Predmetning ob’ekti va predmetining takomillashganligi.
Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi.
Pedagogikaning maqsad, vazifalari va asosiy kategoriyalari.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’ lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Pedagogika fanining ob’yekti - yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogika fanining predmeti - ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi.
Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.