Lof
- hazil-mutoyibaga asoslangan janr bo‘lib, biror voqeani o ‘ta
bo'rttirib aytishdir.
Termalar
- ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivor-
laming ta’rifi va tanqidiga bag‘ishlangan,
pand-nasihat, odob-axloq
haqida yaratilgan, 10-12 satrdan 150-200 dsn misragacha bo‘lgan lirik,
liroepik she’r b o lib , baxshilar tomonidan kuylanadi.
Latifa
- arabcha «latif» so‘zidan oiingan bo‘lib, «nozik»,
«yoqimli», «zarif» degan ma’nolami anglatadi. Mayin kinoya,
qochiriqlar ishtirok etuvchi kulgili, kichik hajmli hikoyalardir.
Latifalardagi Nasriddin Afandi xalqninng yuksak ideallarini, orzu-
istaklarini aks ettiruvchi obrazdir. U o ‘ta aqlli, so‘zamol, nozik tabiatli,
katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan mehnatsevar, insonparvar, adolatli,
mehr-oqibatli, xushta’b, qiziqchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Latifada har bir davming yutuq va kamchiliklari Afandi obrazi
orqali o ‘z ifodasini topadi, shu bois u o‘zbek xalq og‘zaki ijodining
hamisha navqiron, hozirjavob, ommabop janri hisoblanadi.
Misol: Nasriddin Afandiga: «Asal bilan sirka qo‘shilmaydi, ular
birga tanovul qilinmaydi», -dedilar. «Nega endi qo ‘shilmas ekan», -deb
yarim kilo asal bilan yarim kilo sirkani aralashtirib, ichib yubordi. Biroz
o ‘tgach, yuzining ko‘karayotganligini ko‘rgan sheriklari: «Ha, asal bilan
sirka bir-biriga qo‘shilmaydi-a? -deyishganda, Afandi past kelmay:
«Y o‘q, nega endi, asal bilan sirka bir-biriga qo‘shilib olib, meni o ‘rtadan
chiqarib tashlamoqchi bo‘lishyapti!..»- dedi.
K o‘rib turganimizdek, xalq pedagogikasining manbai sifatida xalq
og‘zaki ijodining o‘mi beqiyos bo‘lib, yosh avlodning kamol topishida
uning tarbiyaviy ta’siri juda kuchlidir. Ayni choqda, xalq og‘zaki
ijodidagi pedagogik g‘oyalar o'zbek klassik adabiyotiga, yozma
adabiyotdagi g‘oyalar esa xalq og‘zaki ijodiga ta’sir ko‘rsatadi, natijada
mushtarak pedagogik qarashlar tarkib topib boradi. Jumladan, hind
xalqining «Kalila va Dimna», Nizomul Mulkning «Siyosatnoma», Nosir
41
Xisravning «Saodatnoma», «Ro‘shnoma», Yusuf xos Xojibning
«Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk»,
Ahmad Yugnakiyning «Xibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma»
kabi buyuk asarlarida xalq og‘zaki ijodidagi pedagogik g ‘oyalar muhim
o‘rin egallaydi.
Xalq og‘zaki ijodida yoshlami insoniy fazilatlarga odatlantirish
borasida juda ko‘p misollar mavjud. Masalan, «halollik» va «to‘g‘rilik»
so‘zlari bir ma’noda ishlatilishini quyidagi maqollarda ko‘rishimiz
mumkin:
-T o ‘g ‘ri o'zadi, egri to ‘zadi.
-T o ‘g ‘ri bo'lsang yetarsan murodga, egri bo‘lsang qolarsan uyatga.
Halollik va rostgo‘ylikni tarbiyalash, ya’ni bolalarni rost so‘zlashga
odatlantirish birinchi navbatda oila tarbiyasiga bogMiqligi qator xalq
og'zaki ijodi namunalari, maqol, ertak va dostonlarda aks etgan:
-Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
- Yolg‘onchiga qo‘shilma, rost so‘zingni yashirma.
Q o‘shnilarini bir necha bor uyimga o ‘t ketdi deb aldab, haqiqatdan
uyiga o ‘t tushganda hech kim yordamga kelmay, xonavayron bo'lgan
yolg‘onchi haqidagi ertak, «To‘g ‘ri va egri», «To‘g ‘rilik-boylik» kabi
ertaklarning so‘nggida doimo to‘g‘rilik, halollik, rostgo‘ylik g ‘olib
chiqadi.
Xalq pedagogikasida kamtarlik hamisha ardoqlanadi, maqtan-
choqlik esa qoralanadi. Buni quyidagi maqollarda ko‘rish mumkin:
-Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma.
- G ’ururlik g ‘urbatga solar.
- Kamtarga - kamol, manmanga - zavol.
-M anmanlik - xudo urganlik.
Haqiqiy kamtar kishilar sahiy va sahovatli bo‘la olishi ham xalq
og‘zaki ijodida o ‘z aksini topgan. Insonning saxiy yoki baxil bo‘lishi
dastavval oilada aka-uka, opa-singil munosabatlarida shakllanadi va
rivojlanadi. Buni quyidagi maqollarda ko‘rish mumkin:
-Saxiy topsa barcha yer, baxil topsa bosib yer.
-Saxiy bilan xasis bir quduqdan suv ichmas.
Xalq pedagogikasida «yaxshi kishilar» hamma oliyjanob insoniy
fazilatlami o ‘zida mujassamlashtirgan kishilar, «yomon kishilar» ana
shu fazilatlardan mahrum bo‘lgan kishilar ekanligi haqida ham qator
misollami topish mumkin:
- Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod.
-Yaxshi bilan bo'lsang yo‘ldosh, og‘ir ishingga qo'ldosh.
42
- Yomonga boMsang yoMdosh, tegar boshingga oxiri tosh.
Muxtasar qilib aytganda, yaxshi insonlarga xos fazilatlaming
sanog‘i ko‘p, unga xalq og‘zaki ijodida keltirilgan namunalar ham
behisobligi bois xalq pedagogikasida xalq og‘zaki ijodining o ‘rni va
ahamiyati beqiyosdir. Shu sababli ham m a’naviyatimiz, madaniyati-
mizning bebaho boyligi b oim ish xalq og‘zaki ijodi namunalarini
yanada chuqurrok o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ming yillik madaniyatimiz tarixida xalqimiz badiiy tafakkurining
mahsuli sifatida yuzaga kelgan nafis so‘z san’ati durdonalari behisob.
Ana shu ma’naviy namunalarni o ‘zida mujassam etgan badiiy og‘zaki
ijod turlaridan biri eposdir. Epos mazkur xalq haqidagi barcha ma’lu-
motlarni qomusiy qamrab oluvchi janrdir. «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonun-
da yosh avlodni ma’naviy, jismoniy barkamol qilib tarbiyalashda qadi-
miy, milliy qadriyatlarning o ‘rni alohida ta’kidlangan. Bu qadriyatlar-
ning tarkibiy qismi bo‘!gan dostonlar yoshlarga insoniy fazilatiarni sing-
dirishda, ularni komil inson qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodida dostonlar avlodlar dunyoqarashi va
pedagogika olamining ko‘zgusi bo‘lib, komil insonni tarbiyalashda
o ‘ziga xos bebaho qadriyatlardan biri hisoblanadi. Zero, xalq dostonlari
qahramonlarining sarguzashtlari, ulaming qiyinchiliklarni yengib, har
jihatdan chiniqib borishi har bir yosh uchun ibratdir. Dostonlar xalqning
o ‘zligini, tilini, urf-odatlarini, qadriyat va an’analarini ifodalab beruvchi
ko‘zgu ekanligini yuqorida ta’kidladik. Xalq donishmandligi ruhi bilan
sug‘orilgan dostonlami chuqur va atroflicha o ‘rganish esa yosh
avlodning m a’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi.
«Doston» so‘zi qissa, hikoya, shonu shuhrat, sarguzasht, ta’rif va
maqtov m a’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida yirik hajmli epik
asar nazarda tutiladi. Dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalar yakka
shaxs - favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan xalq idealidagi bahodir
atrofiga birlashtiriladi. Badiiy adabiyotda asosan ikki usulda yaratilgan
dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og‘zaki ijodida baxshilar
tomonidan og‘zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar bo‘lsa, ikkinchisi,
yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlardir. Masalan.
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar, «Malikai ayyor»,
«Ravshan», «Kuntug‘mish», «Rustamxon» kabilar og‘zaki doston
namunalaridir. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig». Haydar
Xorazmiyning «Gul va Navro‘z», A.Navoiyning «Hayratul abror»,
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asarlari esa yozma
adabiyotdagi dostonlar hisoblanadi. O g‘zaki ijoddagi dostonlami
43
baxshilar kuylaydilar. Qadimda «Baxshi» so‘zi xalqona usullar bilan
bemorni davolovchi «tabib», ayrim hududlarda «ustoz» m a’nolarini
anglatgan. Bugungi kunda «xalq dostonlarini kuylaydigan san’atkor»
ma’nosini bildiradi. Dostonlar ham she’riy, ham nasriy parchalardan
iborat bo‘lib, baxshi soz chertganda sozanda, she’riy parchalarni kuyga
solib aytganda xonandaga aylanadi. Ijrochi baxshilar do‘mbira, tor,
dutor chalib, qo‘biz chertib doston aytganlar. Shu bois dostonchilik
kechalari tinglovchilar uchun katta bayram bo‘lgan. Bunday kechalarda
odamlar
o ‘rtasidagi
hamma
ginaxonliklar
unutilgan,
turmush
tashvishlari chekingan. Folklorshunoslar tomonidan
Fozil YoMdosh
o 'g 'li, Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li, Islom shoir, Po'lkan shoir, Amat
baxshi, Murod baxshi, Qurbannazar Abdullaev (Bola baxshi) kabi
o ‘zbek xalq baxshilaridan 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq)
dostonlar yozib olingan boMib, ularning ko‘pchiligi alohida-alohida
kitoblar sifatida nashr etilgan. Dostonlar mazmuniga ko‘ra qahramonlik,
jangnoma, romantik, tarixiy, kitobiy kabi bir necha turlarga tavsiflanadi.
Dostonlarda
ezgulik,
ozodlik,
vatanparvarlik,
xalqparvarlik,
qahramonlik kabi insoniy g'oyalar mislsiz mahorat bilan tarannum
etilgan va insonni hamisha m a’naviy kamolot sari yetaklagan.
Ana shunday umrboqiy asarlardan biri «Alpomish» dostonidir. 0 ‘n
asrki bu doston nafaqat xalq tilida balki xalq dilida yashab keladi.
Filolog M .Qo'shmoqovning yozishicha: «Alpomish alp bo‘lgani uchun
ming yillar davomida xalq yuragida o ‘lmay yashab keladimi? Aslo!
Alplik Alpomish obrazining bir qirrasi, xolos. Alpomish aslida
m a’naviyat qahramonidir. U vatan mustaqilligi, xalqning m a’naviy birli-
gi uchun ozodlik, ezgulik, tinchlik uchun kurashgan qahram on... M a’na
viyat qahramoni bo‘lgani tufayli ham u xalqning ideal qahramoniga
aylandi. Shuning uchun o ‘zbek xalqi o ‘z tarixining eng qora kunlarida
ham Alpomishni yuragida saqladi, undan madad oldi. Undan ibrat qilib
Alpomish o ‘g ‘illami, Barchin qizlami voyaga yetkazdi».15
«Alpomish» dostonida ishq - muhabbat, jang lavhalari, tarixiy
ma’lumotlar bor, m a’lum sabab bilan ajralib ketgan xalqni birlashtirish
yo‘lida xizmat ko‘rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni
birlashtirish maqsadidagi safarlari, o ‘zidan son va kuch jihatidan ustun
turgan dushman bilan olishuvlar aks etadi. Dostonda kattalami hurmat
qilish, kichiklami izzat qilish kabi ibratli tarbiyaviy tushunchalar, oilada
farzandlar fikriga quloq solish, ular bilan maslahatlashish, aka-ukaiar
15
K ÿ u iM O K O B M . « H e q a m im c a a c ÿ
3
r a c y B /ia tiH H o k h ô . . . » - T .: F . F y / io M h o m r w h « A a a Ô H C T
Ba c a ia a r » Hauip, 1978.
44
o ‘rtasidagi
munosabatlar ham tasvirlangan. Shuningdek, o ‘zbekning
qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan sovchilarni kutish, mehmon qilish,
ularning hurmatini joyiga qo‘yish, izzatini qilish, shirinso'zlik bilan
muomala qilish kabi axloqiy xislatlar ham o ‘z ifodasini topgan.
Dostondagi qahramonlik jasoratlarini
Barchin obrazida ham
ko‘rishimiz mumkin. Barchin alplarning eng zo‘ri Ko'kaldoshdan olti oy
muhlat so‘raydi, ular ko‘nishadi; o ‘n yigitga o ‘n bedov otni berib xat
yozib Alpomishga jo ‘natadi: «Olti oychalik yo‘lga keldim, qalmoqning
eliga keldim, zo‘r yovning qo‘lida qoldim, olti oylik muhlat oldim,
mendan umidi bo‘lsa, Alpomish kelsin, bo‘lmasa javobimni bersin», -
deydi. Doston yoshlarda yoriga vafodorlik, sadoqatlik kabi xislatlarni
shakllantirishda ham muhim vosita sanaladi.
Dostonda aka-singil o ‘rtasida mehr-oqibat, oila sha’nini himoya
qilish, singilning akaga mehri kabi fazilatk r ham ifodalangan. Alpo-
mishning singlisi Qaldirg‘och «ahmoq qalmoq» elida to ‘qson alpning
orasida talash bo'lib, ular zug'umidan azoblar ichra o ‘rtangan Barchinni
qutqannoqqa shoshilmagan akasidan o‘pkalab, unga so‘z tig‘ini
sanchadi: «Aka, aytgan so‘zim og‘ir olmagin, Nar-moda ishini bunda
qilmagin», - deydi va o ‘sha gaplarni yanada qamchinliroq qilib aytadi:
«Har kim o ‘z elida bekmi, to ‘rami,
Nar - modalar sendan kamroq bo‘lami,
Mardning yori toy talashda qolami?»
Ayni, «nar-moda», y a’ni «erkak-urg‘ochi» so‘zi o ‘zining ta’nador
qudrati bilan yigitning hamiyatini uyg‘otib, Alpomishni Boychiborga
mindiradi, Barchinni ozod qilishga otlanib, shijoat bilan yelib boradi:
«Dubulg‘a boshda dungullab,
Kark qubba qalqon qarqillab,
Tilla poyanak urilgan
0 ‘zanglarga sharqillab,
Bedov otlari dirkillab,
O lg'ir qushdayin charqillab,
QoMda nayzasi so‘lqillab,
Yurmoqchi uzoq yo'liga,
Qaramay o ‘ngu soiiga,
Yetsam deb yorning eliga
Siltab yuradi Boychibor...
Yo‘l yurar davlatli shunqor...»
45
Alpomish Qalmoqshox yurtiga borib, Qorajon bilan do‘st tutinadi, u
Alpomish nomidan
Barchinoyga sovchi bo‘lib boradi
va shunday
deydi:
-
«Qani, Barchin, Alpomish bo‘lsa keldi, alplarning muhlati bo‘lsa
bitib qoldi, sen nima javob aytasan?» Barchin aytadi: «Alpomish kelsa
kelibdi-da, Alpomish keldi deb, men Alpomishning etagidan ushlab
keta berayinmi? Bu alplar ham umid bilan olti oyga muhlat bergan. Har
kim maydonga ot soladi. Mening to‘rt shartim bor, shu shartimni bajar-
gan kishiga tegaman. Xohi Alpomish qilib olsin, xohi Qalmoqlarning
biri qilib olsin. Shu so‘zimni xon to'ram ga aytib bor», - deydi.
Barchin qanchalik Alpomishni sevsa ham, lekin o ‘zbekona hayo
bilan hamma qatori shartni bajarishini, ya’ni odillikni talab qiladi.
Dostondagi bu parcha qizlarimizni iboli, hayoli, oqila, or-nomusli qilib
tarbiyalashda juda ahamiyatlidir.
Barchin alplarga to‘rtta shart qo'yadi: «Poyga qilaman, otini
o ‘zdirganga tegaman, kurashda alplarning barini yiqqanga tegaman, yoy
tortishsa yoyi sinmay qolganga tegaman, ming qadamda tanga pulni
urgan qarag‘ay merganga tegaman»,- deydi. Dostondagi qahramonlik
jasoratlari mana shu to'rtda shartni bajarishda o ‘z ifodasini topadi.
«Alpomish» dostoni o ‘zbek xalqining sevikli dostoni bo‘lgani bejiz
emas. Undagi voqealar hayotiyligi va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi,
mardlik, fidoiylik, samimiyat, to ‘g ‘rilik, hamiyatlilik, do‘stga sodiqlik,
yorga vafodorlik, vatanparvarlik va mehnatsevarlik kabi insoniy
fazilatlardan iborat bo‘lgan o ‘zbek milliy ruhiyati yaqqol ko'rinadi.
Shu bois ham «Alpomish»
dostonining 1000 yilligi 1999 yilda
Termiz shahrida keng nishonlandi. Zero, «Turkiy tarixning eng chuqur
qatlamlaridan ibtido olgan bu doston o'zbekning o ‘lmas so‘zi timsoli
sifatida munavvarlik olib kiradi. Chinakam xalq so'zining umri
boqiydir.» 16
Xalq dostonlarining juda katta qismi sevgi sarguzashtlarini
tasvirlashga bag‘ishlanadi. Ishqiy-rom antik dostonlarda voqea tuguni
oshiqning m a’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Masalan,
«Ravshan» dostonida Ravshan Zulxumorni uzukda ko‘rib qoladi.
«Kuntug‘mish»da Holbeka yigitni tushida
ko'radi, Kuntug‘mish
qizning suratiga oshiq bo'lib qoladi, ya’ni bir-birini ko‘rmagan odamlar
o ‘rtasida g ‘oyibdan sevgi paydo bo‘ladi. Sof sevgi esa hamisha odamni
qaxramonlikka, jasurlikka, jasoratga undaydi.
16 H.MaxMvflOB. T
hji
T.: E3yBMH,1998. 37-6.
46
«Zevarxon» dostonida Zevar va Malikai Xubon o ‘rtasidagi chuqur
insoniy munosabatlar, visol va xijron, vafo va sadoqat, do'stlik taran-
num etiladi.
«Kuntug‘mish»
dostonida
yoshlarni
kasb-hunar
o ‘rganishga
undovchi misralar behisob. Qilichxon laqabli podshoning Kuntug‘mish
degan yolg‘iz o ‘g‘li bo‘lib, o ‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar
o‘rganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. 0 ‘n to ‘rt yoshdan keyin esa
qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohilik
hunarlarini o ‘rganadi, bar tomonlama komil shahzoda bo‘lib yetishadi.
«Ravshan» dostoni ham ishqiy - sarguzasht dostondir. Bu doston
ham «Go‘ro‘g ‘li» turkumiga mansub, «Ravshan» pok va samimiy
muhabbatini kuylovchi, maqsadga erishish yo‘lida mardlik va botirlikni
ulugMovchi, zulm va adolatsizlikni qoralovchi asardir.
«Malikai ayyor» dostoni ham «Go‘ro‘g ‘li» turkumiga kiradigan
dostonlardan biri. Unua muhabbat hangomalari va ishqiy sarguzashtlar
serob. Dostonda or-nomus, iymon-e’tiqod, insoniy iroda, chidam,
topqirlik singari ezgu ma’naviy sifatlar tasvirlanadi. 0 ‘zbek yigitlariga
xos eng olijanob fazilatlar Avaz timsolida aks etgan. Dostonda xalq
maqol, matal va qo‘shiqlaridan juda keng foydalanilgan.
«Oysuluv»
dostonidagi
Oysuluv
o ‘zbek
xotin-qizlarining
umumlashma
obrazidir. Uning hozirgi zamon xotin-qizlariga ibrat
boiuvchi go‘zal xislatlari juda ko‘p. Masalan, Oysuluv o ‘g ‘lining
zindonband bo'lganini eshitib esankirab qolmaydi, balki sabr-toqat qilib,
mulohaza bilan ish ko‘radi, qo‘rqmay Eron elchilariga qarata: «Men
Turon mamalakatimni, elu-xalqimni unga bermayman!» deb xitob
qiladi.
Ko'rib turganimizdek, dostonlar yigitlarimizni mardlikka, jasur-
likka, mehnatsevarlikka chorlaydi. Shuningdek, do‘stga vafodorlik, aka-
uka o ‘rtasidagi mehribonlik, ota-onaga g‘amxo‘r bo'lishga o ‘rgatadi.
Masalan. aka-uka o‘rtasidagi mehribonlik «Kuntug‘mish» dostonida
Gurkiboy va Mohiboy
obrazlarida, do‘stlar o'rtasidagi sadoqatlik
«Zevarxon» dostonida Zevarxon va Xasanxon, «Alpomish» dostonida
Alpomish va Qorajon obrazlarida tasvirlangan.
Dostonlar xalqimizning o ‘ziga xos badiiy tarixi bo‘lib, tarixiy-
madaniy ahamiyati tengsizdir. Ularda xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan
orzu-umidlari, kelajak haqidagi o‘y-fikrlari mujassamlashgan. Xalq
dostonlari milliy iftixor va o ‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik, o‘zaro
ishonch, do‘stlik tuyg‘ularini tarbiyalashda juda katta g'oyaviy-estetik
vazifani o ‘taydi.
47
Shuningdek, dostonlarda ko‘plab hikmatli so‘z va maqollarni
uchratish mumkin. Masalan: «G'aribning ko‘nglini ovlamoq savob»,
«Qilichdan seskanmas botirning tani», «Kamlikning kamoli bordir,
manmanning savoli bordir», «Yaxshilarning yuzin ko'rsang jannatdir,
yomon odam qilgan ishi minnatdir», « 0 ‘zingdan kattani uchratsang pir
bil, o ‘zingni er bilsang, birovni sher bil» kabilar shular jumlasidandir.
Xususan, «Alpomish» dostonida xalq donoligining durdonalari —
hikmatli so‘zlar juda serob. Ularni xalqimiz boshidan o ‘tkazgan
tajribalar asosida yuzaga kelgan xulosalar, desak adashmaymiz:
- «Kuchuk bosmas yoMbars-sherning izini,
Esi bor biladi gapning tuzini».
- «To
0
‘lguncha so‘ylab qolgan til bo‘lsin,
G ‘animning shavkati kuyib kul bo‘lsin».
- «Dam shu damdir, o ‘zga damni dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema».
- «Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga».
- «Sozandalar sozin chertar qo‘l bilan,
Yomon odam kuydiradi til bilan».
- Shahar vayron bo‘lsa sulton tebranar,
Mol borida hamma odam do‘st edi,
Boshdan davlat qaytsa tuqqan emranar.»
Dostonlar mavzusiga singdirilgan yuqoridagi kabi maqollar va hik
matli so‘zlarning axloqiy tarbiyadagi ahamiyati cheksizdir. Ishqiy -ro -
mantik dostonlar yoshlarni sevgida vafodor, do‘stga sadoqatli qilib tar-
biyalasa, qaxramonlik va jangnoma dostonlar yoshlarda insonparvarlik,
vatanparvarlik kabi chin insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat
qiladi.
G o‘zal xulq, mukammal m a’naviy - axloqiy fazilatlarni har bir
insonda mujassam bo‘lishi ta’lim- tarbiyaga bog‘liq. Shu bois yuksak
ma’naviy axloqli yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining boshqa
manbalari qatori dostonlarning tarbiyaviy ahamiyatini ta’lim -tarbiya
jarayoniga singdirishimiz lozim.
Xalq dostonlarida milliy an’analar, urf-odatlar, insoniy qadriyatlar
doim ijobiy obrazlar, xatti-harakatlar bilan bog'lab tasvirlanadi, ular
timsolida adolatparvaiiik, rostgo‘ylik, mardlik, insonga mehr-muhabbat
bilan qarash, halollik, vafodorlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi,
do‘stlik va samimiyat kabi xislatlar,
melinat tarbiyasi, jismoniy
48
kamolot, aqliy va axloqiy sifatlar ulugManadi. Dostondagi ijobiy
qahramonlarni xalq o ‘z donishmandlariga aylantirgan.
Demak, xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida, jumladan doston-
larda ilgari surilgan muhim g ‘oyalar, ijobiy qahramonlar timsolida mu-
jassamlashgan insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlar hozirgi yosh avlodni
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi ishonch-e’tiqodlar,
urf-odatlar, udumlar mohiyatini kelajak avlodga yetkazishning eng sa-
marali yo ‘li ham xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish-
dan iboratdir. Zero, bu durdonalar turli ramziy obrazlar orqali o ‘tmishi-
miz bilan hozirimizni bir-biri bilan chambarchas bog‘lab turadi, yosh-
larga estetik zavq va did bag‘ishlashdan tashqari axloqiy shuurini ham
uyg‘otadi.
Dostları ilə paylaş: |