3. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash
qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatga
yo'llash.
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi.
Darsning borishi I. Da'vat bosqichi.
Maqsad:
o'quvchilarning
topishmoq haqidagi
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish.
Metod:
suhbat, izlanish metodi.
O'qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong'oq, yer yong'oq,
arra rasmlarini ilib
qo'yadi va quyidagi topishmoqni yozadi: Tunda ko'rib, cho'g' deysan, Tongda ko'rib yo'q
deysan. Savol-topshiriqlar beriladi:
— Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping.
— Qaysi so'zlar orqali topishmoqlarning javobi „yulduz" eka-nini bildingiz?
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'shaloq tovoq, Ichi toia yog'.
— Qaysi belgilariga ko'ra topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq yoziladi:
Pilla kabi bo'g'indor, Har bo'g'inda mag'zi bor.
— Yer yong'oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan?
4-topishmoq:
Og'zi yo'g'-u tishi bor, Duradgorda ishi bor.
— Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz? O'qituvchi:
— Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi?
- Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so'zlar bo'ladi.
— Topishmoqlarda ko'pincha kim?, nima? so'zlariga javob bo'ladigan so'zlar
yashirinadi.
2. Topishmoqlar haqida ma'lumot berish.
O'qituvchining hikoyasi:
— Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli,
harakati, holati, vazifasi
va boshqa tomonlari berilgan bo'ladi. Topishmoqlar qadimda „jumboq", „top-top" deb
yuritilgan. Har bir topishmoq
uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari
bilan bog'liq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: