Portlashning muxitdagi ta’siri va PM zaryadlari to’g’risida asosiy tushunchalar Reja: Darsning maqsadi va asosiy vazifalari
Tashqi va ichki zaryadlar to’g’risida tushunchalar
Portlashning bir jinsli kattik muxitdagi ta’siri
Darsning maqsadi:Sanoatda qo’llaniladigan PM zaryadlari to’g’risida tushunchalar va tashki ichki zaryadlar bilan tanishish.
PM zaryadining konstrukstiyasi va joylashtirilishi portlatish sharoitiga va kuzlangan maksadga bog’liq. Zaryadni portlatishga tayyorlash uni skvajinada yoki parchalanishi kerak bulgan ob’ektda anik xisoblab chikilgan ulchamlarda joylashtirishdan iborat. Portlatilayotgan muxitga nisbatan kanday xolatda joylashtirilishiga karab, zaryadlar ikki xil: tashki va ichki zaryadlarga bulinadi. Ichki zaryadlar – portlatilishi kerak bulgan muxitning uziga joylashtiriladi. Konchilik ishlarida – kup xollarda ichki zaryadlardan foydalaniladi. Ichki zaryadlarning afzalligi shundaki – portlash energiyasining foydali ish koeffistenti yukoriligi, turli xil ishlarni bajarish mumkinligi va portlatilayotgan muxitda zaryadni turli xil xolatlarda joylashtirish mumkinligidadir.
Ichki zaryadlarning kamchiligi – shpur va skvajinalarni burgulash, otilmay kolgan PM yoki PV larni yuk kilishning kiyinlashishi, portlashning kuchli seysmik ta’siridadir. Aytib utilgan kamchiliklarga karamasdan, koyali tog jinslarini ochik yoki er osti usulida kazib olishda – ichki zaryadlar yagona xisoblanadi.
Tashki zaryadlar – portlatiladigan ob’ekt ustiga joylashtiriladi. Afzalligi – bu zaryadlarni joylashtirish uchun shpur yoki skvajina burgulash talab etilmaydi, portlamay kolgan PM yoki PV larinin yuk kilishining oddiyligi.
Kamchiligi – portlatish energiyasidan foydalanish koeffistentining kichikligi, zaryad massasining kichikligi va sharoitga karab kam kullanilishida. Tashki zaryadlar portlaganda kuchli zarbli xavo tulkinlari xosil bulib, parchalangan tog jinslarini uzok masofalarga sochilib ketadi.
Tashki zaryadlar – karerlarda noulcham bulaklarni maydalashda kullaniladi. Tashki zaryadning ulushi – umumiy portlatuv ishlari xajmining 1% dan kamini tashkil etadi.
Vertikal zaryadlar – portlatilayotgan muxitning gorizontal yuzasiga tugri burchak ostida joylashtirilgan zaryadlar kiradi.
Gorizontal zaryadlarga – portlatilayotgan muxitning yuzasiga parallel joylashtiriladigan zaryadlar kiradi.
Kiya zaryadlar – portlatilayotgan muxitning gorizontal yoki vertikal yuzasiga utkir burchak bilan joylashtirilgan zaryadlar kiradi.
Doirasimon zaryad – doira shakli bulib, daraxtlarni yikitishda, kuvurlarni kesishda va boshkalarda kullaniladi.
Shaklining tashki kurinishiga karab – oddiy va figurali zaryadlarga bulinadi.
Oddiy zaryadlar – tugri geometrik jism shaklida buladi, masalan, shpurli va skvajinali stilindrik zaryadlar.
Figurali zaryadlar – bir necha geometrik jismlar kushilishidan xosil bulgan murakkab shaklli zaryadlar.
Konstruktiv tuzilishiga karab, zaryadlar butun va aloxida kismlari oralik bushliklar bilan ajratilgan zaryadlarga bulinadi.
Butun zaryadlar – butun massa zaryad xech kanday kismlarga inertli oraliklar bilan bulinmasdan shpur yoki skvajinadi joylashtiriladi. Butun zaryadlar kukunsimon yoki patronlangan PM lardan iborat bulishi mumkin.
Zaryadlar joylashish chukurligiga, massasiga xamda portlatilayotgan muxitga ta’siri xarakteriga karab: kamuflet, yumshatuvchi va itkitib tashlovchi zaryadlarga bulinadi.
Kamuflet zaryadi – deb shunday PM ichki zaryadiga aytiladiki, uning parchalovchi kuchi ta’siri portlatilayotgan kattik muxit yuzasiga ta’sir etmaydi va fakatgina zaryad yakinidagi muxitda unga katta bulmagan yakindagi muxitda maydalab-kisib parchalaydi yoki er osti bushligi xosil kiladi. Kamuflet zaryad portlatilganda shpur yoki skvajinaning yuzasida portlashning seysmik ta’siri sodir buladi. Shuning uchun xam kamuflet zaryadlar seysmik – kidiruv ishlarida tog jinslarini kalinligini ularga portalatish tulkinlarining tarkalish tezligi orkali aniklashda kullaniladi.
Yumshatuvchi zaryad – bu zaryad portlaganda muxitning ma’lum bir xajmi parchalanadi, portlatilayotgan muxit yuzasida kuzga kurinarli itkitib tashlash varonkasi xosil bulmaydi. Bunday zaryadlar karer va shaxtalarda xamda mustaxkam madan va koya jinslarni portlatish uchun ishlatiladi. Yumshatuvchi zaryadlarning ishi – er yuzasida massivning turli kattalikda bulaklar kurinishida parchalanishiligida kuzga tashlanadi.
Itkitib tashlash zaryadi – PM ichki zaryad bulib, u portlatilganda tog jinsi parchalanib, portlatilgan massa itkitib tashlanadi va portlash joyida varonka xosil kiladi.