Практикум для бакалавриата и магистратуры / Под общ ред. О. И. Ключко. М.: Издательство Юрайт, 2017. 404 с



Yüklə 43,87 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü43,87 Kb.
#189406
növüПрактикум
10 mavzu


3-mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining gender ijtimoiylashuvi jarayoni.
Reja:
1 Gender ijtimoiylashuv mazmun-mohiyati. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari gender ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
2 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida gender rollarning rivojlanish omillari.
3 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida gender o’ziga xoslikning shakllanishi va ularning gender rivojlanishda davom etishi.
4 Boshlang’ich ta’limda o’g’il va qiz bolalar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
5 Boshlang’ich ta’limda o’g’il va qiz bolalar muloqoti va o’zaro munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari.


Tayanch tushuncha: Gender tarbiya, ma’naviy yuksalish, tarbiya texnologiyalari, Ijtimoiylashuvning gender jihatlari, Jins va gender tabaqalanishi.


ASOSIY ADABIYOTLAR
1. Дусказиева Ж.Г. Гендерная психология: учебное пособие Ж.Г.Дусказиева; Краснояр. гос. пед. университет им. В.П.Астафьева. Красноярск, 2010. – 108 с.
2. Градусова Л.В. Гендерная педагогика. Учебное пособие Л.В.Градусова. - Москва: Флинта, 2016. - 176 с. - ИСБН 978-5-9765- 1022-7.
3. Ключко О.И. Гендерная психология и педагогика: учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / Под общ. ред. О.И.Ключко. — М.: Издательство Юрайт, 2017. — 404 с.
4. Салайева M.C. Умумий педагогика. Дарслик. Тошкент "Нодирабегим”. 2021. – 598 бет.
5. разалийева Г. Гендер ва аёллар хукуқий маданияти. Монография. T.: 2009.
6. Ходжайев Б.Х. Умумий педагогика назарияси ва амалиёти. Дарслик. Тошкент “Сано-стандарт”. 2017. - 418 бет

Gender tenglik goyasi XX asrning oxirgi un yilliklarida to’liq shakllandi, u turli davr va ijtimoiy-madaniy sharoitda xar xil ma’naviy-axlokiy talablar asosida o’zgarib turgan ijtimoiy-madaniy jarayon ekanligi anglanildi. Gender madaniyatini shakllantirishda eng muxim pedagogik xulosalardan biri, yeshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalash ishlarida oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye, internet)ning roli axamiyatlidir.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning inson xuquqlari, erkinliklarini ta’minlashga karatilgan siyosati ana shu ijtimoiy farqlarni yumshatishga, iqtisodiyijtimoiy taraqqiyotning barcha soxalarida ularga teng imkoniyatlar yaratishga gender tenglik goyasini shakllantirishga qaratilgandir.
«Ta’lim tugrisida»gi Qonunda ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan xolda yoshlarni gender tenglik, tolerantlik, insonparvarlik ruxida tarbiyalash hozirgi davrning dolzarb pedagogik muammosidir. U davlat axamiyatiga molik ma’naviy-axlqiy, xuquqiy siyosiy tarbiya asosidir. Yoshlarni gender tengligi goyasi asosida tarbiyalash, uning mazmun-moxiyati, vazifalarini ilmiy-nazariy hamda pedagogik jixatdan urganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Gender tenglik tarbiya tizimi nihoyatda keng kamrovlidir. Maqsadli disputlar, davra suxbatlari, savol-javob kechalari, tematik ma’ruzalar, seminar-treninglar, nazariy-amaliy konferensiyalar nam ushbu yo’nalish rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Yoshlarni gender tenglik ruxida tarbiyalashning eng muhim axamiyati ularni, birinchi galda, qiz bolalarni uzligini anglashiga, ijtimoiy muxitni, ijtimoiy ruxiyatni, ichki uyushtiruvchi, xarakatga keltiruvchi va yetaklovchi, inson qadr-qimmatining jinsiga qarab belgilanmasligini isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat qilishidir. Bu holda gender tenglyk goyasi (uril va qiz bolalarga teng huquq xamda teng imkoniyatlar yaratish) shaxsning xam, jamiyatning xam ma’naviy yuksalishiga ta’sir qiladi, insonqolarini anglashga, ijtimoiy tafakkurning o’zgarishiga olib keladi.
Gender tenglik goyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy ongini shakllantirishga, mustaqil fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jixatdan tenglyk tamoyillarini uziga singdirishga undovchi va uni harakatga keltiruvchi bunyodkor g’oyadir.
Jamiyat xayotida chukur urin olgan gender notenglik (jinsiga qarab ustunlik belgilash; bu yerda o’g’il bolalar maqomining, «men»ining qiz bolalar makomidan va «men»idan yuqorida turishi) shaxs taraqqiyotiga, o’sishiga sabab bo’lmoqda. Qiz bolalarning inson va jamiyat faoliyatining barcha soxalarida uz kuchlarini sinashga, saloxiyat va krbiliyatlariga tayanib kaysidir bir murakkab soxani egallashga intilishlarini cheklaydi, ba’zi xollarda, umuman, imkon bermaydi.
Gender tenglikni ta’minlashga yunaltirilgan ta’lim-tarbiya yoshlar xulkatvorining, dunyokarashining ijtimoiy foydali, adolatli, insonparvar, demokratik sifatlarini shakllantirish ishiga yordam berishi shubxasiz. Chunki gender tenglik g’oyalari bilan sug’orilgan ta’lim-tarbiya yoshlarda gender bilimlarni hosil qilishi, ularning dunyokarashiga va e’tikodiga aylanib borishi, ruxiyatiga ta’sir etishi mumkin.Bu, ayniqsa, qiz bolalarning mas’uliyat va qat’iyatlik, qiziqish bilan o’zlari istagan sohalarni o’rganishlariga intilishlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o’rganib, ular ongida jamiyat taraqqiyotining barcha soxalarida faoliyat ko’rsata olishlariga ishonch hosil qilish mumkin. Bu esa ularda tegishli ma’naviy axloqiy sifatlar bilan bir katorda, Vatanga muxabbat, uning yuksakligini ta’minlashga o’z hissasini qo’shishga ishonch tuygusini shakllanishiga ijobiy ta’sir kursatadi.
Shuning uchun xam ta’lim jarayonida gender tarbiyaning imkoniyatlaridan izchil foydalanish yoshlarni barkamol shaxe sifatida kamol toptirishda katta rol uynaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan va ushbu sohadagi izlanishlarimiz natijalaridan quyidagi xulosani ifodalash mumkin:
- maktabda yoshlarni gender tenglyk ruxida tarbiyalashning pedagogik tizimi, uni ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirish mazmuni nazariy jixatdan ishlab chiqilishi lozim;
-ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarda gender tenglik madaniyatini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari urganilishi, taxlil kilinishi va yaratilishi lozim;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarda gender madaniyatini shakllantirish uchun izchillik, ilmiylik, tushunarlilik, ishonarlilik, nazariya va amaliyot birligi tamoyillariga axamiyat berilishi kerak;
- gender madaniyatli barkamol shaxeni shakllantirishga doyr dareliklar, o’quv va metodik kullanmalar, axborot-kurgazmali materiallar yaratish va uni ta’lim jarayoniga kiritish lozim;
- barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga gender nazariyasini singdirish shakl, usul va vositalarini yaratish;
- yoshlarda ta’lim-tarbiya jarayonida gender tenglyk goyalariga ishonishni kuchaytiruvchi, shakllantiruvchi innovasion texnologiyalarning jaxon tajribasi isbotlagan metod va usullarin'i urganish va milliy xususiyatlarni xisobga olgan xolda amaliyotga joriy etish lozim;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarda gender madaniyatning shakllanganlik monitoringini olib borish va ular natijalari asosida mazkur yunalishni rivojlantirish;
- pedagogika yunalishidagi ta’lim tizimida gender nazariyasi va amaliyotidan maxsus kurslar joriy qilish;
- ta’lim-tarbiya jarayonining barcha boskichlarida gender nazariyasi va amaliyotining gender madaniyatli yetuk inson tarbiyalashdagi axamiyatini xisobga olib respublika va viloyat malaka oshirish institutlarida maxsus kurelar utish maqdga muvofiqdir va shu kabilar.
Davlat rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan jamiyatda ayollarni xo‘rlash va qadrsizlanishlariga qarshi murosasizlik muhitini yaratish vazifasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Ma’lumki, qizlarga aslida ta’lim olishning teng bo‘lmaganligi - yaxshi tasdiqlangan xaqiqat. Biroq, kelajak o‘qituvchilari sifatida biz buni maktabda, tengdoshlar orasida, o‘quv dasturlar, darsliklar yaratayotganda gender tengsizligi, gender tengligini ham muhokoma qilishimiz lozim. Gender bo‘yicha adolatli ta’lim olish xavotirlari nainki maktabda balki, undan tashqarida uy, jamiyatdagi kuchlar orasida ham kuzatish mumkin. Eng avvalo kichik xavotirni maktabdagi tartib-intizom jarayonlarida ko‘rsa bo‘ladi. Odatda bu intizom o‘g‘illarda alohida, qizlarda alohida joriy etiladi. Eng birinchida maktab formasi bu ikki jins vakiliga ikki xilda taqsimlanadi. Keyingisida qizlar ko‘proq jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishsa, o‘g‘il bolalar yakka tartibda ham jalb qilinadi. Gender muammolarini maktabda bartaraf etish xususida gap borar ekan, bunda maktab o‘quvchilari bilan ixtiyoriy ravishda ochiq so‘zlashuv sessiyalariga qatnashish, muzokaralarda do‘stona ishtirok etish, guruh ishi, aqliy xujum, audio-vizual topshiriqlar maktabda - o‘qituvchilar, psixologlar, maslahatchilar, uyda - ota-ona, qarindosh, aka-ukalar, jamiyatda - NNT, maxalla oqsoqollari o‘rtasida olib borilishi yaxshi natija beradi. Umuman olganda bu kursda genderga asoslangan amaliyot ko‘rib chiqiladi. Darvoqe, “gender” so‘zining asl mohiyatiga e’tiborni qaratish lozim. Gender - bu “Jins” bo‘lib, lotinchada “genus” so‘zidan kelib chiqib, jamiyatda o‘g‘il yoki qiz qarashlarining tengligi bilan baholash mumkin. Boshqa bir manbalarda esa jins - bu subyektiv his-tuyg‘ularga ishora qiluvchi psixologik va madaniy erkaklik va ayollik haqdagi atamadir. Gender, shuningdek, xulq-atvorni erkaklik yoki ayollik deb baholashdir.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘rtasida gender madaniyatni rivojlantirish hozirgi kunning asosiy talablaridan bo‘lmog‘i lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatni shakllantirishi natijasida o‘quvchilarda bir birlariga nisbatan hurmat shakllana boshlaydi. Sinfdagi o‘g‘il bolalar qizlarni hurmat qilishi yaxshi tomonga shakllanadi. Teng yoshli o‘quvchilarda o‘g‘il bollar qizlarga qaraganda jismoniy jihatdan ancha kuchli bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh bo‘lganligi sababli o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan qo‘pol muomalada, qo‘pol hatti-harakatda bo‘lishga harakat qilishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatni shakllantirish muhim sanaladi. Gender madaniyatni bolalarga boshlang‘ich sinfdayoq shakllantirish o‘quvchilar o‘rtasida o‘zidan kuchsiz bo‘lganlarga nisbatan ham hurmatni yuksak darajada shakllanishiga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari o’quvchilar o‘z tengdoshlariga do’stona munosabat shakllanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida gender madaniyat shakllangan bo’lsa o’g’il bolalarda ham qiz bolalarda ham tortinish, uyatchanlik holatlari kuzatilmaydi. Masalan, boshlang’ich sinflarda tikuvchilik kasbiga qiziqtirish faqat qiz bolalar uchun emas, balki o’g’il bolalar uchun ham yaxshi, sevimli kasb bo’lishi mumkin. O’g’il bolalardan ham mohir tikuvchilar chiqishi mumkin. Va aksincha qizlardan ham kelajakda o’g’il bollalar singari mard va jasur askarlar yetishishi mumkin. Zero bizning ajdodlarimizdan mohir sarkardalar To‘marislar yetishib chiqqan.
Gender madaniyatni o’quvchi onggida rivojlantirishda 3 ta omilni keltirib o’tamiz.
1. Maktab ustozlari.
2. Oila a’zolari (Bobo-buvi, ota-ona va h)
3. Jamoa (O’rtoqlar, do’stlar, sinfdoshlar va h)
Gender madaniyatni boshlang’ich sinflarda rivojlanishida o’qituvchining o’rni nihoyatda katta. O’qituvchi to’g’ri tushunchalar berib, yosh qalb onggiga tenglik g’oyalarini singdirib borishi mumkin. Masalan, o’qituvchi hayotiy misollardan keltiradi. Ahmadjonlarning oilasida qiz bola yo’q, ular 3 o’g’ildan iborat. Aka-ukalar oilada otasiga dala ishlardida yordam berish bilan birgalikda onasiga ham uy supirishmi, idish tovoqlarni yuvishmi, ovqat tayyorlashmi va hokozo ishlarda yordam beradi. Ota-onasi farzandlaridan juda xursand. Ahmadjon va uning ukalari idish tovoqlarni yuvishni faqat qizlarni ishi deya qaramaydi. Chunki bu ishlarni qizlar ham, o’g’il bolalar ham qila olishi mumkinligini, ota-onasiga yordam qilish katta sovobli ish ekanligini ustozlaridan ko’p eshitgan. Bu kabi hayotiy misollar o’qituvchi ustoz tomonidan tushuntirilsa o’quvchining ma’naviy onggi ham kenggayib boraveradi. Oilada gender madaniyatning taraqqiy topishida oilaning ham o’z o’rni bor. Oila a’zolarining yoshi kattalari bolaga boshidan o’tkazgan hayotiy misollari, ota-onasi va bobo-buvilaridan eshitgan hayotiy haqiqatlarini so’zlab berish evaziga erishish mumkin. Masalan, hayotiy misollarga urush yillarini olaylik. Urush yillarida ota-onalarimiz hayot qanaqa qiyinchilik bilan o’tganini bobo-buvilaridan eshitganlar. O’sha vaqtlarda erkaklar urushga ketganligi sababli ayollar erkaklarni ishlarini qilishga majbur bo’lishgan. Yer chopishmi, bug’doy o’rishmi, traktor haydashmi barcha-barchasini ayolllar qilishgan. Bu ishlarni men qilmayman bu ishlar erkaklarniki deya qarab o’tirishmagan, sabrqanoat bilan barcha-barchasini uddalashgan. Hozirgi kunda ham qiz bola o’g’il bolalarni ishini qila olishiga ko’zi yetsa, uni yo’ldan qaytarmaslik lozim. Qilmoqchi bo’lgan ishi bu qiz bolaning eng sevimli kasblaridan biri bo’lishi mumkin. Qiz bolani bu ishni qila olishiga ota-ona uning oldini to’sib qo’ymasligi, imkon va imkoniyat yaratib bermog’i lozim. Gender madaniyatning yuqori cho’qqiga ko’tarilishida jamoaning ham o’z o’rni benihoya katta. Masalan, kasb tanlashda bu holat yaqqol ko’zga tashlanadi. O’g’il bolalar tikuvchilik yoki oshpazlik kasbini tanlashmoqchi bo’lsa o’rtoqlari uni masxara qilishi bolani qiziqishini so’ndiradi. Shuning uchun jamoa bunday vaziyatlarda masxara qilish emas balki qo’llab quvvatlamog’i lozim.
Boshlang’ich sinflarda gender madaniyatni shakllantirishda dars jarayonida o’quvchilar o’rtasida dedaktik o’yinlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Didaktik o’yinda bolada yaxshi xulqiy sifatlar shakllanadi. Masalan, o’qish, jismoniy tarbiya, texnologiya va boshqa darslarda o’yinlar orqali ham o’quvchilar o’rtasida gender madaniyatni shakllantirish mumkin. Bunda sinf o’quvchilarini o’g’il va qiz bolalarni teng ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo’lamiz. So’ngra har bir guruhga o’g’il bolalar uchun qizlarga xos bo’lgan, qiz bolalar uchun o’g’il bolalarga xos bo’lgan topshiriqlarni beramiz. Agar texnologiya darslarini oladigan bo’lsak bu fanda bir qancha metodlarni ishlab chiqish zaruratini tug’diradi. Masalan, “Sen bajara olasan” metodi. Bunda o’g’il bolalar uchun matoning ajralgan qismini chiroyli qilib tikish topshirig’i beriladi. Qizlar uchun esa ajratiladigan tank qismlarini ajratib tashlab uni qayta tiklash kabi topshiriqlar qo’yiladi. Bu topshiriqlarning berilishi o’yin jarayoning qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi, Hamda boshqa kasbga bo’lgan hurmat yosh o’quvchilar onggida shakllana boshlaydi. Bu esa gender madaniyat eshiklarini ochilishiga turtki bo’ladi. Bundan tashqari “Qarmoq” metodidan ham foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu metodda barcha darslarda qo’shimcha savollar berishda yoki turli ertaliklarda foydalanish mumkin. Baliqchalar shaklidagi qog’ozchalarga savollar yoziladi va bir chetiga temir qistirgichlar qistiriladi. Qarmoq shaklidagi tayoqlarning uchiga ip bog’lanadi va ipning uchiga magnit toshchasi bog’lab qo’yiladi. O’quvchilar bu “qarmoqlar” vosetasida “baliqchalar”dan birini tutib olishlari va undagi savollarga javob berishi lozim bo’ladi. O’g’il bolalar uchun alohida, qizlar uchun alohida qarmoq va baliqlar tashkillashtiriladi. Savollar ichiga qiziqarli savollar qo’yiladi.
Gender ijtimoiy hayotni tashkil etish uchun muhum xususiyatdir. Jamiyatda o‘g‘il-qiz psixologik, fiziologik bir-birlaridan farqlanar ekan o‘rtalarida hamisha jinsiy jo‘ravonlik, kamsitish kabi salbiy oqibatlar kelib chiqishi tayin. Bunda avvalo, maktabda, oliy ta’limda kerak bo‘lsa maktabgacha ta’limda gender tengliklari asosida o‘quv adabiyotlar turini ko‘paytirish, dars jadvallari, o‘quv mag‘ulotlarida qo‘shimcha mavzular kiritish nur ustiga a’lo nur bo‘larmidi? Ularning xavfsizligi ta’minlanardi. Gender ma’daniyatni boshlang’ich ta’limdan, kerak bo`lsa maktabgacha ta’limdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki maktab va maktabgacha ta’limda insonlarga nisbatan pedagogik yondashish, ularning hatti harakatlari (o`yin, o`qish, mehnat) faoliyatiga nisbatan motivatsion, integratsion, kreativ, komunikativ yondashuvlar yuzaga keladi. Bu esa davlatimiz kelajagi bo`lmish yoshlarni teng huquqli va intellektual qilib tarbiyalash imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda qonun ijrosi ta’minlanadi, davlatimiz poydevori mustahkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2. Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya 1989-yil 20-noyabr Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasining 44 /25 sessiyasida qabul qilingan
3. “Barkamol avlod yili ” Davlat Dasturi – T: Ozbekiston 2010.
4. T. G‘afforova “Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish” “Tafakkur” –T. 2011
Yüklə 43,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin