PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
277
SHunday qilib, o‘quvchilar badiiy matnlarni o‘qish jarayonida so‘zlarning
birikuvchanlik xususiyatini ham bilib oladi. Bu esa o‘quvchilar nutqining mantiqan
to‘g‘ri va aniq tuzilishini ta`minlaydi.
4. O‘qish kitobidagi badiiy matnlarda ancha-muncha iboralar ham uchraydi.
Misol tariqasida badiiy matnlardan olingan tariqasida
quyidagi jumlalarni olib
qaraymiz:
Ko‘zimiz ochilib, bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik.(S.Barnoev,
Mangulikka tatigulik kun)
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech erga tegmasin kuraging. (A. Oripov, Iqboli buyuksan)
Bu parchalarda
ko‘zi ochilmoq, suyagi qotmoq, kuragi erga tegmoq kabi iboralar
qo‘llangan. O‘qituvchi o‘qish darslarida iboralar ma`nosini
izohlash bilan
kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida gap ham tuzdirsa,
yanada maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bu holda o‘quvchilarda iboradan o‘z nutqida foydalanish
ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Iboradan foydalanish esa o‘quvchilar
nutqini obrazli va
ta`sirchan qiladi.
5. O‘qish kitobi darsliklariga maqollar ham kiritilgan. Ma`lumki, maqol
nutqimizning ko‘rki bo‘lib, fikrni lo‘nda, obrazli va asosli ifodalash vositasidir.
O‘qish darslarida maqollar ma`nosini izohlash bilan birga ma`lum bir xalq maqolini
uning boshqa varianti bilan almashtirish, nutq sharoitidan kelib chiqib uning mosini
qo‘llash kabi amaliy ishlar bolalar nutqining rivojlanishiga samarali ta`sir ko‘rsatadi.
6. O‘qish kitobi darsliklariga kiritilgan badiiy va ilmiy ommabop matnlarni
o‘qib o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilar badiiy va ilmiy nutq uslublarining o‘ziga
xos xususiyatini bilib oladi. Bu matnlar vositasida o‘quvchiga
badiiiy va ilmiy
uslubda matn tuzishni o‘rgatish mumkin. Buning uchun ularga o‘qish kitobidagi
badiiy va ilmiy ommabop matnlar mavzusida ko‘proq bayon va insho yozdirib turish
lozim.
Xulosa
qilib aytganda, o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish
uchun turli-tuman imkoniyatlar mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu
imkoniyatlardan samarali foydalanishi lozim.