bu internetning biror logik boskichi bo‗lib, o‗z nomiga ega bo‗lgan va o‗zining tarmoq sahifasi tomonidan boshqariladigan tarmoq resurslarining guruxidir.
Upload -
masofaviy tarmoq kompyuteri(server)ga fayllarni yuklash jarayoni.
Sayt (inglizcha, site – uchastok - bo‗lak) -
bu serverning bo‗lagi, ya‘ni biror bir mavzuga oid bo‗lim hisoblanadi.
25 Zokirova T.A.,Sharipov B.A. "Web - dasturlash" fanidan o‗quv qo‗llanma – T.: TDIU, 2009.–216 б.
Uran
Ariel
Umbriel
Titaniya
Oberon
Miranda
Neptun
Triton
Nerenda
2.11-rasm. Taxlangan ro‗yxat misoli26.
bob bo‗yicha xulosalar
bobda HTML hujjatning umumiy strukturasi, HTML tilining teglari, atributlari va ba'zi elementlari, HTML tilining komandasi, tegining atributlari, Web-sahifada sarlavha va ro‗yxatlarni aks ettirish kabi mavzular yoritib berilgan. HTML – xujjatni tadqiq qilishda ko‗rish mumkinki, matnli xujjatlar teg(tag)lar bilan belgilanadi. Ular maxsus burchakli belgilar bilan o‗ralgan bo‗ladi (< va >). Teglar matnlarni formatlashda va hujjatga har xil nomatn elementlarni masalan, grafikalar, qo‗shimcha ob‘ektlar va shu kabilarni o‗rnatishda ishlatiladi.
HTML hujjat matn va o‗rnatilgan teglar – tarkibidagi elementning tuzilishi, tashqi ko‗rinishi va funktsiyalari to‗g‗risidagi yo‗riqnomalardan iborat. HTML hujjat ikki asosiy qismga bo‗linadi: sarlavha – head va tana – body.Agar brouzer tegga duch kelsa, navbatdagi matn – bu HTMLdagi kod ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Brouzer o‗z muloqot oynasida tegni emas, balki teglar o‗rtasidagi matnni ko‗rsatadi.Atributlar tegni kengaytirish yoki o‗zgartirish uchun unga qo‗shiladi. Bitta tegga bir necha atributlarni qo‗shish mumkin. Agar tegning atributlari tegning
26Muallif ishlanmasi.
nomidan keyin kelsa, ular bir yoki bir necha probel bilan ajratiladi. Ketma-ket kelish tartibi muhim emas. Brouzerlarga o‗rnatilgan HTML interpretatorlari HTML - dasturlaridagi foydalanuvchi tomonidan klaviaturadan kiritilgan qator oxiri, matn oxiri, probel, tabulyatsiya kabi elementlarni qabul qilmaydi. Bu belgilarni maxsus komandalar yordamida ifodalash mumkin.Web-sahifani aks ettirish jarayonida ba‘zi so‗zlarni alohida namoyon etishga to‗g‗ri keladi, masalan, qalin shrift bilan tagiga chizilgan shrift bilan. Buning uchun HTML tilida maxsus teglar mavjud.Web- sahifada aks ettirilayotgan matn shriftining parametrlarini HTML tiliningelementlari yordamida o‗zgartirish mumkin.HTML hujjatda olti xil pog‗onadagi sarlavhani ko‗rsatish mumkin. Brouzerlar xujjatni aks ettirishda har bir yangi ro‗yxat elementini yangi satrdan boshlaydilar. Ro‗yxatning ochiluvchi va yopiluvchi teglari satrni ro‗yxat boshiga va oxiriga o‗tkazishni ta‘minlab turadi. Shu bilan birga ro‗yxatni xujjatdagi asosiy ma‘lumotlardan ajratib turadi.