Bu baliq turlari hovuz baliqchiligining baliq mahsuldorligini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Istiqbolli turlardan chukuchansinionlar oilasiga tegishli baliqlardan: katta og‘izli buffalo, kichik og‘izli buffalo, xonaki qora buffalo hovuz xo‘jaligi sliaroitida yaxshi mahsulot beradigan turlardan hisoblanadi. Chukuchansimonlarning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Bu turlar tez o’sishi bilan ajralib turadi. Katta og'izli buffalo og‘irligi 45 kg gacha, kichik og‘izli buffalo 15—18 kg gacha, qora buffalo 7 kg gacha yetadi. Buffalo issiq- sevar bo’lganligi sababli bizni iqlim sharoitiga yaxshi moslashadi. Buf- faloning barcha turlari tinch baliqlar hisoblanadi, ularning segoletkalari ham boshqa baliqlar singari zooplankton bilan oziqlanadi. Katta og’izli buffaloning og’irligi kattalashgan sari zooplankton hissasi oshib boradi.Kichik og‘izli va qora buffalo keyinchalik zoobentos iste’mol qilishga o‘tadi va uning hissasi 40—80% ni tashkil qiladi.Buffaloning barcha turlari kombikormni ham iste’mol qilaveradi.Ularning neresti tabiiy sharoitda suv harorati 14,5—16,7°C boMganda boshlanadi.