4-masala
Arab istilochilari dastlab yarim asr davomida Movarounnahrning hunarmandshilik va savdo shaharlari hamda obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. O‘lkani zabt etish jaxududida esa uning deyarli barcha obod dehqonshilik vohalarini oyoq osti qilib, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdilar. Suv inshootlari buzib tashlanib, ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloqlar aholisidan zo‘rlik bilan tortib olingan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar kamlik qilganidek, o‘z ixtiyori bilan sulh to‘zishga majbur bulgan Buxoro, Poykand va Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boju tovondar undirib odindi. Bosqinshilik yurishlari Oqibatida talafot ko‘rib, safdari siyraklashgan qo‘shin qatorlarini to‘ldirish uchun Movarounnahr shahar va viloyatlaridan minglab nafar kishilar majburan safarbar etilib, birodarkushlik jangiga solindi. Jangu jadallar oqibatida aholining ma’lum bir qismi qurbon bo‘ldi, bir qismi esa asirga olindi va garovga haydab ketiladi. Natijada mamlakat iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tutdi. Movarounnahr butkul bosib olingash, istilochilar bu mamlakatda xalifalik hukmronligini mustahkamlab, mahalliy aholidan ko‘proq boylik undirib olishga harakat qiladilar. Buning uchun avvalo ular faoliyatni Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o‘z harbiy qismlarini joylashtirishdan boshlaydilar. Ular bu harbiy kushga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, ularni xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Mazlumni itoatda tutib turadilar. Marv, Poykand, Buxorova Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undam xonadonlarning qoq yarmi arablarga bo‘shatib beriladi. Ayrim istilochi zodagonlar dehqonshilik vohalaridan eng unumdor yer maydonlarini va suv inshootlarini egllab oladilar. Kelgindilarning bir qismi bosib olingan qishloq atroflariga ko‘shib kelib o‘rnashadi va o‘troqlashadi. Bulardan tashqari yerli aholi jamoa binolari, suv inshootlarini qurish, sug‘orish trmoqlarini loyqadan tozalash kabi ishlarga safarbar etiladi. Shu bilan birga ular bosqinshi zodagonlarni kerakli ashyolar bilan bir qatorda qul, shuri, ot-ulov, kiyim-keshak, oziq-ovqat, jangchilarni esa kerakli buyumlar bilan tamin etishga majbur edi.
Dostları ilə paylaş: |