“Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni talabalar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/9
tarix03.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#151740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ― “globe” so’zidan olingan bo’lib, aynan uni ― yerning dumaloqlashuvi, kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
Globallashuv tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ― umumiylashuv, lotin tilida esa ―globus - Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ― sayyoraviy, - dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo’lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo’llanilib kelingan. Ammo bu so’zning to’liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to’liq ochib berilgan.
Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini ― globallashuv deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart - tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz ―globallashuv tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo’jaligi rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnologiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi.
Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir biriga yaqinlashuv) jarayonidir. 
Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo’shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob‘ektiv jarayon bo’lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta'sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta'riflar juda ko’p. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg`u bеriladi:
1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni.
3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshеv globallashuvga quyidagicha ta'rif bеradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o’zlashtirishdan iborat».
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga o’tkazishi mumkin bo’lgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Mеn uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam bеrkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kеrak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va dеrazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag`dar-tuntar qilib tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin