XULOSA VA TAKLIFLAR
Mahalliy budjetlar soliqlidaromadlari istiqbolini rejalashtirishdagi samarali ijrosini ta’minlashdagi amaliyuslubiy va ilmiy yondoshuvlarni tadqiq etish va zamon talabi hamda jahon andozalari asosida ushbu jarayonni kompleks isloh qilish yo‘nalishlari mavjud.Munisipal boshqarishning markaziy davlat hokimiyatiga nisbatan nisbiyMustaqilligi, mahalliy aholi hayotiga doir ko‘pgina masalalarni hal etishda hukumatga tobe emasligi, joylardagi saylanuvchi organlar faoliyatini nazorat qiluvchi hukumat vakillarining yo‘qligi bularning barchasi Angliyaning zamonaviy munisipal boshqarish tizimiga xos xususiyatlardandir. Lekin hukumat mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ish faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Ingliz tadqiqotchilarining fikricha ,munisipal organlarning vakolat doirasi parlament vakolati doirasining hosilasidir munisipalitetlarning davlatga xos jixatlarga egaligi shak-shubxasizdir. Shu sababli Buyuk Britaniya parlamenti va markaziy hukumati ko‘pgina hollarda munisipalitetlarga tegishli hududlar doirasida davlat boshqaruviga doir vazifalarni yuklaydi. Bular saylanuvchi vakolatli organlar faoliyatining tub mohiyatini belgilaydi.O‘zini-o‘zi boshqarishning ingliz modeliga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratkiĻ munisipal organlar qonunda belgilangan vazifalarnigina amalga oshiradilar. Ingliz tadqiqotchisi D.Djeningsning fikricha: “mahalliy hokimiyatlar joylarda milliy siyosat masalalarini hal etuvchi markaziy hokimiyat agentlari bo‘lishlari lozim”. Markaziy hukumat va mahalliy boshqarish organlari o‘rtasidagi amaliy munosabatlar shuni ko‘rsatadikiĻ mahalliy hokimiyatĻ darhaqiqatĻ “markaziy hokimiyat agenti” maqomiga ega bo‘la boshlagan¤ Buyuk Britaniya qonunchiligida ham aks etgan¤ 1980 yildayoq “Mahalliy boshqarish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqĻ tegishli vazirlarga graflik kengashi va okrug kengashi faoliyatiga doir deyarli barcha masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berish huquqi berildiĻ 1984 yildagi “mahalliy boshqarish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqĻ metropoliten okruglarining mahalliy soliq stavkalarini belgilash huquqi bekor qilindi. Garbiy Evropa davlatlari mahalliy boshqarish tizimi tadqiqotchilaridan biri V.Baranchikov fikricha: “Buyuk Britaniyada munisipal organ vakolatlari ularning markaziy hukumatĻ vazirliklar hamda vazirlik departamentlari bilan o‘zaro munosabatlari parlament aktlariga muvofiq belgilanadi”.U muntazam ravishda ayrim munisipal organ shakllariga doir katta hajmli qonunlar qabul qiladiĻ so‘ngra har yili yoki zarur hollardagina amaldagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritadi hamda alohida broshyuralarĻ kitoblar shaklida yoki boshqa bir shaklda nashr etadi. Parlament yig‘ilgan qonunlar yuzasidan mahalliy boshqarish to‘g‘risida qonun qabul qilishi mumkinĻ mazkur qonunlarda belgilangan amaldagi me’yorlarning barchasini o‘zgarishsiz sistemaga solibĻ bir majmuaga to‘plashi ya’ni inkorporasiyalashi mumkin.
Bu esa munisipal boshqarish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini “saralash” huquqiy tartibot samaradorligini oshirishĻ munisipal boshqarishning huquqiy asoslarini muntazam ravishda yangilab borish imkonini beradi.Mahalliy budjetlar soliqli daromadlari istiqbolini rejalashtirishdagi samarali ijrosini ta’minlashdagi amaliyĻ uslubiy va ilmiy yondoshuvlarni tadqiq etish va zamon talabi hamda jahon andozalari asosida ushbu jarayonni kompleks isloh qilish yo‘nalishlarini yoritishga qaratilgan quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish hamda tegishli tavsiyalarni bayon etish imkonini berdi:
Birinchidan,Mahalliy budjetlar daromad bazasining yanada mustahkamlanishi budjetlarni shakllantirish yuzasidan vujudga kelgan munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi¤ Bu yo‘nalishda mulkkaĻ ergaĻ resurslarga soliq solishning samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi¤ Mahalliy budjetga to‘liq tushadigan mulk solig‘ining tushumlarini real oshirishda ushbu soliqning hisoblanish uslubiyoti va imtiyozlari tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Ikkinchidan, Mahalliy budjetlar daromadlarining yana bir muhim manbasi bu jismoniy shaxslar daromad solig‘ining mahalliy budjetlarga uzoq muddatga biriktirilib qo‘yilishidir.Soliqlar qatorida soliqsiz tushumlar ham budjetlarning muhim manbalari bo‘lib qolishlari kerakĻ chunki soliq yukini oshirish chegaralanganligini hisobga olsak,bu muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy hukumat organlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulkdan daromad manbalarini oshirish maqsadida foydalanishga o‘rganishlari kerak.
Uchinchidan, Mahalliy soliqlarning tushumlari kamayib bormoqda va avtotransport qo‘yganlik uchun yig‘im, dehkon bozorlaridagi bir marotabalik yig‘imlar juda kam samara bermoqda.
To‘rtinchidan, Xorijiy davlatlar tajribasi budjet daromadlarini taqsimlash va xarajat vakolatlarini chegaralab qo‘yishda ko‘plab shakl va usullar mavjudligini ko‘rsatadi¤. Bu tajribani umumlashtirish respublikamiz uchun quyidagi saboqlarni chiqarishga imkon beradi:Tartibga soluvchi soliqlarni ma’lum davrga 28 yilga yagona barqaror normativlar asosida taqsimlash mahalliy budjetlar daromadlarini barqaror shakllantirish, budjet parametrlarini kelishuvchilik amaliyoti asosida shakllantirishdan voz kechish, boqimandalikni bartaraf etish va mahalliy hokimiyat organlarining soliq tushumlarini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘tarishĻ soliq bazasini kengaytirishbudjet boqimandalarini qisqartirish nuqtai nazaridan bir muncha qulay va samaralidir:
- Xarajat vakolatlarini taqsimlashning aniq tartibi yo‘qligi budjet taqchilligini keyingi quyi tabaqaga yuklashga, ayrim xarajatlarni qirqib qolinishi va samarasiz moliyalashtirilishiga zamin yaratadi, markazdan mahalliy budjetlar tuzilishi va ijrosi ustidan qat’iy nazorat mavjud bo‘lishiga qaramasdanĻ mas’uliyatni va hisobdorlikni kamaytiradi;
- Mahalliy budjetlarga tashqi va ichki bozorlarda zayomlashtirish huquqini
berish moliyaviy bozorlarni rivojlantirishni huquqiy tartibga solish mexinizmini vositalarini va tamoyillarini ishlab chiqishni va joriy etishniĻ budjet hisoboti va nazoratini kuchaytirishni talab etadi. Ushbu masala yuzasidan amaliy tavsiyalar tizimini shartli ravishda uch yo‘nalishga bo‘lish mumkin:
Birinchidan, Mahalliy hududiy munisipalé mulkni shakllantirish va uni boshqarishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish;
Ikkinchidan, Mahalliy budjetlar potensialini mustahkamlash maqsadida soliq tizimini takomillashtirish;
Uchinchidan,Budjetlaraaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirishda subvensiyalar ulushini kamaytirish¤ Mahalliy budjet tarkibida hudud haligacha subvensiya oladi.Zamonaviy budjet tizimi va budjet tuzilishini shakllantirishningĻ mahalliy budjetlar soliqli daromadlari istiqbolini rejalashtirishni oshirish maqsadida budjetlararo munosabatlarning sifat jihatdan yangi tizimini vujudga keltirishning va ular shakl-usullarini optimal muvofiqlashtirishning yangi konstruktiv yondashuvlarini qidirib topish hozirgi sharoitdagi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiyotini tobora mustahkamlash jarayonini barqarorlashtirishga xizmat qiladiĻ boshqaruv hokimiyati turli darajalari teng huquqliligini ta’minlaydi va bozor islohotlari samaralarining natijalarini tez orada o‘zlashtirish imkoniyatlarini ta’minlashiga ishonch bildirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |