Pedagogika fan o’qitish metodikasi. Xudaybergenova N


Pedagog faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 32,24 Kb.
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü32,24 Kb.
#117017
1   2   3   4
12-seminar mashg\'ulot

Pedagog faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari
Pedagoglik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so’nmaydi. Pedagoglik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Hozirgi davrda, biz mustaqil O’zbekistonda demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko’rsatadigan pedagog qanday bo’lishi kerak? Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insonparvarlik yo’nalishidir. Pedagog juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko’p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o’zi o’qigan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo’ishi kerak, o’z o’quvchilarini har kuni o’qishga o’rgatib borishi uchun uzi muntazam o’qib o’rganib, o’z bilimini to’ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, pedagog mahoratning asosi o’z ustida ishlab borishi - mustaqil o’qishdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim- tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joyga qo’yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burulishlar bo’lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta yoshlarni chuqur bilimli va pokiza odob-axloqli qalb ekanini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o’rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan.
XV asrlarda Hirotda yashagan atoqli yozuvchi Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvatnomai Sultoniy” nomli risolasida va’z (ma’ruza) o’qiladigan joyni “ma’raka joyi” deb nomlaydi va “ma’rakaning asosi nima?” - degan savolga “fayz berish va fayz olish” deb javob beradi. “Ma’rakani o’tkazuvchi qanday hislatlarga ega bo’lish kerak?” - degan savolga: “Birinchidan: ochiq yuzli bo’lsin, tabassum qilib tursin. Ikkinchidan: harakatlari yengil, yoqimli bo’lsin. Uchinchidan: kinoyali, e’tirozli gaplar gapirmasin, hammaga dilu-jonidan duo aytib, hunarini ko’rsatsin”, degan. Yana mashhur mutafakkirlardan biri Jaloliddin Rumiy bo’lib, uning o’qigan va’zlarini faqat madrasa o’quvchilari emas, balki podshohlar, xonlar va boshqa davlatlardan olimlar kelib tinglaganlar. “Uning go’zal ovozi olamni tutgan, ruhlarga hayot baxsh etgan”, - deb zamondoshlari shoirning notiqlik qobiliyatini yuqori ta’riflaganlar. Bu vaziyatlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik mahorat bevosita pedagogik vaziyatni va faoliyatni mohirlik bilan boshqarishdir.
Pedagogik faoliyatning vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib beradi, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o’rtasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi: shuningdek pedagogik faoliyat o’z taraqqiyoti davomida ta’lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo’llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko’rsatib beradi. Pedagogning pedagogik faoliyati shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali o’z fikrlarini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik faoliyat asosan o’qituvchining faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun maxsus umumlashtira olish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va ko’nikmalar bo’lishini talab qiladi.
Pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari: pedagogik faoliyatning maqsadi, obyekti, subyekti va vositasi kabi tarkibiy qismlari mavjuddir.
Pedagogik faoliyatning maqsadi - jamiyat tomonidan aniqlanib, belgilab beriladi. Ya’ni aynan shu jamiyat uchun zarur, uning yuksalish va taraqqiyotini, har tomonlama rivojlanishini ta’minlay oladigan, istiqlol g’oyasiga sodiq, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan komil insonlarni tarbiyalab berish - pedagogning bosh vazifasidir. Jamiyat a’zolarining asrlar davomida to’plagan bilim va tajribalarini o’qituvchi bolalarga yetkazadi. Ammo o’qituvchi va o’quvchi faoliyatida ba’zan ziddiyat, qarama-qarshilik kelib chiqadi. Chunki, o’quvchi faoliyatini boshqarish, unga ta’sir etishning murakkab tomoni shundaki, o’quvchi odatda hozirgi kun bilan yashaydi.
O’qituvchi mehnatining obyekti bu inson, bola, o’quvchi bo’lib, u tinimsiz ravishda rivojlanib boradi va o’zgarib turadi. U doimo jismonan va aqlan faol, tinimsiz shuning uchun u o’ziga o’xshagan faol, izlanuvchan o’qituvchini yoqtiradi. Shu sababli bo’lsa kerak yosh o’qituvchilar bolalar bilan tez til topishib ketadi. O’quvchilar ularni yoqtiradilar. Demak, bu fikrdan shunday xulosa chiqadiki, o’qituvchi o’quvchiga sevimli bo’lishi, uning hurmatini qozonishi uchun doimo izlanishi va o’z ishiga ijodiy yondashishi, yoshlarning ichiga kira bilishi, yoshlar dunyosi bilan yashashi lozim.
O’qituvchi faoliyatining subyekti - bular o’quvchilarga doimo ta’sir etib turuvchi ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar va sinf jamoasidir. O’quvchilarga eng kuchli ta’sir etuvchi kuch o’qituvchining shaxsiy xususiyatlari, uning bilim va malakasi, mahoratidir.
Asosiy tarbiyaviy vositalar - bu o’quvchilarni har xil faoliyat jarayonlarida, jumladan, mehnat, o’yin, o’quv va muloqatda turli yo’llar bilan tarbiyalash va ta’lim berishdir.
Pedagogik faoliyat jarayonida o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning chalkash “zanjirlarini” tartibga keltiradi. Masalan, dars boshlandi. Lekin sinfda o’quvchilar janjallashib qoldilar. Bu pedagogik vaziyat. O’qituvchming vazifasi shu vaziyatlarning yechimini rejali, bosiqlik bilan hal eta olish hisoblanadi. Sinfda yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish o’qituvchining vazifasidir. Pedagogik vazifaning yechimini topishning bir nechta bosqichlari mavjud:

  1. bosqich: vaziyatni tahlil etish va muammoni chuqur fikrlash. Tajribasiz o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlanmadi, demak vazifani hal etish uchun qabul qilingan qaror ham ko’pincha xato buladi.

  2. bosqich: kelishmovchilikni, nizoni keltirib chiqargan butun pedagogik jarayon keng va chuqur tahlil etiladi. O’quvchining asab va ruhiy holatini, oilaviy sharoiti, o’rtoqlarining ta’siri va boshqa omillar, ayniqsa, o’quvchi o’zining xatti- harakatini chuqur tahlil etishi kerak. Natijada yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning sabablari va motivlari ayon bo’ladi.

  3. bosqich: pedagogik vaziyat va pedagogik vazifa haqida faraz, taxmin ilgari suriladi. Qanday pedagogik chora va vositalardan, usul va metodlardan foydalanish haqida qaror qabul qilinadi hamda asta-sekinlik bilan amalga oshriladi. Ammo vazifani hal etishda biror bir uslubdan foydalanish imkoniyati bulmasa, bu uslub boshqasi bilan almashtiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, sinfda yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning asl sababini o’qituvchi avvalambor o’zidan axtarishi kerak.



Yüklə 32,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin