Personal kompyuter bilan ishlaщda texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 15,24 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2022
ölçüsü15,24 Kb.
#57559
  1   2
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Personal kompyuter bilan ishlaщda texnika xavfsizligi qoidalari

Kompyuter sinflarida texnika xavfsizligi elektr xavfsizligi bilan bog’liq. Ko’pchilik kompyuterlar uch tarmoqli yoki ikki tarmoqli vilka bilan ta’minlangan. Uchinichi tarmoq esa «yer»ga ulash vazifasini bajaradi. Belgilangan talablarga mos holda jihozlangan kompyuter siflarida yer bilan ulash tizimi tegishli talablar asosida bajariladi va lentasimon metal bilan yerga ulanish. Ko’p hollarda yer bilan noto’g’ri biriktirilgan tarmoqlarda statik ulanish sodir bo’ladi va kompyuter korpusidan tok uradi. Juda ko’p hollarda bu hodisa natijasida kompyuterning tarmoq uskunasi ishdan chiqadi. Kompyuter sinflarida nafaqat elektr xavfsizligi balki xodimlarning xavfsizligini ta’minlash muhim hisoblanadi


Personal kompyuterlar bilan ishlashda elektromagnit va ionlashgan nurlardan himoyalash, ko’rish qobiliyatini xavfsizligini ta’minlash mavjud. Zo’riqishlarni kamaytirish eng asosiy umuminsoniy vazifalardan biridir. Ayniqsa, texnikani holatiga e’tibr berish, u bilan muloqatda belgilangan talablarga rioya qilish asosiy vazifalardan biridir.

Kompyuter bilan ishlashda tizim bloki iloji boricha kam o’chirish tavsiya etiladi. Ish boshida va oxirida bu talabga rioya qilmaslik ekranni ishdan chiqarishga olib keladi. Shu sababli, bu ishni bajarish maxsus o’chirish rejimi orqali olib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Juda ko’p hollarda monitor va ta’minot bloki alohida ulanishi sababli birga o’chirishni iloji bo’lmaydi. Bu holatda esa avvallo monitor, keyin esa tizim bloki o’chirilishi kerak. Ulash esa, teskari ketma-ketlikda olib borilishi tavsiya etiladi.

Ma’lumki, monitor ekrani oynalik, shu sababli sinuvchan hisoblanadi. Demak, ekran bilan muloqatda ehtiyotkorlik darkor. Turli suyuqliklarni ekranni orqa qismiga to’kilishini oldini olish ayniqsa muhim. Bu kabi holatlar simlarni ishdan chiqishiga va yong’inga sabab bo’lishi tasdiqlangan. Turli ionlashgan nurlardan himoyalash tizimi faqat ekran orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, boshqa qismlardan chiqadigan nurlar foydalanuvchilar uchun xavfli hisoblanadi. Demak, yon tomonidan ko’rib katta miqdorda zararli ta’sirlarga uchrash mumkin.

Klavriatura bilan ishlashda qo’yildagi qoidalarga amal qilish kerak.

1). Klavriaturani qattiq bosmaslik talab etilmaydi. Bu esa tez ishdan chiqish manbaidir.

2). Klavish ustida suyuqlik ichmaslik lozim. Tukilishi qisqa tutashuvga sabab bo’ladi.

3). Klavriatura ustida semechka, ushoq to’kmaslik talab etiladi. Klavishlarni yerostiga kirgan noma’lum narsalar uning ish faoliyatini buzadi.

4). Agar himoya paneli mavjud bo’lsa, doimiy ravishda foydalanish zarur.



Shovqin

Ma’lumki, turli darajadagi va kattalikdagi shovqinlar organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi va uni qobiliyatini pasayishiga sabab bo’ladi. Shovqin sharoitida ishlashda insonlarda jizzakilik, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, xotira susayishi, ishtaha bug’ilishi, quloqda og’riq va boshqalar kuzatiladi. Quyidagi jadvalda keltirilgan. Shovqinning og’irlik darajasi ko’p jihatdan ishning kuchlanganlik darajasiga bog’liq. Demak, kuchlanish kata bo’lsa, xavf darajasi kata bo’lishi kuzatiladi.



Yüklə 15,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin