Tayanch so’z va iboralar: maktabgacha ta’lim muassasasi, pedagogik kengash,tashkil etish, boshqarish, boshqaruv tamoyillari.
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash, uning maqsad va vazifalari.
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgaliqia ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mayorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.Pedagogik kengash muxokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqiarni va etuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik maxoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.Pedagogik kengash Xalq ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq, yo’l-yuriq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog’ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo’yicha «Ilk qadam» o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga doyr boshqa masalalarini muhokama qiladi.Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiradigan dolzarb mavzularning kiritilishini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi faol va sermahsul bo’ladi.Pedagogik kengash tarkibiga; uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim muassasasiga xizmat qiladigan shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi, ota- onalar qo’mitasi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.Pedagogik kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o’uqituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va Pedagogik kengash tomonidan tasdiqangan reja asosida faoliyat yuritadi.Maktabgacha ta’lim muassasalarining jamoaviy organi hisoblangan Pedagogik kengash faoliyati pedagog xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilgan.Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatini yo’naltirish, tarbiyalanuvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va kunikmalarni rivojlantirish, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qiladigan Davlat talablari»ning bajarilishini ta’minlash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doiyr qarorlar qabul qilish;
- pedagog xodimlarning nufo’zi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;
- pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;
- ilgor pedagoglarning ish tajribalarini o’rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilash;
- Ustoz-shogird an’analari, o’zluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yo’zasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qiiish;
- tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;
- tarbiyalanuvchilarni jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol, vatanparvar va yurtparvar shaxs sifatida tarbiyalash yo’zasidan takliflar berish.
Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari.
Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni
- Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi;
- kengash yigilishlari o’quv yili avvalidan boshlanib, har choraqia bir marta o’tkaziladi. Zarurat bo’lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o’tkazilishi mumkin;
- kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko’pchiligi yoqiab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo’lgan taqiirda, kengash raisining qarori hal qinuvchi hisoblanadi;
- navbatdan tashqari chaqrilgan yigilishda esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.
- kengash yigilishida muhokama etilayotgan masalalar yo’zasidan qarorlar ochiq ovoz berish yo’li bilan qabulqilinadi;
- kengash tarkibiga muassasa shifokori, xhamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) kumitasi raisi, mahalla fuqarolar yigini a’zolari kirishi mumkin;
- kengashni o’tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi;
- kengashda muxokama etiladigan masalalar bo’yicha materiallar doimiy yoki vaqtinchalik tashkil qilingan guruhlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi;
- kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo‘yicha o’rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o’zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigienik ahvoli va bolalarning sogligi va muassasa faoliyatiga doyr boshqa masalalar ko’rib chiqiladi;
- kengash pedagoglarning ilgor ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi;
- kengashda mashgulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo’llari muxokama qinadi, ta’lim-tarbiyaning ilgor usullarini joriy etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo’nalishlari belgilanadi;
- kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, zarur shart-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiiadi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning xhisobotlarini tinglaydi;
- kengashda kun tartibidagi masalalarni ko’rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qlingan qarorlarning ijrosi xaqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yo’zasidan qabul qiyaingan qarorlar nazoratdan olinadi;
- kengash kun tartibida muxokama etilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bulishi, masalalar o’quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqian xolda kiritilishi lozim. Kengashda qiladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur;- kengashda qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat etish muassasa raxbari zimmasiga yuklatiladi.
Pedagogika kengashi xulosalari — Pedagogika kengashi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishining istiqbolrejasini belgilaydi;
- maktabgacha ta’lim muassasasining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni bajarish yo’llarini belgilab beradi va ijrosini ta’minlaydi;
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi;
- o’z vakolati doirasida ishlab chiqipgan hujjatlarni muxokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qipadi;
- pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yo’zasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi;
- maktabgacha ta’lim muassasasi nizomiga muvofiq, pedagog xodimlarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal qiladi.