Elektron texnika vositalarini ishlab chiqaradigan firmalar o‘z chiqindilarini yig‘ish va qayta ishlashga majbur
. Mamlakatdagi qayta ishlangan chiqitlardan qurilish ishlarida ham foydalaniladi. Avstraliyada piyodalar yo‘lakchalarida na sigaret qoldig‘iga, na bir qog‘ozga ko‘zingiz tushadi. Joylarga har bir turdagi chiqindi uchun turli ranglardagi qutilar o‘rnatilgan: qizil ranglisi odatiy chiqindilarga, sariq ranglisi qog‘oz va shisha buyumlarga, yashil ranglisi o‘simliklarga, ko‘k rangdagi quti esa tibbiyot chiqindilariga mo‘ljallangan. Organik chiqindilar uchun esa maxsus maydonchalar ajratilgan.
Bugungi kunda bir necha chaqirimgacha kengayib borayotgan chiqindi uyumlari insoniyatni o‘ylanishga majbur etayotir.
Vaziyatdan chiqib ketishning yo‘llari bormikan? Mahsulotlarni ehtiyojdan ortiq ishlab chiqarmaslik (ishlab chiqarish — atrof-muhitga zarar yetkazadi), parchalanishi oson, bezarar, tabiiy qadoqlardan foydalanish, chiqindini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hisobiga masalani yechish mumkin. Hozirgi texnologiyalar asosida yer ostida saqlanayotgan ro‘zg‘or chiqindilarini — qog‘ozning 40 foizini, qattiq buyumlarning 17 foizini, yelimning 8 foizini va oziq-ovqat qoldiqlarining 7 foizini qayta ishlash imkoniyati mavjud. Biroq masala shu darajada jiddiyki, bugun bitta megapolis shahar yiliga insoniyatning barcha taraqqiyot bosqichidagidan-da ko‘proq chiqindi chiqarmoqda.
Ekologik izni qanday hisoblash mumkin?
Ekologik iz insoniyatning biosfеraga ta'sirini raqamlarda ifodalashga imkon bеradi, chunki biomahsuldor maydonlar insonning xo'jalik faoliyati tufayli butunlay egallab olingan. Bunda inson foydalanayotgan ekologik xizmatlar tеrmodinamik va ekologik tamoyillar asosida kеtma-kеt qo'shib aniqlanadi. Masalan, u ekologik funksiyalarning ekologik o'zaro ta'sirlarini oziq-ovqat yеtishtirish yoki CO2 ni ajratish kabi alohida tabiiy funksiyalarni birgalikda hisoblash orqali aniqlaydi. Yoki u ekologik maydonlarning enеrgiyani ajratish va biomassani ishlab chiqarish qobiliyatlari orasidagi bog'liqliklarni tushuntirish uchun tеrmodinamik nuqtayi nazardan foydalanadi. Bu usul insonnning sayyoradagi hayotini chеklovchi omil biosfеraning qayta tiklash sig'imi ekanligi haqidagi tushunchaga asoslanib, insonning tabiatdan foydalanishi shu sig'imga ta'sir qilishini hisobga oladi. Bu nеft yoki mis rudasi kabi qayta tiklanmaydigan rеsurslardan foydalanish tabiatning daxlsizligi va mahsuldorligini chеklaganligi sababli ekologik izni hisoblashga kiritilganini bildiradi.