POLIMORFIZM VA UNING TURLARI. VIRTUAL FUNKSIYA. ABSTRAKT SINF VA FUNKSIYALAR.
12
MAVZU
DI kafedrasi katta o’qituvchisi Ibragimov.M
Mа’ruza rejasi
Polimorfizm nima?
Virtual funksiyalar.
Sinfning virtual atributlari vorisga o’tishi.
Virtual funksiyaning ierarxik xususiyati.
Abstrakt sinf tushunchasi.
Vitual funksiyadan foydalanish.
Xulosa.
Polimorfizm nima?
Polimorfizm – bu bitta interfeys, bir nechta metod. Ya’ni metodlarni overload yoki override ko’rinishidir. Polimorfizm ikki xil ko’rinishda namoyon bo’ladi:
compile time;
run time;
Compile time polimorfizm bu funksiyalar va operatorlar overloadi, ya’ni funksiyalar va operatorlarning qo’shimcha yuklanishidir (function overloading or operator overloading).
Runtime time polimorfizm bu – vorislik va virtual funksiyalardan foydalanishda vujudga keladi (Function overriding).
virtual funksiya asos sinf a’zosi hisoblanadi va voris sinfda qayta bir xil parametr asosida e’lon qilinadi.
virtual funksiya yaratish uchun, asos sinf ichida funksiya yaratilishi jarayonida virtual kalit so’zidan foydalaniladi.
Asos sinfda virtual funksiya e’lon qilingan bo’lsa, voris sinfda ushbu funksiya qayta e’lon qilinishi mumkin va o’z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda funksiya tanasi boshqacha yozilishi mumkin.
Ushbu qayta e’lon qilingan funksiyaning barcha parametrlari asos sinfdagi funksiya parametrlari bilan bir xil bo’lishi lozim, misol uchun: funksiya qaytarish tipi, argumentlar soni va tipi