Pichoqchilik san’ati



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/6
tarix14.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#74614
1   2   3   4   5   6
Pichoqchilik

XVI asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Fransiyalarda pichoqchilikni kasb sifatida ta’qiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan. XVII asr boshlarida pichoqning ochib yopiladigan, pakki, ustara va boshqa cho’ntakda saqlanadigan pakkilar yuzaga keldi. Arxeologik topilmalardan ma’lumki, O’rta Osiyo territoriyasida million yil avval 2 ming yillikka oid pichoq namunalari topilgan. Bolalik tepa, Afrosiyob, Varaxsha devorlariga ishlangan rasmlardan ma’lum bo’ldiki, pichoq uyro’zg’ordan tashqari harbiy qurol sifatida ishlatilgan. VI—XII asrlarda pichoq yasash rivojlanib uni bezash texnologiyalari o’zgargan.

XV—XVII asrlarda yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xillari paydo bo’ldi. Buni Navoiy, Bobir asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko’rish mumkinL

Keyinchalik pichoqchilikning o’ziga xos maktablari paydo bo’ldi. Farg’ona vodiysi, Samarkand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo’lib, ular o’zining ishlash texnologiyasi, shakli, kattakichikligi va bezaklari bilan farq qilgan.

Hunarmandlar qadimdan birbiri bilan birikib bir mahallada yashaganlar, shuning uchun mahallalarining nomi ko’pchilik qaysi hunar bilan shug’ullansa shu nom bilan yurgizilgan. Masalan, zargarlik bilan shug’ullansa zargarlik (zargaron), misgarlik bilan shug’ullansa misgarlik (misgaron) va hokazo mahallalar deb yuritilgan. Buxoroda «So’fikordgar» qishlog’ining nomi hali ham saqlanib qolgan. U yerda hozir ham pichoqsozlar avlodi yashaydi. O’rta Osiyo territoriyasidagi viloyatlarda bunday mahallalar ko’p bo’lgan. Pichoqdan kesuvchi asbob tariqasida kunda foydalanilsa, qadimda O’rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Pichoqlarni badiiy bezash ham katta rol o’ynagan. Shuning uchun ham Sharq madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o’zlashtirish natijasida Uzbekiston jumhuriyatidagi pichoqsozlar milliy pichoqni san’at darajasiga ko’targanlar. Mashhur venger sayyohi A. Vamberi o’zining ajoyib «O’rta Osiyo bo’ylab sayoqat» asarida Qashqadaryo ning pichoqchiligi haqida bunday deydi: «...bir xillari sifat jixatidan hisorlilarnikidan ustun bo’lmasa ham, ammo, butunlay O’rta Osiyoga tarqalgan bo’lib, xo’jalar tomonidan hatto Eron, Arabiston, Hindistonga olib borilar va o’z mahalliy joyidan ko’ra, chet ellarda pichoqlar 3—4 baravar qimmat sotilar edi. Inqilobdan so’ng hunarmandchilikni rivojlantirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Shular qatori pichoqchilikni yanada rivojlantirish uchun O’zbekistonning turli viloyatlarida artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi. 1932 yilda Chustda «Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Bu yerda pichoqlar ishlab chiqarila boshlandi. 1949 yildan boshlab Artel rayon maishiy xizmat ko’rsatish kombinati deb yuritildi.


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin