“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023 143 yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O’z biznesini boshlamoqchi
bo’lgan tadbtrkor uchun ma’lum miqdorida mablag’ kerak bo’ladi. Demak,
tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab
etiladi.
Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat
salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan
o’zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko’maklashish markazlari
hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o’rinlarini
yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqarish
va amalga oshirishlari zarur. Aholi ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida
tadbirkorlikni barcha sohalarini rivojlantirish, asosiy e’tiborni kichik biznes va
xususiy korxonalarni rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish
imkoniyatlari yaratiladi.
Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga
qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi:
xodim kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va
mehnat faoliyatini o’zgartirish imkoniyatlaridir.
Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatga yengib chiqishning asosiy omillaridan biri
makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan
oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan samarali
foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar
o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga, ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga
yarasha ish bilan bad-barobar ta’min etilishiga bog’liqdir.