Pedagogika g'oyalari tarixi: Pedagogika g'oyalari, ta'limning o'zgaruvchan rivojlanishi tarixini ifodalovchi maqoladagi ilmiy asarlar va ilmiy tashkilotlar tarixi o'rganiladi


PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODI



Yüklə 48,29 Kb.
səhifə2/6
tarix22.10.2023
ölçüsü48,29 Kb.
#159840
1   2   3   4   5   6
Psixologiya1m

PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODI
Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib boriihiga, ay rim pedagogik hodisalami tekshirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo'llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bogliq holda o‘rganiladi. Miqdor o'zgarishi sifat o‘zgarishiga o‘tish daqiqalarida kuzatiladi.
ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH METODI
Pedagogik muammolami tadqiq etish adabiyotlarni o'rganishdan boshlanadi. O'rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo‘Igan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o'rganish metodi muammolaming qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi. Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo‘lgan muammoni tadqiq etish jarayonida zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiy manbalar bilan ishlash aniq ma’lumotlami bibliografiya tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma’lumotlar muallifning ismsharifi, asarning nomi, nashriyoti nomi (maqolalar uchun jurnal va gazetalaming nomi), manzili va nashr etilgan yili ko'rsatiladi.
ILG‘OR TAJRIBALARNI 0 ‘RGANISH METODI
Pedagogikaning ko‘pgina muaxnmolarini hal etishda ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalami o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o'qituvchilaming faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalami o‘rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalami o‘rganishda kuzatish, intervyu olish, anketalar tarqatish, o‘quvchilaming yozma va ijodiy ishlaii, pedagogik hujjatiami o‘rganish metodlaridan foydalaniladi. Kuzatish — o‘rganish lozim boMgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi. Suhbat (fakt) dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo‘llaniladi. Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to‘ plash maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tadqiqot uchun muhim bo‘lmagan materiallar o‘quvchilaming yozma va bir qancha fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish yoli bilan turlarga ajratilishi mumkin. Maktab hujjatlarini o‘rganish — o‘quvchilaming shaxsiy varaqalari, metodistning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jumallari, kundaliklar, уig‘ ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi. Pedagogik hodisalami tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi mumkin bo‘Igan u yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ma tenia tik metod. Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo‘li bilan to‘plangan materiallarni yoki ma’lumotlami umumlashtirish uchun) qo‘llaniladi. U eksperiment natij alarming aniq baholanishini, xulosalaming ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilaming seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo'yicha ma’ruzaiar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o'qituvchiga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yoMi bilan hal etiladi.
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI VA TURLARI1 Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish masalalari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da aniq belgilab berilgan. Unda uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi 0 ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha ekanligi ta’kidlangan. (3.3.) «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uzluksiz ta’limni tashkil etish printsiplari quyidagicha belgilangan: 1. Ta’limning ustuvorligi printsipi 2. Ta’limning demokratlashuvi printsipi 3. Ta’limning insonparvarlashuvi printsipi 4. Ta’limning ijtimoiylashuvi printsipi 5. Ta’limning milliy yo'naltirilganligi printsipi 6. Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi printsipi 7. Iqtidorli yoshlami aniqlash, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish printsipi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlunadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: - maktabgacha ta’lim; - umumiy o'rta ta’lim; - o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi; - oliy ta’lim; - oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; - kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari ta’ lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o‘tilishini ta’minlaydi.

Yüklə 48,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin