3. Ijodiy ko’nikmalar(bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra o’quvchi bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur).
5. Ijtimoiy ko’nikmalar(qarorni muhokama qilish jarayonida o’quvchilar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim).
6. O’z-o’zini tahlil(bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim)
Keyslarni yechishga doir metodik ko’rsatma, yo’riqnomalar tahminan Shunday bo’lishi mumkin
1. Keys (muammo) bilan tanishing.
2. Muammoning dolzarbligini baholang.
3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.
4. Keys (muammo)ni samarali yechish yo’llarini aniqlang.
5. Keys (muammo)ning samarali yechimini belgilovchi metod va texnologiyalarni tanlang.
6. Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shaklantiring
Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o’zaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim