Pedagogika universiteti



Yüklə 434,34 Kb.
səhifə9/131
tarix19.05.2023
ölçüsü434,34 Kb.
#117015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
Pedagogika universiteti

Tigraxauda saklari-Amudaryoning quyi oqimi, Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi, Orol dengizining shimoligacha bo‘lgan xududlarda
saka-tigraxauda, ya'ni o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi sak­lar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida
saka-tiay-aradarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol den-gizi bo'ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Katta xududni egallaganlar; Sirdayoning yuqori oqimlaridan Tyanshan tog‘larigacha bo‘lgan xudud Farg‘ona, Sirdayoning o‘ng soxili Toshkent va jabubiy Qozog‘iston yerlari. (N.Gorbunova, B.A.Litvinskiy fikri tasdiq)
Polibiy, Pliniy, Ptolomey asarlarida sak va massaget qabilalarining juda ko‘p nomlari berilgan. Ularning yashagan xududlarining chegaralarini aniqlash uchun olimlar o‘rtasida ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilgan.
Massagetlar ittifoqi mil.avv. 7 -5 asrlarda tashkil topgan. Unga bir necha sak qabilalari kirgan. Massagetlar ma’nosi- maza-geta, ulug‘ getlar (Dax qabilari g‘arbida shu nomdagi qabilalar yashagan. ) Boshqacha taxmin ham bor – mas-saka-ta katta saklar to‘dasi .
Xorazmiylar –Amudaryoning quyi oqimidan Sultonuizdag tog‘larigacha
Sug‘diylar –Zarafshon havzasida
Parikaniylar-Farg‘ona xududlarida (Sirdaryoning yuqori oqimi)
Baqtrlar bohtariylar O‘zbekistonning janubi
Apasiaklar (pasiki, abiya, skiflar, saka-tiay-tara-darayya)-Sariqamish va Jonidaryo xududlarda yashagan
O‘rta Osiyoning janubida saka-xaumavarka, skif-amyurgiya
Derbeklar-Chorjo‘y va Buxoro xududlarida
Toharlar (daglar, dahlar, dailar) Atrek daryosi havzasidagi Quvondaryo bo‘ylarida yashagan
Keyin Dehistonga ko‘chganlar
Asiylar (yatiy, asian, yaksartlar) Sirdaryoning o‘rta oqimi qisman Yettisuvda yashaganlar
Augasiylar (augallar, attasiylar) Sirdaryoning quyi oqimida yashagan.


3 reja
Miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisining hayotida tub ijtimoiy, tqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik yuksak rivoj topdi va dehqonchilik xo‘jaligidan ajralib chiqdi. hunarmandchilik savdo bilan birgalikda shahar hayotining iqtisodiy asosini tashkil etdi. hunarmandchilikning barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Kulolchilik mahsuloti o‘z mohiyati bilan tovar xarakterini oldi.
Hunarmandchilikning boshqa sohalari-zargarlik, to‘qimachilik, metall bilan ishlash, uy-joy va ijtimoiy-diniy xarakterdagi me’morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa mudofaa inshoatlari qurilishiga e’tibor kuchaydi.
O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyatini sun’iy sug‘orishsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu boisdan sug‘orish inshoatlari qurilishiga, birinchi navbatda, katta miqyosdagi magistral kanallar qurish ishga katta e’tibor berildi. Bu davr ijtimoiy hayotida erkin jamoa-xo‘jaligi jamiyat taraqqiyotida asosiy bug‘inga aylandi. Ibtidoiy jamoa mulkiy tengsizlik jamoa a’zolari orasida sinfiy tabaqalanish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda edi.
Aholi orasida jamoaning e’tiborli, nufuzli a’zolari vujudga keldi. Ularning asosini urug‘ jamoa oqsoqollari, diniy vakillar-kohinlar, harbiy boshliqlar tashkil etdi. Ular visni, daxyuni boshqardi. Mulkiy tengsizlik va hukmron tabaqalarning shakllanish jarayoni birinchi navbatda chorvador aholi orasida kuchaydi. Ularning qo‘lida chorva mollarining ko‘payishi yangidan-yangi yaylovlar va o‘troqlar axtarishni taqozo etardi. Bu holat ko‘chmanchi aholi orasida jangovar harbiylik ruhiyatini kuchayishiga olib keldi. har bir chorvador urug‘ jamoasi esa harbiylarga xos jangovarlik ruhida tarbiyalandi.
Endi ular o‘z chorvalariga o‘tloq yaylovlar qidirib, dehqonchilik zonalariga kirib bordilar. Dehqonchilik jamoalari hayotida notinchlik tug‘ildi, hayotiy zaruriyat xavf-xatarning oldini olish choralari qidirishga majbur etardi. Ana shunday zaruriy choralardan biri sifatida aholi istiqomat qiladigan joylar atrofida mustahkam mudofaa inshoatlari, qalin devorlar paydo bo‘ldi. Bu holat ayniqsa miloddan avvalgi VII-IV asrlarda kuchaydi. Bu davrni L.G.Morgan harbiy demokratiya davri deb atagan.
O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda harbiy demokratiya davriga xos yodgorliklar Samarqandda Afrosiyob misolida, qashqadaryoda Yerqo‘rg‘on misolida, Surxondaryoda Tallashgantepa misolida, qadimgi Xorazmda Ko‘zali qir va Kalliklar edgorliklari misolida o‘rganilgan. Nomlari zikr etilgan bu yodgorliklirshshg eng qadimgi, dastlabki qatlamlari harbiy demokratiya davri manzarasini beradi. Masalan, Afrosiyobni olib ko‘raylik. U - qadimgn Samarqand. Uning tub aholisi so‘g‘diylar o‘z ona shaharlarini Smaraqansa (Smarakansa) deb ataganlar. So‘g‘d tili o‘rnini fors tili egallagan (taxminan, IX asr o‘rtalarida), Smarqansa Samarqand deb yuritiladigan bo‘ldi. Samarqand turkiyda Semizkent, Xitoy manbalarida Kesh deb ataldi. Ana shu qadimgi Samarqand XIII asrdan, ya’ni mug‘ul bosqinchilari uni vayron etib, u harobaga aylanganidan rosa 5 asr o‘tgach, u shahar xarobasi aholi orasida Afrosiyobning atrofini o‘rab olgan uning dastlabki mudofaa devori va shimoli-g‘arbidagi har xil nuqtalardai topilgan-arxeologik ashyoviy dalillar qadimgi Samarqandning yoshini 2500 yildan kam emas deb belgilashga imkon berdi va bu joyda shahar hayoti rosa 17 asr, ya’ni miloddan avvalgi VI asrdan to milodiy XIII asr boshlarigacha, mug‘ullar istilosiga qadar davom etdi. So‘ngra shahar qaytadan Samarqandning hozirgi eski shahar qismida qad ko‘targan.

Yüklə 434,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin