O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarining rivojlanishi va iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida hududlar iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda mahalliy budjetlarni ahamiyati yanada oshmoqda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashishi mahalliy budjetlarni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshiribĻ moliya-budjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Ushbu iqtisodiy islohotlar jarayonida budjet ijrosi uni bajarilishini qat’iy ta’minlash mahalliy budjetlar daromadlar bazasini kengaytirish qo‘shimcha daromad manbalarini qidirib topish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Prezident Shavkat Mirziyoyevning takidlaganlaridek “…davlat budjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi erishilgan profisit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi” . Shuningdek budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish budjet daromadlar bazasini kengaytirishĻ daromadlarni respublika budjeti ajratmalari hisobiga emas balki hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish orqali mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga ko‘paytirish mahalliy budjetlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish esa mahalliy budjetlarga tegishli vakolatlar berish‚ ularni mustaqilligini oshirish orqali erishish mumkin.Zero Prezidentimiz. I. A. Karimov takidlaganlaridek “Ayni chog‘da xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va mahalliy hokimiyat organlariga ko‘proq iqtisodiy mustaqillik berish bilan birga ular rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish ham zarur. Bu esa mahalliybudjetning ko‘payishigaĻ mahalliy iqtisodiy-ijtimoiy muommolarni hal qilish uchun eng muqobil yo‘llarni topishga imkon beradi” .Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarni rolini oshirish yo‘nalishlari mavzusidagi ushbu bitiruv malakaviy ishi ham hududlar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish mahalliy budjet daromadlar bazasini mahalliy soliqlar hisobiga kengaytirishda muhim ahamiyatga ega deb o‘ylaymiz. Mahalliy byudjet mablag‘larining egasi sifatida amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib, umumiy hajmi byudjet qonunchiligida belgilangan miqdorda pul mablag‘larini ajratadi. Mahalliy byudjet xarajatlariga mablag‘lar ajratish davlat hokimyati, davlat boshqaruvi organlari moliya-kredit idoralari tizimi orqali tegishli tegishli mablag‘larga ehtiyoj sezilgan paytdan (moliya yili) boshlab ularni sarf –xarajat qilgunga qadar bo‘lgan butun davr mobaynida yuz beradi.
Mahalliy byudjet obektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta’minlashga qaratilgan xarajatlardan iborat. Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadlaridan tashkil topadi. Rivojlangan mamlakatlarga mahalliy byudjet mustaqil ravishda mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisobiga shakllanadi. Bizning respublikamizda ham mahalliy byudjet daromadlarini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. Mahhaliy davlatlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshiradi, birinchi navbatda ijtimoiy infrasutrukturani saqlash va rivojlantirishga davlat mablag‘larini taqsimlashda ahamiyatga ega. Mamlakat byudjetining tuzilishi birinchi navbatda davlat tuzilishiga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi 2 bosqichdan iborat. Mahalliy byudjetlar davlatning davlatning moliya tizimini asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarida asosiy o‘rinni ijtimoiy- ma’daniy tadbirlar xarajatlari egallaydi.Hammamizga ma’lumki, aholini ijtimoiy himoyalash masalasining ustuvorligi O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturining eng ustuvor yo‘nalishi sifatida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Prizdenti tomonidan ilgari surilgan bozor munosabatlariga o‘tishning bosh tamoyilidan biri aholini demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish hisoblanadi. Shu sababli mahalliy byudjetdan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to‘lanayotgan ijtimoiy to‘lovlar hajmi oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeini yanada ko‘tarishga sabab bo‘layotgan qator omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to‘g‘ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarni qidiribtopishga rag‘batlantirishni ta’minlashdir.Mahalliy byudjetlar daromadari barqarorligini oshirish va ulardan samarali foydalanish hozirgi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining asosini tashkil etganligi uchun mahalliy byudjetlar daromadlarni oshirish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa ko‘shish bilan bir qatorda hududlar iqtisodiy rivojlanishid muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hududiy iqtisodiyot muammolarining keskinlashuvi sharoitida mahalliy byudjetlar moliyaviyimkoniyatlarini yanada oshirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish» muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab berildi. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi, xususan, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, ularning samarali ijrosini ta’minlashni taqozo etadi. Mahalliy byudjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda byudjetlararo munosabatlarni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – mahalliy hokimiyatlarning soliq tushumlarini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mulkka, erga, resurslarga soliq solish va yuqorida ko‘rsatilgan boshqa turdagi tushumlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy byudjetlarni mustahkamlashning yana bir muhim manbasi – jismoniy shaxslar daromad solig‘ini mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yilishidir. Shuningdek, soliqlar katorida soliqsiz yig‘imlar xam byudjetlarning muhim manbasi bo‘lib qolishi kerak. Chunki, soliq yukini oshirish chegaralanganligini hisobga olsak, bu muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, byudjetlararo munosabatlarni tartiblashtirish va davlat moliyaviy mablag‘larini boshqarishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, iqtisodiyotimizning modernizasiyalash sharoitida byudjet tizimini barqarorligini ta’minlash va mavqeini oshirishdagi muhim strategik vazifasi sifatida maydonga chiqmoqda.