Planetalar haqida ma’lumot yer planyetasi.
Yer gruppasidagi planetalar va yo’ldoshlari
Reja:
1. Yer va yer gruppasidagi planetalar haqida ma’lumot
2. Oy yerning tabiiy yuldoshi
3. Planyetalar yo’ldoshlari haqida ma’lumot
YER.
Yer quyoshdan uzoqligi bo’yicha 3-chi o’rinda turadi. Yer guruhidagi sayyoralar ichida eng yirigi. Yer quyosh atrofida syekundiga -30 km tyezlik bilan harakatlanadi va 365,24 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyoramizda 1 yilda to’rt faslning kuzatilishi, yer o’qining orbita tyekisligiga oyamaligi bilan tushuntiriladi. Yer o’z o’qi atrofini 23 soat 56 minut 4 syekundda to’la aylanib chiqadi. Yerning o’rtacha zichligi 1 sm3 ga 5,5 grammga tyeng bo’lib T(yer)=6*1024 kg, uning og’irligi =5 ming 160 trillion tonna kyeladi.
Atmosfyerasi: 21% kislorod, 78 % azot, qolganlarini boshqa gazlar argon karbonat angidrid va suv bug’lari tashkil qiladi.
Yer sirtining 70-71% ini okyeanlar egallaydi. Quruqlik 30%ni tashkil qiladi.
Yerning qattik qatlami litosfyera dyeyilib, bu qismda sayyoramizning asosiy massasi mujassamlashgan.
Yer markazida uning yadrosi joylashgan.
Yadro 2 qismdan tashkil topgan r=1200 km bo’lgan ichki va tashqi ya’ni uning ustida r=2250 km bo’lgan suyuq qismlardan tashkil topgan.
Litosfyeraning qattiq qatlami ham bir jinsli bo’lmay -40 km chuqurlikda kyeskin chyegara borligini ko’rsatadi. Bu chyegaraviy sir kashfiyotchi nomi bilan Moxorovigich sirti dyeb yuritiladi.
Bu sirtdan yuqorisi litosfyera po’stlog’i osti manitiya dyeb yuritiladi.
Harorat yer markaziga tomon ortib boradi. Yer atrofi fazosi gyeomagnit maydoni yer magnitosfyerasi dyeyiladi.
Yerning atrofida uning birgina tabiiy yo’ldoshi oy aylanadi.
OY:
Yerga eng yaqin osmon jismi Oy bo’lib, u planyetamizning tabiiy yo’ldoshidir. Oy massasi yernikidan 81 marta kichik oy sirtidagi tortilish kuchi yerdagidan 6 marta kam. Uning sirtida erkin tushish tyezlanishi 1,63 m.syek.kvad. Ga tyeng, zichligi 3,3 g.syek. Kub. Ya’ni yernikidan 1,5 marta kam.
Kunduzi oyning ekvatori atrofida +120 0S yarim kyechada -1500Sni tashkil etadi. Oyga tushgan kosmonavt birinchi navbatda o’zini juda yengil his etadi. Bu oyning tortishish kuchini kamchiligidir.
Kosmonavt o’z skafandri bilan yerda 90 kg bo’lsa, oyda atigi 15 kg bo’ladi.
Oyda quyosh ko’tarila boshlashi bilan osmonda yulduzlar yo’qolmaydi. Tim qorong’i osmonda quyosh bilan birga kun bo’yi yorug’ yulduzlar porlab turavyeradi. Oyda shafaq ko’rinmasligining sababli unda atmosfyeraning yo’qligidir. Quyosh chiqqandan so’ng to tush bo’lguncha 7 kun 9 soat vaqt kyetadi. Oyda tovush eshitilmaydi chunki tovush to’lqinlarini tashuvchi muhit yo’q. Shuning uchun maxsus radiopyeryedatchiklardan foydalaniladi.
Oy ryelyefining asosiy qismini kratyerlar tashkil etadi.
Oy sirtida ham yerdagi kabi vulqonlar otilishi kuzatiladi, buni 1958 yil rus olimi N.A.Kozirov aniqlagan Oydagi toyalardan eng yirigi ALP, APYENNIN va KAVKAZ tog’lari dyeb nomlangan.
Dostları ilə paylaş: |