Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha


Ilmiy tadqiqot usullariga qo'yiladigan talablar



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/4
tarix22.10.2022
ölçüsü62,5 Kb.
#65804
1   2   3   4
1407844020 58643

3.2. Ilmiy tadqiqot usullariga qo'yiladigan talablar.
Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob'ektivlik o'qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo'yiladi. Lekin, bolalarni o'qitish va tarbiyalash amaliyotining o'zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi.
Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o'zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo'lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi.Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to'la hal etilga deb bo'lmaydi.
“Pedagogika tajribasini o'rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o'quvchilar ijodini o'rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o'rganish turli xilda qo'shib olib borilishi mumkin”.
“Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o'rganishdan iborat”
Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so'rash, o'quvchilar faoliyati natijalari va o'quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o'rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg'or tajribalarni o'rganish va yoyish, sosiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.
Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko'ra bilish, o'qituvchi va o'quvchi harakatlarining o'zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo'lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo'lga quyilgan bo'lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o'z vaqtida chiqarilgan pedagogik - psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo'ladi. Kuzatish ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o'qitish jarayonida bolalarning qanday o'sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o'rganishda o'quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin