Tarix fani vazifalari: Bilish vazifasi tarixiy rivojlanish qonunlarini aniqlash va taxlil qilishdir. Bunda insoniyat tarixidagi barcha jarayon va taraqqiyotni ob’ektiv jihatdan yoritish orqali barcha mamlakat va xalqlarning tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xosligi va rivojlanishini tarixiylik nuqtai nazardan baholash orqali o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi ta’minlaydi.
Tarbiyalash vazifasifuqarolik, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarni tarixiy misollar orqali shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.
Bashorat qilish vazifasi o‘tgan davr va hozirgi davrdagi tarixiy voqealar tahlili asosida kelajakni oldindan ko‘rsata olish va jamiyat taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash
Ijtimoiy xotira vazifasijamiyat va shaxsning rivojlanishi va o‘ziga xos shakllanishida tarixiy bilim yetakchilik vazifasini bajaradi.
Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi tarixiy bilimga asoslangan holda ilmiy asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin.