Inklyuziv ta’lim nima?
Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi?
O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis senatining Fan, ta’lim
va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi Oybek Isoqov qonun
loyihasida inklyuziv ta’limga ta’rif berishdan boshlash kerakligini ta’kidladi.
U quyidagi ta’rifni qonunga kiritishni taklif qiladi:
•“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari
va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim
muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.
•
20-modda. Inklyuziv ta’lim
• Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga
qaratilgan.
• Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar)
uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.Inklyuziv ta’limni
tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
|