Personalni boshqarish


II BOB. KORXONA VA UNING PERSONALI



Yüklə 159,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix07.10.2023
ölçüsü159,13 Kb.
#152814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2. KORXONA VA UNING PERSONALI

II BOB. KORXONA VA UNING PERSONALI 
 
2.1. Korxonalar va ularning turlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Korxonalar 
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga muvofiq: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik 
huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-
mulkdan foydalanish asosida mahsulotni ishlab chiqaradigan, 
sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat 
ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining 
huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini 
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona 
deb ataladi”.
1
Korxona faoliyati maqsadlari o‘z mahsulotlari ishlari va 
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, shu asosda mehnat jamoasi 
a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mulk 
egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunida 
belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga binoan korxonaning quyidagi turlari 
farqlanadi: 

jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar; 

shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla 
korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo‘jalik jamiyatlari 
va shirkatlariga, jamoat tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda 
jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar; 

aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar 
hamda mulkchilikning turli shakliga mansub to‘liq yoki 
hissador 
yo‘sinda 
ishtirok 
etishga 
asoslangan 
boshqa 
korxonalar. 
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona ishchilar soniga qarab 
kichik yoki o‘rta
korxonalarga
bo‘linadi. 
Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik 
asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarini himoya qilishni 
ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek, 
1
O‘zbekiston Respublikasining korxonalar, ijara, davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, auditorlik faoliyati 
to’g’risidagi qonuni –T.: Adolat. – 2000. - B. 4. 


38 
xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida 
xo‘jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq 
tamoyillari, hududiy yoki boshqa tamoyillar asosida o‘zga 
birlashmalarga uyushishlari mumkin. 
Korxona o‘z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv 
tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi. 
Mulkdor yoki xo‘jalikni yuritish huquqi subyekti korxonani 
bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu 
huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko‘zda tutilgan 
hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa 
idoraga topshirishi mumkin. 

Yüklə 159,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin