Aim.uz
Polsha Respublikasi.
PXR 1989 yil oxirlaridan Polsha respublikasi deb atala boshlangan.Maydoni 324 ming km2 . Territoriyasi shimoldan janubga 650km, g’arbdan sharqqa 700km ga cho’zilgan.Siyosiy geografik o’rnining asosiy xususiyati sobiq sosialistik davlatlar bilan o’ralganligi (ular 7ta).Iqtisodiy geografik o’rnining muhim xususiyati Polsha territoriyasi geografik kenglik va uzunlik yo’nalishidagi tranzit yo’llar chorrahasida joylashganligi va 500 kmdan ortiq masofada dengiz bilan chegaradoshligi.Shuningdek EIH mamlakatlariga yaqin qo’shni bo’lib, ular bilan havo, quruqlik, suvlik orqali savdo-sotiq qilish imkoniga ega. 2004 yil EIH ga a’zo bo’lgan.
Aholisi. 38,6 mln (2003 yil), 38,1 mln. kishi (2006 yil) bo’lib, 98,5 %ini polyaklar tashkil etadi.Ulardan tashqari ukrainlar, beloruslar va litvaliklar ham yashaydi.Tug’ilish koeffisenti 10%0, o’lim 9%0. 1ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 13%. O’rtacha umr 70-78 yosh.YAMD 9370 dollor (2001y.)
2-jahon urushi oqibatida aholisi 6 mln. kishiga, ya’ni 22%ga kamaydi, jinsiy tarkibi o’zgardi. Urushdan so’ng mamlakat aholisining joylashuviga ichki migrasiyaning ta’siri kuchli bo’ldi.Urbanizasiya darajasi yuqori sur’at bilan o’sdi, hozirda mamlakat aholisining 63%i shaharlarda yashaydi.Yirik shaharlari: Varshava-1,6 mln., Lodz-818000, Krakov, Vroslav, Poznan, Gdansk, Shesin (1996y.).
Mamlakat ma’muriy jihatidan 16 ta voevodlikka bo’linadi.Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Polsha Birlashgan ishchi partiyasi-1948 yil tashkil topgan.
2.Birlashgan dehqonlar partiyasi-1949 yil tashkil topgan.
3.Demokratik partiya-1939 yil tashkil topgan.
4.Milliy tiklanish vatanparvarlik harakati uyushmasi.
2-jahon urushi natijasida Polsha o’z milliy boyligining 45%ini yo’qotdi, mamlakat ekonomikasi butunlay izdan chiqib ketdi (chunki 7 yil urush).
Sanoati tarkibida roy bergan eng muhim o’zgarish unda mashinasozlik bilan ximiya sanoatining salmog’ining ortishi bo’ldi.
Polsha sanoatining territoriyalarda to’planganligi bilan ajralib turadi.Sanoatning katta qismini janub voevodliklarda to’planganligi harakterli.
Polsha Si, sof oltingugurt, toshko’mir miqdori jihatidan Yevropada oldingi o’rinlarni egallaydi.Masalan: toshko’mir qazib olishda dunyoda 4-o’rinda, aholi jon boshiga nisbatan ko’mir qazib olishda esa 1-o’rinda turadi.Qo’ng’ir ko’mir, osh tuzi, polimetal zapaslari jihatidan Yevropada oldingi o’rinlarda turadi.Biroq temir, neft, fosforit kam.
Polsha energetikasining asosi toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir.Toshko’mir qazib chiqarishning deyarli hammasi Yuqori Sileziya havzasida to’plangan.Bu erdan energetika ko’miri ham, kokslanadigan ko’mir (anrosit) ham qazib chiqariladi.Keyingi yillarda mamlakat sharqidagi Lyublin havzasini o’zlashtirish boshlandi.
Neft va tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojini asosan MDH hisobiga qondiradi.”Do’stlik”.
Qora metellurgiya sanoati chet el temir rudasiga muhtoj.Eng yirik qora metallurgiya korxonalari Krakov, Kotovise.Temir rudasini KMA va Krivoy Rogdan oladi.
Polsha mashinasozligi-ko’mir sanoati uchun mashinalar, bug’ qozonlari, stanoklar, ximiya va qand zavodlari uchun jihozlar, passajir va yuk vagonlari, dengiz kemalarini ishlab chiqaradi.Mashinasozlik korxonalari asosan Varshava, Poznan, Vroslav, Gdanskda to’plangan.
Ximiya sanoatida yaqin vaqtlargacha o’g’itlar ishlab chiqarish ustun edi. So’ngi yillarda ko’mir ximiyasi asosida organik sintez ximiyasi tez o’smoqda. Uning asosiy zavodlari Yuqori Sileziya havzasi rayonida joylashgan. Neft – ximiya korxonalari “Do’stlik” tevaragida joylashgan.
To’qimachilik Lodz rayonida eng yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat. Hududining 46 % i haydalgan yerlar bo’lib, qadimdan dehqonchilik qilinadi. Polsha dehqonchiligida javdar, kartoshka eng ko’p ekiladi. Polsha butun dunyoda bu ekinlardan olinadigan hosilning ј qismini beradi, ularning yalpi hosili jihatidan MDH dan keyin turadi. Bug’doy, qand lavlagi yetishtirish katta ahamiyatga ega. Yiliga 26 mln t. (1987 y.)dan hosili olinadi. Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi 31 sentnerni tashkil etadi. Mamlakatda zig’irchilik, bog’dorchilik va karam yetishtirish yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda qoramolchilik va cho’chqachilik alohida ajralib turadi, lekin ularning rivojlanishiga yaylovlarning (hududining 13% ini tashkil etadi) etmasligi to’sqinlik qiladi.
Transportining asosiy turi temir yo’llardir. Uzunligi 27000km. Temir yo’llarining yuk oboroti jihatidan Polsha Xorijiy Yevropada 1-o’rinda turadi. Temir yo’llarda asosan toshko’mir va temir rudalari tashiladi.
Iqtisodiy geografik jihatidan Polsha 3 qismga bo’linadi:
Janubiy Polsha. Mamlakatning eng muhim industrial bazasi “Qora Sileziya” aglomerasiyasi joylashgan. Kotovise, Krakov, Vroslav kabi shaharlar joylashgan.
O’rta Polshada yirik sanoat shaharlari: Varshava, Lodz, Poznan joylashgan.
Shimoliy Polshada asosan qishloq xo’jaligi va dengiz xo’jaligi rivojlangan. Asosiy shaharlari: Shesin, Gdansk.
Tashqi savdosi asosan qo’shni mamlakatlar bilan olib boriladi. Asosiy eksporti: mashina va uskunalar, dengiz kemalari, toshko’mir, mis, oltingugurt, to’qimachilik buyumlari, kartoshka, karam. Asosiy importi: Temir rudasi, neft, gaz.
Pul birligi – zolotiy.
Aim.uz
Dostları ilə paylaş: |