3-masala
XV asr boshlarida temuriy shohzodalar o’rtasida avj olib ketgan o’zaro kurashlar va vaqti-Vaqti bilan sodir bo’lib turgan harbiy yurishlar mamlakatning ichki hayotiga salbiy ta’sir etsa-da, biroq SHoxrux(1405—1447), Ulug’bek (1409—1449), Abu Sayyid (1451—1469) va Sulton Husayn (1469—1506) hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatda ma’lum darajada qaror topgan osoyishtalik tufayli qadim zamonlardan davom etib kelayotgan an’analar asosida ilm-fan va madaniyat yanada jonlanadi.
Bu davrda xususan Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ham, Xurosonning markazi Hirotda ham Temur an’analari davom ettirilib, olimlaru fuzalolar, shoirlaru bastakorlar, me’morlaru binokorlar va naqqoshlaru mohir hunarmandlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Movarvunnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va sai’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuxrat qazongan Ulug’bek roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnax,r va Xurosonning boy vamadaniyati va islom dunyosining ma’naviy an’analariga suyangan hamda o’z davrining madaniy tajribalaridan to’la foydalanib, uni o’zlashtirgan Ulug’bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma’naviy kamolotida ilm-fanning va san’atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Ulug’bek o’tmishdoshlari Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: |