14 quvurdan beriladi. Setka qurulmasining yuqori qopqoq qismida 2ta ogiz bilan jihozlangan bo’lib ular 7 tuynug aeroliftlarni ta’miralash va mantaj ishlari uchundir, shuningdek 16 havo almashtiruvchi quvurlardan iborat.Aerolift ostida havo almashinish natijasida bo’tanani yo’qotilmasligi uchun 17 qaytaruvchi o’rnatilgan.
Qatron bilan aralashgan bo’tanani setka ustiga tashlab berish uchun 12 aerolift xizmat qiladi u pachuk korpusiga plastinkalar bilan qotirilgan. Pachuk pastki qismida bo’tanani tiqilib qolishini oldini olish uchun dispergator 11,15 qurulmasi va ta’mirlash uchun 8 tuynuk o’rnatilgan.
Bo’tanani tashlab berish uchun sarflanadigan havo sarfi bir qancha ko’rsatgichlarga bog’liq bo’lib (bo’tana zichligi, ko’tarish balandligiga, havo bosimiga) 1-2 m3/m3 ni tashkil qiladi. Aeroliftlardagi havoning bosimi 2 at dan oshmaydi. Havoning sarfi va bosimi sorbsiya va sianlash pachuklarida bir xilda kechadi. Pachukdagi bo’tana me’yori bo’tanaga va aeroliftga bog’liq bo’lib, aksariyat hollarda pachukdan 0,8-1m pastda bo’ladi.
Jadval -14. Sorbsiyali tanlab eritish pachugining texnik xarakteristikalari.
Pachuk ko’rsatgichlari.
Pachuk o’lchamlari, m.
2,2x7
2,6x10
3,2x10
3,4x12
3,6x16
4x17
4,6x19
5,6x22
Ishchi
hajmi, m3.
25
50
75
100
150
200
300
500
O’lchamlari, mm:
Diametr
2200
2600
3200
3400
3600
4000
4600
5600
Balandlik
7000
10000
10000
12000
16000
17000
19000
22000
Pulpa me’yorini ta’minlashda har bir pachukda aeroliftda siqilgan havo berish orqali tartibga solinadi. Bo’tana me’yorining kamayishi bilan nazoratchi klapan havo berishni kamaytiradi va natijada bo’tana chiqarilishi sekinlashtiriladi.
Sorbsiyalovchi pachukning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 1) bir vaqtda yuklanadigam qatron miqdorining ko’pligi; 2) sorbsiya bosqichining ko’pligi va dastgohlarning ko’p joy egallashi; 3) Bo’tana va qatronni aralashtirish va tashlab berish uchun havoning ko’p sarf bo’lishi; 4) qatronning setkalar orqali ko’p bora qayta pachukka tashlanishi hisobidan ko’p sarf bo’lishi; 5) qatron va bo’tananing dastgohdan ta’sirlashishga ulgurmay o’tib ketishi.