“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 140 Mintaqada xususiy tadbirkorlikni samarali rivojlantirish siyosati undagi bandlik
holatidan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo’nalishlar doirasida amalga oshirilishi
mumkin:
mintaqa shart-sharoitlaridan kelib chiqib, xususiy tadbirkorlik sohasida yangi
ish o’rinlarini yaratishga keng e’tibor qaratilish
xususiy tadbirkorlik sohasida o’qitish va qayta tayyorlashni keng yo’lga
qo’yish;
axborot-maslahat xizmati ko’rsatish;
aholini tadbirkorlikda band qilishga oid mahalliy tashabbuslarni
qo’llabquvvatlash;
aholining harakatchanligining, shu jumladan, tarmoq va tarmoqlararo
harakatni jonlashtirish;
vaqtinchalik ishlar tizimini tashkil etish;
tashqi migrasiyani rag’batlantirish va boshqalar.
Bu esa yaqin kelajakda mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish asosida aholi bandligini oshirishga hamda ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash borasida aniq yo’naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga
oshirish bo’yicha maqsadli mintaqaviy dasturlarni hayotga tadbiq etishga katta e’tibor
qaratilishi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining negiziga aylanishini bildiradi.
Ish bilan bandlik siyosati mamlakat rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining
tarkibiy qismi sifatida mehnat potensialidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi
bo‘yicha ish bilan bandlik muammolarini echishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning
o‘tish davriga muvofiq, ish bilan bandlik siyosati ish kuchini tarmoqlar va ish bilan
bandlik ko‘rinishi bo‘yicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish bilan
bandlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilishi zarur. Bizga ma’lumki, mehnat bozorini
tartibga solish siyosati quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi: – ishchi
kuchiga talab va taklif o‘rtasida muvozanatga erishish; – ishsizlarni mehnatga
yo‘naltirishni rag‘batlantirish; – ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning ish izlashda
kasbiy harakatchanligini oshirish; ish izlayotgan har bir kishini ish bilan ta’minlamoq.
Mamlakat miqyosida ish bilan bandlik siyosati doirasida ish bilan bandlikka
ko‘maklashish ikki yo‘nalishda, ya’ni passiv va faol ish bilan bandlik siyosati
ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlikning passiv siyosati davlat ish bilan
bandlik xizmati orqali ishsizlarga nafaqalar to‘lash, ishsizlarni kasblarga qayta o‘qitish
va jamoat ishlarini tashkil etish kabi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Ish bilan bandlik
siyosatining bu varianti davlatning amalga oshiradigan joriy xarajatlari nuqtai-
nazaridan bir muncha tejamlidir. Biroq, ish bilan bandlikning passiv siyosati
iqtisodiyotning yuksalishi davrida mehnat bozorining yuqori egiluvchanligi va ishchi
kuchining kasbiy harakatchanligi, iqtisodiyotning istiqbolli mustaqil ish izlash uchun
bir muncha keng shart-sharoitlari mavjud bo‘lgandagina o‘zini oqlashi mumkin.