“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 141 Qolgan holatlarda passiv siyosat ishsizlik uzoq muddat davom etishini qisqartirish, ish
bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan bandligini rag‘batlantirishni kuchaytirish omili
bo‘lib hisoblanadi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning miqdorini va ularni to‘lash
shartlarini belgilashda bozor iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida ikki xil
yondashish vujudga kelgan.
Birinchisi, o‘zining ixtiyorisiz ishdan bo‘shatilgan xodimning turmush
darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bu holda ishsizlik
bo‘yicha nafaqalar oldingi ish haqlarini hisobga olish bilan hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi yondashish, har xil sabablar bilan umuman ishlamayotganlar yoki
ishga yollanishda jiddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganlarda yashash uchun
boshqa vositalar mavjudligini tekshirish bilan yoki tekshirmasdan yashash
minimumini ta’minlashdan iboratdir. Ishsizlik bo‘yicha ishsizlarga moddiy yordam
ko‘rsatishda sug‘urtalash tizimlari asosiy tizimlardan biri hisoblanadi. Ular bozor
iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning mutloq ko‘pchiligida mavjud. O‘zbekiston
Respublikasining “Aholi ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi” Qonun bilan ish haqining
eng kam miqdori darajasidagi yoki ishlashning keyingi yillarida olingan o‘rtacha ish
haqiga foizli nisbatda nafaqa to‘lash ko‘zda tutilgan. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni
to‘lash, moddiy yoki boshqa yordamni ko‘rsatish uchun ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlarda sug‘urta fondlari tashkil qilinadi.
O‘zbekistonda bu – respublika aholini ish bilan ta’minlash Davlat
jamg‘armasidir. Bu jamg‘arma asosan korxonalar va xodimlarning o‘zlari hamda
yuridik
shaxslarni
tashkil
qilmagan
tadbirkorlarning
badallari
hisobiga
shakllantiriladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqaning miqdori yo ish haqiga nisbatan foizlarda
yoki qat’iy miqdorlarda belgilanadi. O‘rtacha nafaqa o‘rtacha ish haqining 50–60 %ini
tashkil qiladi. Nafaqaning miqdori ish qidirishda muhim undovchi rolni yoki
buzg‘unchi rolni o‘ynash mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, agar xodim ishsiz
bo‘lib qolganda o‘z daromadining faqat kichik qismini yo‘qotsa, u nafaqalar to‘lash
muddatini tugashini kutgan holda, ish qidirishni cho‘zib yuborishi mumkin. Davlat ish
bilan bandlik siyosatini ancha samarali va maqbul yo‘nalishi – faol ish bilan bandlik
siyosati bo‘lib, ishchi kuchiga talabni oshirish maqsadida davlat ish bilan bandlik
jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ish joylarini yaratish, korxonalarga qo‘shimcha ish
joylarini yaratish maqsadida kreditlar berish yo‘li bilan iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashdan iborat.
O’zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:
erkin mehnat resurslari, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi
mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda bo’shatiladigan
shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish, mulkchilikning yangi
shakllari paydo bo’lishi;