Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi


JARAYON MOBAYNID AGI MAʼLUMOTGA ASOSLANGAN



Yüklə 226,15 Kb.
səhifə46/58
tarix21.12.2023
ölçüsü226,15 Kb.
#189056
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Kreativ 2020. indd-www.hozir.org (2)

JARAYON MOBAYNID AGI MAʼLUMOTGA ASOSLANGAN 

QOʻSHIMCHA KOʻRSATKICHLAR (INDIKATORLAR) UCHUN 

IMKONIYATLAR HAMDA DIZAYN 
140. Sinov o‘quvchining gʻoya berish, birovlarning gʻoyasini baholash 
va takomillashtirish borasidagi koʻnikmasi haqida ishonchli koʻrsatkichlar
ishlab chiqishga asosiy eʼtiborni qaratsa ham, ushbu sinovning asosiy 
urgʻusi boʻlmagan boshqa omillar kreativ fikrlash testidagi koʻrsatkichlarga
muayyan darajada taʼsir oʻtkazadi. PISA sinovida kreativ fikrlashni 
baholashga ajratilgan vaqtning chegaralanganligini hisobga olgan holda,
test topshiriqlari kompetentlik modelining alohida jihatlari uchun yetarlicha 
dalil ishlab chiqarishga qodir test materiallarini shakllantirishga urgʻu
berishi zarur edi. Lekin test tuzilishi, shuningdek, kreativ fikrlashdagi 
koʻrsatkichlarning boshqa drayveri va mediatorlarining ahamiyatini ham
inobatga olgan, xususan, ushbu koʻrsatkich naqadar soha va vazifaga 
aloqador bilim va tajribaga bogʻliq ekanligini. Ushbu oʻzgaruvchanliklarning
koʻrsatkichlarga taʼsirini inobatga olish testni baholash, ushbu baholashni 
tahlil etish natijasida hosil boʻlgan dalillar va alal oqibat, baholash
natijalarining foydaliligini qoʻllab-quvvatlaydi.


SOHA VA VAZIFAGA ALO QADOR BILIMNI INOBATGA OLISH
141. Soha va vazifaga aloqador bilim va tajriba kreativ fikrlashning 
muhim zaruriy shartidir. Ijodiy fikrlashning ishonchli va asosli baholash
tizimini yaratish maqsadida, test bandlari o‘quvchilar maktab yoki uning 


59
tashqarisida oʻrganadigan va qiladigan narsalarga aloqador boʻlishi zarur; 


mavjud bilim hech qanday rol oʻynamaydigan, oʻta mavhum vazifalardan
iborat testni yaratish maʼnisiz ish boʻlar edi. Masalan, vazifa ssenariysi 
oʻta murakkab boʻlsa va buning natijasida nima qilishlari kerakligini yoki
nimaga qodir ekanliklarini anglamagan oʻquvchilar ijodiy yondashishdan 
voz kechishlari mumkin.
142. Taʼlim resurslarini test tuzilishiga qoʻshish mavjud bilimning 
koʻrsatkichlarga taʼsirini kamaytirishning yana bir yoʻli boʻlishi mumkin.
Bu qisqa vazifa boshlanishida beriladigan yoʻriqnoma yoki osonlikcha 
foydalanish mumkin boʻlgan yordam funksiyasi shaklini olishi mumkin.
Ustiga-ustak, o‘quvchining ushbu yordamchi funksiya va vositalardan 
foydalanishni kuzatish orqali uning avvalgi bilim va tajribasining darajasi
haqida xulosa qilish mumkin. Masalan, chizish vazifasi mobaynidagi 
kompyuter sichqonchasining harakatlanishidan o‘quvchi sichqonchadan
foydalanish tajribasiga ega emasligini anglash mumkin. Shuningdek, test 
tuzilishi vazifa mavzusida yetarlicha bilimga ega boʻlmagan (masalan,
aylanma elektr toki soʻralgan vazifada elektr toki haqida tayanch tushun-
chaga ega boʻlmaslik) yoki test jihozlari bilan yetarlicha tajribaga ega
boʻlmagan (masalan, oldinlari hech kompyuterda rasm chizmagan) 
o‘quvchilarni aniqlashga qaratilgan savollarni ham inobatga olishi mumkin.

Yüklə 226,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin