“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#92956
1   2   3   4
145-148

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-2, December - 2022
 
147 
tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar 
quyidagilar hisoblanadi:
- tovar va xizmatlarning (uzum, shakar va shu kabilar) mavsum davomida narxi 
keskin o‘zgarishi;
-tovar va xizmatlarning (masalan, import tovarlari) narx-navosi qisqa 
muddatlarda tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi; 
- davlat tomonidan narx-navosi o‘rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim tovar 
va xizmatlar (masalan, bug‘doy, paxta yog‘i)ning inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishi.
Ochiq bozor operatsiyalari. Bunday operatsiyalar deganda nimani nazarda 
tutamiz? Inglizcha ochiq bozordagi operatsiyalar “ Open market operations” jahon 
amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib
mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. 
Bunda, Markaziy bank oʼz mablagʼlari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qogʼozlarni 
sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda 
katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qogʼozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi 
operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (АQSh, Аngliya, Germaniya, 
Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining 
nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali 
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo'lib, ushbu amaliyot bugungi 
kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham 
pul mablag'lariga bo'lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng 
muhim dastakka aylandi. Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog’ozlarni xarid 
qilish, ya’ni sotib olish orqali bank tizimi likvidligi miqdori oshiradi.Aksincha, 
qimmatli qog’ozlar sotish esa teskari tasirga ega bo’lib, bu tijorat banklari likvidligini 
qisqarishiga olib keladi. Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari 
o’rtasida kechadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi haqida gaplashadigan bo’lsak, asosiy stavka 
darajasi Markaziy bankboshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va 
kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda 
belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy 
stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy 
stavkani pasaytiradi. Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy 
tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan 
depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu 
esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul 
mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul 
bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib keladi. 
Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin