Pedagogika tarixi 100/21-guruh Bajardi: Mamanazarov Z



Yüklə 17,48 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#176015
1   2   3   4   5   6
Pedagogika tarixi

Bu mutolaalar keyinchalik Sa’diy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U bu yerdagi ilmiy-adabiy davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining o‘tkir va asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilar va bahsu munozaralarda hamisha g‘olib chiqar edi.

  • Bu mutolaalar keyinchalik Sa’diy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U bu yerdagi ilmiy-adabiy davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining o‘tkir va asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilar va bahsu munozaralarda hamisha g‘olib chiqar edi.
  • Madrasani tutatgan Sa’diy olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash o‘rniga, Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq yillik sayohatga otlanadi.
  • Buni ikki sabab bilan asoslash mumkin: birinchisi shoirning sayohatga o‘chligi, ikkinchisi - mo‘g‘ullar tasarrufidagi ulkan hududda ilmu ijod uchun osoyishta shart-sharoitning yuqligi.

U goh olim va voiz, goh so‘fiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida otu eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi.

  • U goh olim va voiz, goh so‘fiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida otu eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi.
  • Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan. Sayohat davrida Sa’diyga karvonni qaroqchilardan himoya qilib, muhorabaga kirishiga ham, turli joylardagi madrasa va qozixonalarda va’z o‘qishiga ham, shayxu so‘fiylar bilan mubohasa qilishiga ham to‘g‘ri kelgan.
  • U Hindistonda ham bo‘lib, bir muddat butxonada istiqomat qilgan, salibchilarga asir tushib, ularning qal’alarini tuzatish ishlarida qatnashishga majbur bo‘lgan.

Bu sayohatlar davomnda Sa’diy hayot ilmini chuqur o‘rganib, inson fe’lini butun murakkabligi bilan anglab, o‘z davrining ko‘pni ko‘rgan donishmand kishisi bo‘lib yetishadi. XIII asrning o‘rtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan o‘zini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bog‘ va maqbara she’riyat ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, undan kecha-kunduz shoir muxlislarining qadami arimaydi.

  • Bu sayohatlar davomnda Sa’diy hayot ilmini chuqur o‘rganib, inson fe’lini butun murakkabligi bilan anglab, o‘z davrining ko‘pni ko‘rgan donishmand kishisi bo‘lib yetishadi. XIII asrning o‘rtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan o‘zini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bog‘ va maqbara she’riyat ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, undan kecha-kunduz shoir muxlislarining qadami arimaydi.
  • Sa’diy asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. «Bo‘ston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida o‘qitilib kelgan.

Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin