Pedagogika va ijtimoiy ish


Koreksion pedagogika (defektologiya)



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə117/219
tarix13.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#176068
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

Koreksion pedagogika (defektologiya)



Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashni o’rganadi.



Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.



Oligofrenopedagogika va oligofenopsixologiya- aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlntirishni o’rganadi.



Logopediya va nutqiy buzlishlar psixologiyasi –nutqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.



Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko’r, soqov va karlik)ni o’rganuvchi maxsus pedagogika va psixologiya sohalari



1-rasm. Koreksion pedagogika sohalari
Pedagogik lug'atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to'liq) sifatida tushunilishi ta'kidlab o'tiladi.
Ana shu lug'atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga muhtoj bo'lgan, sog'lig'i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi — belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o'rtasidagi nomuvofiqlikni yo'qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o'qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta'lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin