4.2. Yashovchanlik jadvalini tuzish Yashovchanlik jadvali o’limning turli yoshdagi guruhlar orasida taqsimlanishi ko’rsatish uchun tuziladi. Odatda, yashovchanlik jadvalini tuzish uchun qisqa vaqt ichida tug’ilgan individlar guruhi ma’lum vaqt oralig’ida kuzatib boriladi. Bunda individlarning yoshi va o’limi nazorat qilib boriladi. Jadvalning 1- grafasida individlar yoshi, aniqrog’i yosh intervali, 2- grafada yashab qolgan individlar soni ko’rsatiladi. Qolgan grafalarda ma’lum yoshgacha yashab qolgan individlar soni, har bir yosh oralig’idagi solishtirma o’lim va har bir yosh uchun umrning o’rtacha uzoqligi ko’rsatiladi (1-jadval).
Boshlang’ich yosh tadqiqot maqsadiga qarab, shartli ravishda olinishi mumkin. Masalan, qushlar o’rganilayotgan bo’lsa, boshlang’ich yosh tuxum qoyilgan vaqt, yoki qo’shlarning tuxumdan chiqqan vaqti, yoki uyadan uchib chiqish vaqti ham olinishi mumkin. Yosh guruhlari o’rganilayotgan organizmlar umri uzoqligi va hayot siklining xususiyatlariga bog’lik ravishda olinadi. Masalan, odam uchun 5 yillik interval, mayda kemiruvchilar uchun bir necha oy, hasharotlar uchun hafta olish mumkin. Ba’zan yoshga ajratishda astronomik vaqt emas, balki fiziologik yosh olinishi mumkin (masalan, hasharotlarda tuxum, lichinka, g’umbak va imago davrlari).
Yashovchanlik jadvalini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlarni amaliyot darslarida to’plashning imkoni yo’q. Shu sababli, mazkur uslubiy ko’rsatmaning ilova qismida har bir talaba uchun turli populyasiyalarga oid ma’lumotlar alohida variantlar shaklida keltirilgan. Talaba shu variantlardan birini tanlab oladi va mustaqil ravishda jadvalni to’ldiradi. Talaba 3-jadvalni ish daftariga chizadi va ilovadan tanlangan variantdagi ma’lumotlarni jadvalga o’tkazadi. Jadvalning qolgan ustunlarini quyida keltirilgan formulalardan foydalanib to’ldiradi.
Solishtirma o’lim - qx quyidagicha topiladi: qx=
Har bir yoshda yashab qolgan individlar hissasi - lx quyidagicha topiladi:
lx=
bunda no- boshlang’ich yoshdagi individlar soni.
Kutilayotgan umr uzoqligini topish uchun X va X+1 yosh oralig’ida tirik bo’lgan individlarning o’rtacha soni topiladi. Bu Lx kattalik quyidagicha topiladi:
Lx =
Keyin barcha yoshlar uchun Lx ning summasini topamiz: Lx= Tx ,
ya’ni yig’indini Tx deb belgilab olamiz. So’ngra kutilgan umr uzoqligi - yex ni quyidagicha topamiz:
yex=
Olingan natijalar asosida jadval to’ldiriladi va dars yakunida amaliyot o’qituvchisiga ko’rsatiladi.