O’quv amaliyotni o’tkazishga qo’yiladigan asosiy vazifalar: - talabalarni iqtisodiy-siyosiy, psixologik-o’quv, musiqiy fanlardan bilimlarini mustahkamlash, ularni aniq o’quv vazifalarni yechishda qo’llanish;
- bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’quv mahorat, bilim va kasbiy ko’nikmalar sifatini shakllantirish;
- o’quv faoliyatga ijodiy yondashishni, izlanish;
- o’quv-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalarni kasb mahoratini oshirish.
- uzluksiz ta’lim tizimida “Musiqa madaniyati” o’qituvchilarini bilimlarini, ma’naviyat asoslarini o’qitish jarayonida qo’llashga o’rgatish;
- psixologik-o’quv, musiqiy fanlar bo’yicha talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash;
- talabalarni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ma’lum darajada o’z hissasini qo’shishda “xalq ta’limi to’g’risida” gi Qonunda ko’rsatilgan avlod-ajdodimizning o’quv fikrlarini, xalqimizni milliy an’analarini puxta o’rganishga tayyorlash;
- talabalarni bugungi o’quv-tarbiya ishlari ahvoli bilan maktab, kollejlarda olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlari mohiyati bilan tanishtirish;
- muvjud o’quv reja va dasturlar asosida tuzilgan ishchi kalendar rejalari bilan tanishtirish.
- talabalarni musiqa madaniyati darslarini mustaqil kuzatishga tayyorlash;
- musiqa madaniyati darslarini kuzatish va tahlil etish bilan tanishtirish.
- darsdan tashqari musiqa to’garaklarini olib borish ishlari bilan tanishtirish;