Tashkilot faoliyati va uning mulkiy holati to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumotlarni shakllantirish
Tashkilot xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirayotganda Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobotlarining ichki va tashqi foydalanuvchilari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish va ularning maqsadga muvofiqligi.
Tashkilotning iqtisodiy faoliyatida salbiy natijalarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun ichki zaxiralarni aniqlash
Buxgalteriya hisobining funksiyalari.
Buxgalteriya hisobi rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish bilan birga boshqaruv funksiyasi ham bor.
Boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi ayrim bir funksiyalarni amalga oshiradi. Ularning asosiysi axborot, nazorat, mulklarning butligini saqlash, analitik funksiyalaridir.
Axborot funksiyasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyati haqida o'z vaqtida, ishonchli axborotga bo'lgan ehtiyoj va unga bo'lgan talab ham oshib bormoqda.
Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste'molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi va ular asosida boshqaruv va investision qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o'zgarishlar, ularning harakati, xo'jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang'ich hujjatlarda aks ettiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, xolisona, o'z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste'molchilar uchun samarali bo'lish talabi qo'yiladi.
Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko'rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.