Persanalnining mexnatga qiziqishini oshirish


Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalari



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2022
ölçüsü33,76 Kb.
#60938
1   2   3   4   5   6
PERSANALNINING MEXNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH

Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalari ehtiyoj deb nomlanuvchi, insonlarni boshqacha emas, balki xuddi shunday harakat qilishga undaydigan ichki qiziqishlarni aniqlashga asoslangan. Ushbu guruhga Abraxam Maslou, Devid Mak-Klelland va Frederik Gertsberg, Skinner Bernard nazariyalari taalluqlidir.
Jarayon bo’yicha qiziqtirish nazariyalari zamonaviyroq bo’lib, inson faoliyati modellariga asoslanadi (kutish nazariyasi. adolat nazariyasi va Porter-Louler qiziqtirish modeli).
Ushbu ikki guruh nazariyalari bir-birini istisno etmaydi, balki o’z muayyan qo’llanish sohalariga egalar. Ular mohiyatini chuqurroq anglash uchun tagzamin tushunchalar - ehtiyoj va rag’batlantirishning mohiyatini bilish kerak bo’ladi.
Ehtiyojlarni ushlab ko’rish yoki o’lchash mumkin emas. Ular to’g’risida insonlarning xatti-harakatlari orqali tasavvur hosil qilish mumkin. Ehtiyojlar faoliyat uchun qiziqish uyg’otadi.
Insonlarning xatti-harakatlari va ular bu xatti-harakatlarini uyg’otuvchi qiziqishlarni turli modellarda keltirish mumkin. Ulardan biri 9.3-rasmda tasvirlangan.

Qiziqtirish nazariyasida rag’batlantirish - inson o’zi uchun qimmatli hisoblagan hamma narsa muhim hisoblanadi. Insonlarda qimmatlilik tushunchasi turlicha, shuning uchun rag’batlantirishni baholash ham ularda bir-birlarinikidan farklanadi. Rag’batlantirishning ikki turi mavjud:
Ichki rag’batlantirishni ishning o’zi beradi. Bunga mehnat jarayonidan qoniqish hosil qilish hissi, ko’zlangan natija yoki maqsadga erishish, mehnatning ijtimoiy ahamiyatini anglash va shu asosda o’z-o’zidan g’ururlanish kiradi. Ish jarayonida xodim o’z ehtiyojini o’zi kabilar, ya’ni boshqa kishilar bilan munosabatda bo’lish orqali qondiradi.
Tashqi rag’batlantirish korxona, tashkilot tomonidan beriladi. Ish haqi, martabaning yuqorilashuvi, hamkasblar, rahbarlar tomonidan bildiriladigan maqtovlar va e’tiroflar, qo’shimcha to’lovlar, qo’shimcha ta’tillar, xizmat avtomobili, mukofotlar - shular sirasiga kiradi.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin