va unda bolaning tekshiruvdan o’tgan natijalari va
maktab ta’limiga qay darjada tayyor ekanligi qayd qilib boriladi. Bunday tekshiruv
natijalari albatta maktabgacha ta’lim muassasasi psixologi va boshlang’ich sinf
o’qituvchisi, maktab psixologi bilan o’zaro tahlil qilib chiqiladi. Albatta bu ishlar
yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Tayyorlov guruhidagi bolalar maktab ta’limiga o’tgach, u yerdagi sharoitga
ko’nikish jarayonlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish maktabgacha ta’lim
muassasasi va maktab psixologlari tomonidan amalgam oshiriladi. Albatta, bu
jarayon bolalarni maktab ta’limiga sharoitlariga ko’nikishida alohida o’rinni
egallaydi.
20
…-SONLI MAKTABGACHA MA’LIM MUASSASASINING …-SONLI
MAKTAB BILAN HAMKORLIKDAGI ISH REJASI.
“TASDIQLAYMAN” “TASDIQLAYMAN”
…sonli maktab direktori …-sonli MTM mudirasi
_______............................. _______...........................
“ ___” avgust “ ___” avgust
№
Bajariladigan ishlar
Vaqti
Mas’ul
Ijro
natijasi
1
Maktabgacha ta’lim
muassasasining tayyorlov
guruhi bolalari bilan olib
boriladigan ish rejasini
tuzish va tasdiqlash
Avgust
Metodist,
Tarbiyachi,
Boshlang’ich sinf
o’qituvchilari
2 Mustaqilligimizning
yubileyi, bilimlar kuni
tadbirlarida bolalarning
chiqishlari bilan ishtirok
etish.
Sentabr
Psixolog,
Maktab direktori
3 Maktab va MTM
pedagoglarining
hamkorligini
mustahkamlash
maqsadida pedagogik
kengashlar, ota-onalar
majlislarida o’zaro
ishtiroklarini taminlash
Yil
davomida
Psixolog
Maktab direktori
4 Maktabga chiqarilgan
bolalarni maktab
sharoitida ko’nikish
Yil
davomida
MTM psixologi,
Maktab psixologi
21
jarayonlarini muntazam
nazorat qilib boorish.
5 “1-oktabr o’qituvchi va
murabbiylar kuni”ga
bag’ishlab o’tkaziladigan
bayram ertaligiga maktab
o’qituvchilarini taklif
etish
Oktabr
Metodist,
Tarbiyachi,
Boshlang’ich sinf
o’qituvchilari.
XULOSA.
Xulosa o’rnida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytib o’tish
joizki ta’lim tizimi va unda kechayotgan jarayonlar sog’lomlashtirish, shaxsni
rivojlantirish eng asosiysi tarbiyaga berilayotgan e’tibor barchamizni qiziqtirishi va
nazarimizdan chetda qolmasligi darkor. Chunki, bu ishlarning barchasi bevosita
sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilgan.
Darhaqiqat, yosh avlod unib o’sayotgan ekan ularga albatta biz o’z
e’tiborimizni
qaratmog’imiz
ularning
ta’lim-tarbiya
ishlariga
alohida
yondashmog’imiz shart va bu bizning yosh avlod va xalqimiz oldidagi
burchimizdir. Bolalarimizni davlatimiz kelajagini o’ylovchi, o’z vatani uchun jon
kuyduruvchi vatanparvarlik ruhida tarbiyalishimiz kerak.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish va bu
jarayonga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning o’zaro hamkorligi asosida bolalrga
ta’lim berish o’z samarasini ko’rsatadi albatta. Chunki, maktabgacha ta’lim
muassasasidagi tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limiga o’tishdan oldin
ko’nikmalar, u yerdagi sharoitga bolani asta-sekin tayyorlab borish va maktab
haqidagi ijobiy fikrlarni bola tasavvurida shakllantirish bevosita maktabgacha
ta’lim muassasasi pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Bunda maktabgacha ta’lim
muassasasi pedagoglari albatta maktab bilan hamkorlikda ish olib boradilar.
Albatta, maktab bilan hamkorlikda yuqorida aytib o’tilganidek tadbirlar,
kechalar, bolalrning bayramlardagi chiqishlari bilan qatnashish va bu jarayonda
birgalikda ishtirok etish jarayonlari, ota-onalar majlislarida o’zaro ishtirok etish,
22
pedagoglar o’rtasidagi fikr almashinuvi va suhbat jarayonlarini tashkillashtirish
ishning samaradorligini oshiradi va bolalar ta’lim-tarbiyasiga ham bevosita ta’sir
ko’rsata olishga yordam beradi.
Avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogning malakali va tajribali
bo’lishini ta’minlash darkor. Chunki, bolaning fikrlashi, tasavvuriga tarbiyachi
bevosita ta’sir ko’rsata olishi kerak. Shundagina bola ongida ezgu fikrlar, bilimga
bo’lgan qiziqish, iqtidorini namoyish qila olishi va o’z qiziqishlarini qo’rqmasdan
bildira olishi mumkin.
Shu o’rinda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tizimi haqida to’xtalsak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hammamizga ma’lumki ta’lim tizimining
boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Bu yerda ta’limdan tashqari bevosita tarbiya
jarayoni ham olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya
jarayoni qanchalik sifatli va yuqori darajali bo’lsa yoshlarimiz ta’limning keyingi
bosqichlarida ham qiynalmasdan bilimlarni o’zlashtiradilar. Shunday ekan ta’lim
jarayoniga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborni e’zozlashimiz va unadan
to’g’ri samarali foydalanishimiz lozim. Buning asosida albatta yosh avlodni
barkamol shaxs sifatida shakllantirishimiz va vatanimizga kerakli inson qilib
ulg’aytirmog’imiz lozim. Muhtaram yurtboshimiz tabiri bilan aytganda
“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo’lishlari shart”
Yurtboshimiz tomonidan o’tgan 2014-yilni “Sog’lom bola yili” deb
e’lon qilinganligi buning yaqqol dalili desak hecham mubolag’a bo’lmaydi. Yil
davomida respublikamiz viloyat, shahar va tumanlardagi ta’lim muassasalariga
e’tibor kuchaytirildi va muassasalardagi sharoitlar, ta’lim jarayoni ko’zga
ko’rinarli darajada o’zgartirildi. Bu ham albatta, yosh avlod rivojlanishiga
qaratilgan yana bir e’tibordir. Bunday zamonaviy shart-sharoitlardan to’g’ri
foydalanish biz yoshlarning burchimizdir.
23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. -
T.:O‘zbekiston. 1997
2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” -T.:O‘zbekiston. 1997
3. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yiladigan davlat talablari”-T.:Kvinta
print. 2012
4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”. _ T.: Ma’naviyat 2008
5. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:.
2013
6. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti T:. 2013.
7. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm
ziyo.2012
1. www.ta’lim.uz
2. www.edu.uz.
3. www.pedagogika.uz.
4.www.ziyonet.uz.
5.www.Google.uz
24
Dostları ilə paylaş: |