Gipermatnli axborot tizimi deganda nimani tushunasiz ?
World Wide Web ning ma‘nosini tushuntirib bering.
HTML tili qanday dasturlar tuzish uchun ishlatiladi ?
Gipermurojaat (HyperLink) nima ?
Web – brouzerlar nima uchun ishlatiladi ?
Web – serverlar deganda nima tushuniladi ?
Web-texnologiyada qo‗llaniladigan qanday dasturlash tillarini bilasiz ?
Web-dizayn deganda nima tushuniladi ?
bob bo‗yicha topshiriqlar
O‗zingiz bilgan biror saytni bir necha brouzerda ochib ko‗ring va ularni taqqoslang. Asosiy e‘tiborni saytlarning ochilish vaqtiga va ularning ko‗rinishiga qarating. Farqlarini yozib oling.
Web texnologiyada qo‗llaniladigan dasturlash tillarining ro‗yhatini yozing.
Web sahifa tuzishda foydalaniladigan dasturiy vositalarning tavsiflarini keltiring.
Web brouzerlarning xarakteristikalarini klaster usulida yozib chiqing.
BOB.GIPERMATN BELGILASH TILI – HTMLNING ASOSLARI
§ 2.1. HTML hujjatning umumiy strukturasi
Web-hujjat tayyorlayotganingizda matnning ko‗rinishini belgilash uchun teglarni joylashtirib chiqasiz12. HTML hujjatning umumiy strukturasi 2.1- rasmda keltirilgan. Barcha HTML – hujjat juft teglar - va ichida joylashadi. Bu standart HTML – hujjatlarni rasmiylashtirishning birinchi qoidasidir[2,3].
Ikkinchi qoida bo‗yicha HTML – hujjat ikkita bir-biriga teng bo‗lmagan sektsiyaga bo‗lingan bo‗ladi.
HTML hujjат
Xujjат sаrlаvhasi Таshqisarlavha
Hujjатningasosi Asosiydаstur
2.1-rasm. HTML hujjatning umumiy strukturasi13.
HTML hujjat matn va o‗rnatilgan teglar – tarkibidagi elementning tuzilishi, tashqi ko‗rinishi va funktsiyalari to‗g‗risidagi yo‗riqnomalardan iborat. HTML hujjat ikki asosiy qismga bo‗linadi: sarlavha – head va tana – body.HTML - hujjatning shakli umumiy holda quyidagicha[3]:
12Rob Larsen. Beginning HTML & CSS. Wiley Publishing, Inc. Indianapolis, Indiana, 2013.
13Zokirova T.A.,Sharipov B.A.,Rasulova N.A. "Web - dasturlash" fanidan o‘quv qo‘llanma – T.: TDIU, 2009. – 216 б.