Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə139/219
tarix13.12.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#176068
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   219
Pedagogika va ijtimoiy ish

Umumiy qoidalarda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o'rta ta'lim negizida o'qitish muddati 3 yil bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari va kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Ikkinchi bo'limda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish haqida gapiriladi.Quyidagilar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining vazifalari sifatida belgilangan:
- davlat ta'lim standartlari doirasida umumta'lim va kasb-hunar dasturini bajarish:
- o'quvchilarning uzluksiz ta'limning keyingi bosqichida o'qishni davom ettirish, tanlangan mutaxassisliklar bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish uchun zarur va еtarli bo'lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish:
- respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish.
Bundan tashqari ushbu bo'limda akademik litseylar qoidaga ko'ra, Oliy ta'lim muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb-hunar kollejlari esa hududlarning demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga bo'lgan mahalliy ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil etilishi ko'rsatib berilgan.
Uchinchi bo'limda o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o'quvchilar qabul qilish; umumiy ta'lim va kasb-hunar dasturlarining amalga oshirilishi; nazorat turlari; kursdan-kursga, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasasining bir turidan boshqasiga o'tkazish va diplom berish tartiblari bayon etilgan.
To'rtinchi bo'limda esa akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida kimlar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu ta'lim muassasalariga professor-o'qituvchilarni va muxandis pedagoglarni ishga qabul qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o'tilgan.
Beshinchi bo'limda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini boshqarish tartibini o'z ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o'quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o'quv ta'lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi (o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda ta'lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin