Predmeti va


«Sanoat iqtisodiyoti» fanining bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos va mos vazifalari



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə4/4
tarix28.09.2023
ölçüsü93,5 Kb.
#150301
1   2   3   4
1-mavzu

«Sanoat iqtisodiyoti» fanining bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos va mos vazifalari

Har kanday fan kabi «Sanoat iqtisodiyoti» fani xam eng avvalo, uz yunalishi buyicha ilmiy karash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga taallukli iqtisodiy bilim va ilm xamda muayyan kunikma bilan kurollantirishdan iboratdir.
Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir -asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qullaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqiylikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini anglashga kumaklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash buyicha bilim va kunikma beradi. Demak, «Sanoat iqtisodiyoti» fani faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jixatdan xam bilim berish vazifasini bajaradi. Bu fanni puxta egallagan xar bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy kursatkichlarning moxiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni tugri xisoblab va aniklab bilishi, dinamikasidan tegishli xulosalar chikara oladigan buladi.
Har kanday bilim, xatto, jamiyat xayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm xam muayyan xarakat uchun kullanma bo`lganligi, jamiyatni tubdan uzgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat kilganligi uchun kimmatlidir. SHu sababli «Sanoat iqtisodiyoti» xam fundamental fanlar katoridan o`rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yullarini kursatib berayotganligi tufayli ahamiyatli xisoblanadi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fanining muhim vazifalaridan biri — bu metodologik vazifadir. «Sanoat iqtisodiyoti» iqtisodiy fanlar majmuida aloxida o`rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talkini, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
«Sanoat iqtisodiyoti» fanining vazifalari respublika ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yunalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan isloxotlarning moxiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil va kudratli davlat iqtisodiy siyosatining moxiyati va maqsadini tushungan xolda sanoat ishlab chiqarishi xamda uning bo`g`inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yul-yuriklarini tula anglash;

  • sanoat ishlab chiqarishining xolati va rivojlanish xususiyatlarini o`rganish, taxlil etish va uning istiqbolini belgilash xaqida fikrlash.

  • sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash buyicha bilim va kunikma berish.

  • sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan bekamu kust, oqilona foydalanish.

  • fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyaning iqtisodiy ahamiyati va moxdyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshira borish san’atini egallashga kumaklashuvi buyicha bilim va kunikma berish.

  • sanoat sohasidagi tashki iqtisodiy faoliyatning moxiyati, ahamiyati va mazmunini xamda bu boradagi uzaro xamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan xam iborat.

Ushbu fanning yana bir eng muhim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi, mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari buyicha bilim, ilm va kunikmalar berishdan iborat.
Ma’lumki, “Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi, Uzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va chora-tadbirlari tugrisida”gi dastur inkirozdan sung Uzbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan xolda maydonga chikishiga, jaxon bozorlarida uzimizning mustaxkam o`rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy usishni ta’minlash, xalqimizning xayot darajasi va farovonligini yanada oshirish buyicha oldimizda to`rgan va ustuvor vazifalarni muvaffakiyatli xal etish uchun ishonchli zamin yaratadi”.1
Ushbu zaminning sanoatga tegishli jixatlarini izoxlab berish va idrok etishda, umuman Inkirozning moxiyati, ahamiyati, mazmuni tugrisidagi chinakam novotorona nazariy qoidalar va xulosalarni, prinsipial ijtimoiy - iqtisodiy yul-yuriklarni, yangicha yondashishlarni tushunib etishga va chuqur uzlashtirib olishga yordam berishga “Sanoat iqtisodiyoti” fanini roli xam bekiyosdir.
Qisqacha xulosalar
«Sanoat iqtisodiyoti» kursi «Iqtisodiyot» fanining muhim qismi bo`lib, sanoat ishlab chiqarishi va xalq xujaligining boshqa sohalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida aloxida ahamiyat kasb etadi. U:

  • fan sifatida sanoat yunalishidagi jarayonlarni izoxlash, tushuntirish va kelajakka tegishli voqiyliklarni bashorot qilish imkonini beruvchi nazariya va metodoligiyaga asoslanadi;

  • ilmiy kurs sifatida umum-iqtisodiy qonunlarni chukurlashtiradi, aniqlashtiradi va uz yunalishi buyicha uziga xos qonuniyatlarni shakllantiradi; bu qonuniyatlar, shuningdek, fundamental qoidalarni sanoat tarmoqdarining tipik guruhlariga muvofiq tarzda o`rganiladi;

  • sanoat korxonalarida sodir buladigan vokealarni bashoratlash va rejalashtirish, taxlil etish, xisob va xisobot ishlarini yuritish buyicha zarur bilimlar bilan kurollantiradi;

  • mamlakat ichida va xorijda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarni bilishga imkon yaratadi.

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. «Sanoat iqtisodiyoti» fani nima uchun ukitiladi?

  2. «Sanoat iqtisodiyoti» fanining ob’ekti deganda nimalarni tushunasiz?

  3. «Sanoat iqtisodiyoti» fani yordamida kanday qonunlar va qonuniyatlar o`rganiladi?

  4. «Sanoat iqtisodiyoti» fani kanday fanlar bilan chambarchas bog`liq?

  5. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va islox qilish ushbu fan oldiga kanday vazifalar kuyadi?

  6. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi va uning sanoatga tegishli jixatlari nimalardan iborat?




1 Каримов, Ислом Абдуганиевич. Жахон молиявий-иктисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йуллари ва чоралари /И.А. Каримов. - Т.: Узбекистон, 2009. - 56 б.

Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin