Pedagogika va psixologiya



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#186128
1   2
Referat mavzu Milliy g’oya va oilada shaxs tarbiyasi Bajardi A

Oilada shaxs tarbiyasi
Bola dunyoga kelibdiki,ilk bora ko`zlarini ochishi bilan o`zini onasining issiq quchoqlarida ko`radi va uning kelajakdagi kamolotida ham aynan ota-onasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni bola ertangi kunda jamiyatimizda qanday o`rin tutishi va shu jamiyatimizga qanday inson sifatida kirib borishida ham ota-ona va oilaning o`rni beqiyosdir. Oila - kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas`uliyat hamda o`zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. Jamiyat va oila birbiri bilan chambarchas bog`liqdir. Bu bog`liqlikni jamiyatning oilalarsiz mavjud bo`lmasligi hamda o`z navbatida oila ham jamiyatning bir bo`lagi ekanligida ham ko`rishimiz mumkin. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag`rida mavjud bo`lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy jihatdan shakllanganlik darajasiga bevosita bog`liqdir. Ilmiy- pedagogik, psixologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo`lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy qiyofasini ko`radi. Jamiyat talablari mohiyatini ham ilk bora shu kichik jamoa orasida oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ko`radi. Oilaviy munosabatlar ota-onalar yoki bolalarning kamoloti uchun mas`ul bo`lgan shaxslar hamda farzandlar o`rtasida turli yo`nalishlarda tashkil etiladigan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta`minlaydi hamda otaonalarda o`ziga xos faollikni ham shakllantiradi. Bolaning har tomonlama yetuk, ma`naviy sifatlarga ega bo`lib shakllanishida, unda ma`naviy bilimlarni egallashga bo`lgan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo`lishida oila tarbiyasi asosiy vazifani bajaradi. Ya`ni oilada qaror topgan sog`lom ma`naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo`lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. Shu boisdan ham sharqda azal-azaldan oilada bola tarbiyasiga yuksak e`tibor berib kelingan. Xususan, bu borada sharq mutafakkirlarining ham bir qancha qarashlari mavjud. Masalan, Abu Nasr Farobiy yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda axloqiy tarbiyaga alohida e`tibor bergan. Uning e`tiqodicha, bilim, ma`rifat albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog`i lozim, aks holda kutilgan natijaga erishilmaydi, bola yetuk bo`lib shakllanmaydi deb fikr bildirgan. Buyuk bobokalonlarimizdan yana biri Mirzo Ulug`bek oilada sog`lom, avlodni tarbiyalash haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning har tomonlama mukammal shaxs, komil inson bo`lib shakllanishida muhitning o`rni muhim ahamiyatga egadir. Ya`ni oilada ota-onalar ayniqsa o`qimishli ota-onalar o`z farzandlarining haqiqiy inson bo`lib kamol topishiga alohida e`tibor berishlari lozim. Bundan tashqari sharqning buyuk mutafakkirlaridan hisoblangan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yusuf Xos Hojib, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko`plab olim va yozuvchilar oilada bola tarbiyasi yuzasidan o`zlarining durdona fikrlarini qoldirganlar. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to`g`ri yuritish ularning vaqtdan to`g`ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o`yin, mehnat, o`qish faoliyatlari bo`yicha to`g`ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.Bolani har tomonlama barkamol va yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalar oilada har bir tarbiya vositalaridan o`z o`rnida va samarali foydalana olishsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Oilada ota-ona va farzandlar munosabati yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lishi kerak. Otaona farzandini juda siquvga olishi ham, juda erkalatib yuborishi ham yaxshilikka olib kelmaydi. Masalan, bola haddan tashqari ko`p siquvga olinaversa oxir oqibatda u jamiyat a`zolari bilan muloqotga kirisholmay qoladi, o`zining mustaqil fikriga ega bo`lmaydi, ya`ni kimgadir qaram bo`lib qoladi. Hatto o`zi xohlayotgan narsani yaqin insonlariga ham tushuntirolmaydi. Bu esa uning ma`naviy jihatdan tanazzulga yuz tutishiga sabab bo`ladi. Yoki aksincha, bolani haddan tashqari erka qilib o`stirish ham uning kelajagiga hamda kamolotiga salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Bunda bolada mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga mas'uliyat hissi shakllanmay qoladi. Boshlagan ishini oxirigacha yetkazgisi kelmaydi ya`ni unda layoqat va iroda sifatlari yo`qoladi. Shuning uchun ham nazarimda ota-onalar aynan farzand tarbiyasi masalasida ular bilan do`stona munosabatda bo`lganlari ma`qul. Bola asosiy va boshlang`ich tarbiyani oiladan olar ekan, oilaning asosiy ustunlari hisoblangan ota-onalar bir-birlari bilan o`zaro munosabatda ham e`tiborli bo`lishlari talab etiladi. Chunki bola ota-onasini muntazam ravishda kuzatadi va o`g`il bolalar otani, qiz bolalar esa onani o`zlarining ideali sifatida bilishadi hamda ularning bir-birlariga qilayotgan muomala madaniyati, xatti-harakati, so`zlashish odobi kabi axloqiy fazilatlarni o`zlashtirib olishadi. Maktabda va ta'til vaqtida ota-onalar farzandlarini muzeylarga, sayrga olib chiqish orqali ham goʻzallik his-tugʻularini kuzatish mumkin. Har bir sinf rahbar yoki fan o'qituvchilari bir haftada bir marta bir soatdan maktab bog‟ida sayrni tashkillashtirib o'tsa bola tabiatdan ilhomlanib undagi goʻzalliklardan bahramand bo‟ladi. Bolada tabiatni asrash kabi tushunchalar shakllanadi. Faqat muzeylarga, tabiat qoʻyniga sayrga olib chiqish bilan emas, bo‟sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kerakli ishlar bilan band qilish va har xil foydasiz o'yinlarga ko'p vaqt ajratmaslikni nazorat ostiga olish kerak. Bu jarayonda o'qituvchi va ota-onalar kelishgan holda ish olib borishi lozim. Ularning boʻsh vaqtini kitob o'qish, har xil o'zbek xalq ertakalarini o'qish, o'zimizning juda ham ajoyib multfilmlarimizni ko‟rish bilan band qilishimiz kerak. Bu multfimlarni ko‟rganda bola yaxshilik va yomonlik tuygʻularini, odob-axloq xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Maktabda o'qituvchi bolani nazoratga olgani bilan bola ko'p vaqtini uyida oila davrasida o'tkazadi. Shunda ota-onalar o'zlari nazoratga olingan bolaga bir kunlik ishlab chiqarish ishlarining rejasini tuzib, faqat o'qish bilan yetarli bo'lmay, dam olishga, o'ynashga ham ozgina miqdorda vaqt berishi kerak. Bolani nazoratga olsak oʻylagan niyatimizga erishamiz. Bolalarga tabiatni asrash har bir o'simlik va jonivorlarni avaylash, ularga ziyon bermasdan boqishni o'rgatish ham bir tarbiyadir. Oila zimmasiga yosh avlodni har jihatdan mukammal shaxs qilib tarbiyalashdek yuksak mas'uliyatli vazifalar yuklatilgan. Inson shaxsi sodir muhit oilasidan boshlanadi, oilada fe'l-atvor, odatlar, tevarak atrofga munosabat, ilmiy dunyoqarash va e'tiqodlar vujudga keladi. Eng yuksak insony tuyg'ular, ezgu niyatlar, betakror ma'naviyat, iqtidor, fahm-farosat oilada vujudga keladi. Agar inson faqat o'zi uchungina mehnat qilsa, u atoqli olim, buyuk donishmand, ajoyib shoir boʻlishi, ammo hech qachon chinakam, mukammal va ulug inson boʻla olmasligi mumkin. “Tarbiyani tug„ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni quvvatlantirmoq kerak, zehnimizni ravshanlantirmoq lozim”. “Agar tarbiya qiluvchi olim boʻlib, amalsiz boʻlsa, bu shogirdlar axloqiga ham yomon ta‟sir qiladi”. A.R.Beruniyning so‟zlarini tinglaymiz; - “Faqat tashqi jihatdangina emas, ichki mazmun jihatdan ham koʻrkam boʻlgan kishigina maqtovga munosibdir”. Bu soʻz bilan Beruniy insonning tashqi yoqimli qiyofasi toʻg'ridan-toʻg'ri uning axloqiy qiyofasiga bo'g'liqligini o'zgartiradi. Goʻzallikni qadrlash uni bir joyga, unda ishtirok etishga, izlanishga yordam berish bolani yoshligidan tarbiyalashning muhim qismidir. Erta yoshdan, kichkina qiziqarli oʻyinchoqlar bolalarni oʻziga jalb qiladi. Unda quvonch hissini uygʻotadi. Ertaklarni tinglash, hayvonlar rasmlarini tomosha qilish, ularnning rasmini boʻyash bilan bolalar oʻzlariga juda koʻp his-tuygʻularni qabul qililishadi. Haqiqatdan ham bolalar uchun ertaklar olami, hayvonot dunyosi hamda shu kabi bir qator narsalar bola xayolotida moʻjizakor va hayratlanarli. Bu bola faoliatining asosiy shakli. Bu taqlid, oʻziga turli xar xil rollardan ko'chirish, kattalar hayotini idrok etishi mumkin. Oʻyin bola shaxsiyatining barcha asosiy xususiyatlarini shakllantiradi. Birinchi navbatda, madaniyatning paydo boʻlishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bilamizki, oʻyinlar shakllangan fikrlash, xotira, tasavvur, estetik va axloqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Goʻzallik madaniyatini kuzatishda ham oʻyin texnikasining oʻrni sezilarli. Oʻyin malakalari ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi, ijodga yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bolani oila muhitida tarbiyalash davomida ularga hayot to`g`risida, yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlarni berib, ularni har tomonlama hayotga tayyorlab borish lozim. Ayniqsa bolalarning oiladagi an`ana va mavjud ijobiy odatlarni o`zlashtirishi beqiyos ahamiyatga ega. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o‘zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o‘zaro aloqa shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma’naviy yo‘nalishidagi o‘zgarishlari oila faoliyatining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o‘zaro do‘stlik va farzand ko‘rishni rejalashtirishda o‘z ifodasini topmoqda. Oila o‘zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o‘zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o‘zgarganligidir. Davlatimiz oilalarni o‘zining olib boradigan siyosati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma’naviy yordam bermoqda. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko‘paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida oila ma’lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda faoliyat olib bo‘lmoqda.
Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi. 1- oilaviy tarbiya pedagogikaning an’anaviy qismi sifatida o‘rganilmoqda. 2- tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo‘nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e’lon qilingan maqolalarda ushbu sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy jihatdan yondashayotganliklari ma’lum bo‘lmoqda.
Bolalarning bolalar yasli va bog‘chasida uzoq muddat bo‘lishlari ularning kamolotiga, ehtiyoj, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatishiham ehyimoldan holi emas. Chunki, hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko‘plab mashg‘ul bo‘lishlari sababli o‘zlarining to‘laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelaetgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki bunisining yo‘qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda.
Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to‘laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‘in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo‘mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Oilada bolalarni tarbiyalash o‘zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an’analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va turmush tarzidir.
Respublikamizda bolalarga ko‘rsatiladigan amaliy ta’sirni oila orqali amalga oshiradi. Oilaning bolalariga ko‘rsatadigan ta’sir doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta’siri bilan uyg‘unlashib ketadi. Shu bilan birga, biz uning o‘ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta olmaymiz. Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun o’ziga xos xususiyatlardan biridir.
Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining mehnat faoliyatlari xarakteri, er va ayolning teng huquqligi, o‘zaro hurmat, farzandlarni e’zozlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy hayotning mavjudligi va o‘sayotganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda.
Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan bo‘lsa-da, lekin biologik tenglik yo‘qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayollar uy ishlari uchun to‘qqiz soatdan o‘n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayol bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo‘ladi. Ertalab, ishga jo‘nashdan oldin bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, yasli yoki bog‘chaga olib boradi, maktabga jo‘natadi. Katta yoshdagi farzandlari o‘zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayolning ikkinchi - uy uchun bo‘lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyorlash va hokazo.
Otaning uy ishlaridagi ishtiroki asosan buyruq berishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. «Uni bajar, nima uchun buni bajarmading, hozir bajar» va hokazo. Uning vazifasi ko‘proq oilaning iqtisodiyotini va farzandlarining sog‘-salomat o‘sishlarini ta’minlashda ifodalanadi. Chunki farzandlarining bemorligi nafaqat onaning, balki otaning ham ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli farzandlari sog‘ligining yaxshi bo‘lishini ta’minlash har ikkisi uchun birday mas’uliyatni yuklaydi.
Oilalar tarbiya usullarini qo‘llash borasida bir-birlari tajribalaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan oilalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni «qattiqqo‘l», va «yumshoq» intizomli oilalar. Birinchi guruhga kiruvchi oilalar o‘z faoliyatlarida talabga asoslangan uslublarga, hatto, tan jazosi berish orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Ikkinchi guruhga kiruvchi oilalar esa o‘z faoliyatlari namunasida, ishontirish, yumshoq intizom shirin, to‘g‘ri muomala orqali tarbiyalashga asoslanadilar.
Agar «qatiqqo‘llik» intizomli oilaning ichki munosabatlarida hukmronlik qilsa, «yumshoq» intizomlilarida esa demokratiya, tenglik munosabatlari mavjuddir. Biroq «yumshoq» oilalardagi bunday munosabatlar ota-onalarning o‘z xulqlari bo‘yicha mas’uliyatlarini kamaytirmaydi. Bunday intizomli oilalar uchun bolalarni qo‘rqitish, cho‘chitish usullari yot bo‘lib, bolaning qadrini bilish, o‘z-o‘zini hurmat qilish xislatlarini tarbiyalash asosiy hisoblanadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tarbiyalashda jazo, qo‘rqitish usullaridan foydalangan oilalardagi bolalar voyaga yetgach, ruhiy asab faoliyatida buzilishlar sodir bo‘lgan. Munosabatda qo‘rqoqlik, aqliy faoliyatda orqada qolish holatlari kuzatilgan.
Oilaviy kelishmovchiliklar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim ota-onalarning madaniyat va ma’lumotining nisbatan past saviyada ekanligi mavjud tarbiyaga oid bilimlarni o‘zlashtirishga xalaqit beradi. Beqaror kayfiyat, hayotiy o‘zgarishlar oilaviy muhitda qarama-qarshilikni vujudga keltiradi. Ota-onalarning aniq bir-birini tushunmasliklari va o‘zaro kelishmovchiliklari, yoki bolaning yonini olishlari uning xulqida egoizm ko‘rinishidagi holatni sodir etadi. Otalar bunday holatlarda jazolashga moyillik, onalar esa muloyimlik, «ba’zan» betaraflik holatlarida bo‘lishadi. Mahallada keng jamoatchilik o‘rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjud ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o‘rni katta ahamiyatli hisoblanadi.
Ushinskiy o‘qitishning uchta asosiy vazifasi mavjudligini ular bolalar nutqini o‘stirish, ularga til bayon qilgan. SHu vazifalarni amalga oshirish uchun u o‘zining «Ona so‘zi» asarini yaratgan. Unda bolaning qalbiga nur ziyosini tarqatuvchi ulug‘ zot o‘qituvchiga katta baxo bergan.
Ushinskiy oila mamlakatning ko‘pchilik aholisi uchun maktaogacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning eng tabiiy muxiti deb xisoblaydi. Oilada bolalar dastlabki taassurotlar xosil qiladilar, eng oddiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar, o‘z istedodlarini rivojlantiradilar. Bola shaxsining rivojlanishi va tarbiyasida ota-onalar, tarbiyachilar, ularning xayoti va yurish-turish namunalari juda katta o‘rinni egallaydi. «Har bir shaxs va oila boshlig‘ining eng birinchi vazifalaridan biri,—deb yozgan edi Ushinskiy,—o‘z bolalaridan jamiyat uchun foydali shaxslar tayyorlashdan iboratdir; Olamda tug‘ilayotgan kishining muqaddas burchlaridan biri — to‘g‘ri va yaxshi tarbiya ko‘rish xuquqdir».
Jamiyat oldidagi ana shu masuliyatli vazifa va shaxs burchini bajarish uchun ota-onalar o‘zlarining xususiy baxt-saodatlarini jamiyat foydasi bilan-qo‘shib olib borish kerakligini batamom anglagan bo‘lishlari kerak. Ular pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi, buning uchun pedagogik adabiyotlarni o‘rganishi lozim, tarbiya ishiga, tarbiyachi va o‘qituvchilar tanlashga, o‘z bolalari uchun bo‘lajak xayot yo‘llarini aniqlashga ongli yondoshishlari darkor.
K. D. Ushinskiy «Pedagogik adabiyotning foydasi» nomli asarida ota-onaning tarbiyachilik sanati, maxorati, maqsad va vazifalarini xam asoslab berdi.
YAxshi tarbiya olgan odam, degan tushuncha juda keng bo‘lib, uni xar kim xar xil tushunadi. Har qanday ota-ona o‘z bolasiga xar jixatdan yaxshilik istaydi, lekin uning mazmunini turlicha tushunadi.
Ota-onalar o‘z bolalari uchun munosib tarbiya yo‘lini belgilash uchun farzandlarini chuqur o‘rganishi, ularning xoxish-istaklarini bilishlari kerak.
Bola go‘daklik paytida tevarak-atrofdaga narsa-xodisalar xaqida juda yorqin va aslo unutilmaydigan taassurotlar oladi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida uzviy va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorlita, iliqligi, xech qanday rasmiyatchilikning yo‘kliga bilan ajralib turishini xisobga olib Ushinskiy oila tarbiyasiga yuqori baxo bergan edi.
Ushinskiy ayol kishining pedagogak kobiliyatlarini xamda tartib-qoidalarni yaxshi ko‘rish, mexribonlik, matonatlilik, intizomlilik, sabr-tokatlilik, diqqatini bir erga to‘plab olishlik, odoblilik, didli-farosatlilik bolalarga nisbatan tug‘ma muxabbat singari xarakter xususiyatlarini e’tirof etib, oila tarbiyasida onaning vazifasi g‘oyat katta axamiyat berar edi. Bu xususiyatlarining o‘zi ayolga onalik burchlarini ado eta olish uchun aslo kifoya qilmasligini Ushinskiy yaxshi tushunar edi.
Ushinskiy ayollarga oilada va jamiyatda erkaklar bilan teng xukuq berilishiga ularning bolalar tarbiyasiga doir o‘z maqsad burchlarini bajarish imkonini beradigan omil deb qaradi. Ushinskiy «ayollar tarbiyasi yakka va oilaviy axamiyatga ega ekanlita, fan xamda madaniyat yutuqlari faqat ayollar vositasidagina xalq xayotiga kirish mumkin» deb xisoblaydi.
Ushinskiy barcha ayollarning pedagogikaning o‘rganishlariga aloxida axamiyat beradi. Bu pedagogikaning ayollar litseylari yuqorisinflarining o‘quv dasturlariga kiritish g‘oyasini ilgari suradi. u shunga bag‘ishlab pedagogika dasturini tuzdi va darslik yozmoqchi bo‘ldi. Ushinskiy, qizlar pedagogikadan tashqari fiziologiya, psixologiya va gigienani xam o‘rganishlari lozim, shundagina bo‘lajak ona inson xaqidagi mukammal bilimlarini egallab bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalay oladi, degan xulosaga keladi.
Ushinskiy oila tarbiyasiga yuqori baxo berib, oila tarbiyasi ota-onalarning xususiy ishi emas, balki ularning fuqarolik burchi deb qaradi. Ushinskiy bolalar tarbiyasi va ta’lim xaqida g‘amxo‘rlik qilishni butunlay maktab zimmasiga yuklab qo‘yishga intiladigan ota-onalarni qoraladi. SHu munosabat bilan u bunday deb yozgan edi: «Ota-onalar bolalarni tarbiyalaganlaridan keyin tarbiyani kuzatib borishdek muqaddas burchdan qutulmaydilar».
SHu bilan birga, Ushinskiy oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaga uzviy aloqador bir narsa, unga xalq umumiy tarbiyasining ajralmas qismi deb qaradi: «Ijtimoiy tarbiya xalq uchun o‘zining oila tarbiyasidir. Ijtimoiy tarbiya masalalari xamma uchun ijtimoiy masalalar va xar bir kishi uchun oilaviy masalalar bo‘lib qolgan taqdirdagina u xaqiqiy ijtimoiy tarbiya bo‘lishi mumkin».
Bunda oila poydevor qo‘yib, maktab shu poydevor ustiga imorat soladi. Oila bilan maktab bir-biriga o‘zaro yordam qilgan taqdirdagina umumiy yutuqqa erishish mumkin.


Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin