Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o’zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyiliga ko’ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ’ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo’lgan quyidagi o’n ikki qoidani o’ziga yo’riq qilib olganini ko’ramiz:
Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o’n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko’rish;
Davlat ishlarini yurg’izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko’rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo’lib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bo’lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do’st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo’lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish.

Ko’rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham mashhur bo’ldi.