Pedogogik mahorat


Didaktik tarqatma materiallar - o’quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiya



Yüklə 61,54 Kb.
səhifə2/8
tarix27.08.2023
ölçüsü61,54 Kb.
#140772
1   2   3   4   5   6   7   8
Педагогика

Didaktik tarqatma materiallar - o’quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiya
Didaktika (qadimgi yunonchaδιδακτικόςdidaktikos — „oʻrgatuvchi“, „taʼlim beruvchi“) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. „Didaktika“ atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy oʻzining „Buyuk didaktika“ asarida (1657) bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg oʻzining „Nemis oʻqituvchilarini oʻqitish uchun yoʻriqnoma“ (1834—35) asarida didaktikaning pedagogikada taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-yuzyillikning soʻngi va 20-yuzyillikning boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yaratila boshlandi.
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.

Yüklə 61,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin